Edu.uz
164K subscribers
18.8K photos
4.02K videos
232 files
11.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Joriy yil yakuniga qadar 35 nafar professor-oʻqituvchi Litvada malaka oshiradi

Shu kunlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda oliy taʼlim muassasalari mas’ullaridan iborat delegatsiya Vilnyus shahrida bo‘lib turibdi. Bugun ular Jahon bankining “Oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tashkil etilgan oʻquv seminarida ishtirok etishdi.

➡️ Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Matematika va fizika yo‘nalishida dunyoda yetakchi universitet bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

🔰 Fransiyada bo‘lib turgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimovning navbatdagi uchrashuvi Parij-Sakle universiteti qoshidagi “Centrale supélec” muhandislik maktabi direktori o‘rinbosari Filipp Dyufurk bilan tashkil etildi.

➡️ Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Oliy taʼlimda aniq natijalarga erishish uchun “raqamli” infratuzilmani takomillashtirish zarur

🔰 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari K.Karimov BMTning “Taʼlim transformatsiyasi boʻyicha global sammit”i oldi Parijda oʻtkazilgan yigʻilishda nutq soʻzladi.

➡️ Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 30 yoshda

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2022
#Professional_taʼlim

Qanday qilib onlayn hujjat topshirsam boʻladi?

🔰 Xabaringiz bor, kasb-hunar maktablariga qabul jarayonlari boshlangan.

👨🏻‍💻 Ushbu videoyoʻriqnomada kasb.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish tartibi tushuntirilgan.

🔚 Qabul 20-iyul kuniga qadar davom etadi.

➡️ Kasb-hunar maktablariga qabul kvotalari bu yerda👈

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Professional_taʼlim

Kasb-hunar taʼlimida 3 ta moduldan iborat mintaqaviy loyiha taqdimoti bo‘ldi

🔰 Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar instituti mutasaddilari, tegishli vazirliklar masʼul xodimlari hamda YTFning Oʻzbekiston boʻyicha masʼuli Yan Kamming va Markaziy Osiyo boʻyicha koordinator Kristina Xemshemayer xonim ishtirok etdi.

➡️ Batafsil ushbu havolada👈

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida boʻlib turibti.

Davlatimiz rahbari Joʻqorgʻi Kenges deputatlari, Qoraqalpogʻiston faxriylari va faollari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib, Qoraqalpogʻiston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni oʻrgangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-, 71-, 72-, 74-, 75-moddalarini amaldagi tahrirda oʻzgarishsiz qoldirish zarurligini taʼkidladi.

👉 @eduuz
Prezident Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda Qoraqalpoq xalqiga murojaat qildi:

“Aziz vatandoshlar!

Hurmatli Qoraqalpogʻiston xalqi!


Maʼlumki, shu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha umumxalq muhokamasi davom etmoqda.

Albatta, konstitutsiyaviy islohotlarimiz Vatanimizning bugungi va kelajak hayoti uchun gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan masaladir.

Muhokamalarda koʻpmillatli xalqimiz oʻzining koʻplab taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi eʼlon qilingan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasidan oʻtkaziladi. Shundan soʻng fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar asosida Qonunchilik palatasi tomonidan takomiliga yetkaziladi.

Keyin esa mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga qoʻyilib, fuqarolarimiz erkin ovoz berish orqali oʻzlarining bu masala boʻyicha xohish-irodasini ifoda etadi.

Shundan keyingina Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar qonuniy tusga kiradi”.

👉@eduuz
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Bir soʻz bilan aytganda, yangilanayotgan Konstitutsiyamizni takomiliga yetkazish uchun qancha vaqt va muddat kerak boʻlsa, bu jarayon shuncha davom etadi. Bu borada faqat xalqimiz bilan bamaslahat ish olib boramiz.

Lekin, ayrim joylarda ushbu masalaning mohiyatini talqin qilishda tushunmovchilik holatlari uchramoqda.

Jumladan, loyihada koʻzda tutilgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga oid ayrim normalarga bir guruh shaxslar tomonidan norozilik bildirilgan. Buning natijasida joriy yil 1-iyul kuni Nukus shahrining markaziy koʻchalarida namoyishlar uyushtirilgan.

Ular tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini noqonuniy egallashga urinish harakatlari sodir etilgan.

Shu munosabat bilan quyidagi fikrlarni alohida taʼkidlashni zarur, deb hisoblayman.

Xalqimiz hukmiga havola etilgan mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hali qabul qilinmagan, umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan, xolos.

Yana bir bor taʼkidlayman: fuqarolarimizning xohish-irodasi, taklif va fikrlaridan kelib chiqqan holda, ushbu loyiha oʻzgaradi va takomiliga yetkaziladi”.

👉 @eduuz
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Shundan kelib chiqqan holda hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻziga xos etnik, madaniy xususiyatlari, milliy urf-odat va qadriyatlari, alohida huquqiy maqomini eʼtiborga olib, loyihadagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining huquqiy maqomiga oid normalarni oʻzgartirishsiz qoldirish zarur, deb hisoblayman. Yaʼni, Konstitutsiyaning 70-, 71-, 72-, 74-, 75-moddalari oʻzgarishsiz qoldiriladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan ushbu masalani tez kunlarda koʻrib chiqishni soʻrayman.

Qadrli Qoraqalpogʻiston ahli!

Takror aytaman – asrlar davomida oʻzbek va qoraqalpoq xalqlari oʻrtasida shakllangan azaliy doʻstlik va qardoshlik, oʻzaro hurmat va mehr-oqibat, ogʻizbirchiligimizni asrab-avaylaylash, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik muhitini saqlash – barchamizning burchimizdir.

Konstitutsiyaviy islohotlarimizning bosh maqsadi ham aynan mana shundan iborat”.

👉@eduuz
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Yangi Oʻzbekiston, Yangi Qoraqalpogʻistonni albatta birgalikda quramiz! Shu sohadagi barcha islohotlarimiz, muhokamalarimiz, hech shubhasiz, demokratiya va huquqiy mezonlar asosida amalga oshirilishi zarur.

Ayni vaqtda tinchlik va osoyishtalik, jamoat xavfsizligini buzishga urinayotgan har qanday shaxslarga nisbatan qonun doirasida qatʼiy choralar koʻriladi.

Oʻzbekistonda “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan qoidani amalda taʼminlash uchun barcha kuch va imkoniyatlar yetarli.

Hozirgi vaziyatda barcha yurtdoshlarimizni hamjihatlik va birdamlikka, oqilona ish koʻrishga, turli gʻarazli chaqiriq va harakatlarga berilmaslikka daʼvat etaman.

Men oliyjanob va bagʻrikeng qoraqalpoq xalqining aql-idroki va donishmandligiga ishonaman”, — dedi davlatimiz rahbari soʻzining yakunida.

👉@eduuz
QORAQALPOGʻIM KOʻZIM QAROGʻI

Kuni kecha Nukus shahrida boʻlib oʻtgan noxush xabarni eshitib yuragim zirqirab ketdi. Bu xalq oʻzlari yashaydigan kengliklar singari bagʻri keng, qalbi daryo xalq. Men bu soʻzlarni osmondan olib aytayotganim yoʻq. Boisi, men ham shu yurtning farzandiman. Aynan Qoraqalpoq diyorida tugʻilib voyaga yetganman. Qoraqalpoq bolalari bilan oʻynab birga oʻsganman. Bir parcha nonni oʻzaro bir-birimizga ilinib, baham koʻrganmiz. Bir qishloq-ovulda yon qoʻshni-jon qoʻshni boʻlib yashaganman, saxar turib mol boqardik, bir sinfda, bir partada oʻtirib saboq tinglaganman, ilk alifboni qoraqalpoq muallimlaridan olganman.
Oʻrni kelganida yana shuni iftihor va faxr bilan aytaman Qoʻngʻirot tumanida tugʻilganligim uchun mening ismimni Qoʻngʻirotboy qoʻyishgan. Bizga maʼlumki Qoʻngʻirot, oʻzbek va qoraqalpoqning eng qadimiy urugʻlaridan birining nomi. Birgina shuning oʻzi ikki elning mangu doʻstligining mustahkam rishtalariga ishora. Bu elning qalbiga qutqu solmoqchi boʻlgan yot unsurlar adashadi. Bu yot unsur kimsalar qalbi daryo ikki xalqning oshiga ogʻu qoʻsha olmaydi. Qahramon shoirimiz Ibroyim Yusupov oʻz sheʼru baytlarida gʻurur bilan eʼtirof etganidek, qoraqalpoq doʻsti soʻrasa oʻzi minib yurgan otini ham tortiq qilib yuboradigan tanti va hotamtoy el. Mening kindik qonim shu yurtga tomgan, shu yurt tuprogʻida voyaga yetganman. Qarich yoshdan shu elning ichida oʻsganman. Vijdon bilan shuni aytaman, yuragi qora fitnachilar qadim-qadimdan bir-biriga koʻrar koʻzning qorachigʻidek vobasta va kamarbasta elning koʻziga choʻp suqaman desa qattiq adashadi. Hozirgi pallada butun dunyo turkiylari yagona maslak, qutlugʻ maqsad yoʻlida birlashish gʻoyasini oldinga surayotgan paytda ogʻa-ini bu xalqlar oʻrtasiga qutqu solishiga aslo yoʻl qoʻymasligimiz lozim.
Shu yurtning bitta vakili, qondosh va jondosh ikki xalqning farzandi sifatida shuni eʼtirof qilamanki Koʻhna Jayhun farzandlari oʻz uyimiz oʻlan toʻshagimizda bitta oila farzandlari timsolida kelajagi yanada buyuk yangi Oʻzbekistonni birga bunyod etamiz. Zero keyingi yillarda amalga oshirilgan qator ibratli ishlar buning amaliy isbotidir. Prezidentimiz daʼvati, tashabbusi va amaliy saʼyi-harakatlarining mevasi oʻlaroq, bu ishlar Qoraqalpoq diyorida ham toʻligʻicha oʻz aksini topmoqda. Nainki respublika poytaxti va markazga yaqin manzillarda, aksincha eng uzoq hududlarda oʻz boʻy bastini koʻrsatmoqda. Masalan, Moʻynoq shahri qiyofasida oladigan boʻlsak hazrati inson qoʻllari nechogʻlik moʻjizakor ekanligiga oʻzingiz guvoh boʻlasiz. Moʻynoqdagi eng zamonaviy turar-joylar, muhtasham sanʼat koshonalari, sport majmualari, shuningdek bu yerda yashovchilar uchun yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar, koʻrgan kishini lol qoldiradi. Chindan ham hozirgi zamon rusumdaga barcha madaniy-maishiy obyektlar har qanday zamonaviy shahar bilan bemalol tenglasha oladi. Yoxud, mamlakatning eng chekka maskanlaridan sanalgan Qoʻngʻirot tumani va shahri timsolida ham yuqoridagi singari iliq gaplarni aytish mumkin. Vaholanki, vaqti zamonida “Borsa kelmes” hududlariga tutashgan bu hududlarni xalq oʻz taʼbiri bilan qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi deya atagan. Shu yaqin atrofda barpo etilgan qator gaz sanoati va soda zavodlarida bugun minglab aholi ishlab mustaqil ona Vatanimiz ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshib kelishmoqda. Yaqinda ish yuzasidan respublika markazi Nukus shahrida boʻldim, bu yerdagi osmonoʻpar binolar va boshqa ishlab chiqarish inshootlari, keng va ravon koʻchalarni koʻrib koʻzlarimga ishonmay ketdim. Biroq bu ertaklardagiga monand muhtasham imoratlar, zamonaviy rusumdagi yengil mashinalar, qator oliy oʻquv maskanlari bu yurtning ertasi yanada porloq ekaniga kafolatdir. Donishmand va ijodkor sarboni bor mamlakatning kelajagi yanada nurli boʻlishiga kishi koʻnglida eʼtirozga oʻrin qoldirmaydi. Chunki amaldagi olib borilayotgan ishlar ana shunday deyishimizga katta asos boʻla oladi. Zero bunga zarracha shak shubha yoʻq.

Qoʻngʻirotboy Sharipov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor


👉@eduuz