Edu.uz
131K subscribers
30K photos
6K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilish avvalida davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistondagi vaziyat haqida toʻxtalib oʻtdi.

"Bu yerda sodir boʻlgan noxush voqealar barchamizda tashvish va iztirob uygʻotishi tabiiydir.

Nukus shahrida yuz bergan voqealar natijasida, afsuski, bir qancha fuqarolar halok boʻldi va jabr koʻrdi.

Shu munosabat bilan oʻz yaqinlarini yoʻqotgan oilalarga chin yurakdan hamdardlik bildiraman. Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga esa tezroq sogʻayib ketishlarini tilayman.

Mana shunday daqiqalarda tinchlik va inson hayoti naqadar bebaholigini, uni asrab-avaylash naqadar muhim ekanini, bunga barchamiz masʼul ekanimizni yanada chuqur his etamiz", — dedi Prezident.

Bizni kuzating: 👉@eduuz
👍53🤔1
Yana ikkita oliygoh akademik va moliyaviy mustaqil boʻladi

Yig'ilish davomida sohada kadrlar tayyorlash tizimini oʻzgartirish vazifalari ham belgilandi.

Bunda Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlari faoliyati transformatsiya qilinadi, ularga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Endi:

- Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti urbanizatsiya, arxitektura, dizayn, madaniy meros obyektini tiklash;

- Toshkentdagi institut muhandislik, arxitektura, qurilish va qurilish materiallari texnologiyalari, raqamli qurilish yoʻnalishlariga ixtisoslashadi.

Talabalar yetakchi loyiha-qidiruv institutlari va qurilish klasterlariga biriktiriladi.

Shuningdek, ushbu ikki oliygohda 1-sentabrdan xalqaro taʼlim dasturlari asosida oʻqitishni yoʻlga qoʻyishga koʻrsatma berildi.

Bizni kuzating: 👉@eduuz
👍60🔥61🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2022
#akademik_litsey

📌 Maʼlumki akademik litseylarga onlayn qabul 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi.

📹 Ushbu videoqo'llanmada litsey.edu.uz platformasi orqali hujjat yuborish tartibi bilan tanishishingiz mumkin

Bizni kuzating: 👉@eduuz
👍43👏63🔥1
#oʻquv_amaliyoti

Amaliyot - kelajak uchun tajriba

Ilk bor tashkil qilingan viloyatlararo amaliyot jarayoni Termiz davlat universiteti talabalari misolida

➡️ Batafsil ushbu havola orqali tanishing
📹 Taassurotlar ushbu videolavhada

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍437
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

🔰 Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

👨🏻‍💻 Ushbu toifadagi abituriyentlar 2022-yil 5-iyuldan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining suhbat.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

✔️ Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

🔚 Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

💾 Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.

Bizni kuzating: 👉
@eduuz
👍154😢12😱9😁7🤔5
Edu.uz pinned a photo
#Xalqaro_hamkorlik

Professional ta'lim Germaniya hamkorligida takomillashtiriladi

Professional ta'lim tizimiga dual ta'lim shaklini joriy qilishda nemis ish beruvchilari tajribasini o'rganish muhim.

➡️ Batafsil ushbu havola orqali tanishing

Bizni kuzating:👉@eduuz
👍46👏4🤔21🔥1
#Munosabat

So‘nggi kunlarda Nukus shahridagi notinchliklar butun mamlakatimizni qayg‘uga solgani rost. Ko‘p millatli xalqimiz azal-azaldan bir biri bilan do‘st-inoq yashagan. Quda-anda tutingan. Qoraqalpoq eli ham xalqimizning eng yaqin do‘sti sifatida ko‘rilganiga tarix guvoh.
Vatanimizning ushbu qismidan kelgan 100 dan oshiq talaba Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olmoqda. Yaqingacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida juda ko‘p xizmat safarida boʻldim. Jumladan, may oyida institut professor-o‘qituvchilari va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi shifokorlari bir oy davomida Xo‘jayli tumanida tibbiy ko‘riklarda ishtirok etishdi.
Umuman mehribon qoraqalpoq elining mehmoni bo‘lishdi. Shu jihatdan ham Qoraqalpoq xalqi bilan o‘rtamizdagi birodarlik rishtalari kecha paydo bo‘lib qolgan emas.
Prezident tomonidan Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etish yo‘lida birdamlik ko‘rsatish, yurtboshimizni qo‘llab-quvvatlash, xalqimiz bilan yanada hamjihat bo‘lish, jipslashish kerak bo‘lgan bir paytda turli provokatsiyalarga uchmaslik lozim. Zero, barchamizning birdan-bir maqsadimiz jonajon yurtimizning tinchligi va osoyishtaligidir.

Shuhrat Teshayev, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori

Bizni kuzating 👉@eduuz
👍54👏5🎉54😱4
Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi

Unda siz uchun eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishingiz mumkin.

BAKALAVR:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

✔️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
✔️Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating: 👉@eduuz
👍718🔥4😱4🤔3
Edu.uz pinned a photo
#Qabul2022

⚡️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

🔰Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni.

📌 Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari (OTM)ning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi:

joriy yil kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, istisno tariqasida, istalgan OTMda tashkil etilgan qabul komissiyasida ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berildi;
boshqa toifadagi abituriyentlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;
Respyblika OTM bakalavriatining davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

✔️Shuningdek, OTM tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2022-yil 10-avgustgacha o‘tkazilishi belgilandi.

➡️@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:👉
@eduuz
👍846🔥3👏3😁2
Bakalavr_kunduzgi_2022_full.pdf
3.8 MB
#Qabul2022

Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to'liq 👉@eduuzuniversalbot'da

Bizni kuzating:👉
@eduuz
👍62😱8🔥4👏3🤔2