Edu.uz
156K subscribers
16.4K photos
3.35K videos
230 files
10.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#Yoshlar_kuni

" ...Endi texnikumlarga qabul yilda 2 marta tashkil etilib, talabalar uchun davlat granti soni 2 barobarga oshiriladi. Shuningdek, texnikumlar uchun taʼlim krediti joriy qilinadi va 80 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish uchun moliyaviy resurs ajratiladi".

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida o‘tayotgan tadbirda aytib o‘tmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yoshlar_kuni

“Yana bir muhim yangilik – musiqa san'atiga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab:

maqom xonandaligi, maqom cholg‘u ijrochiligi va baxshichilik yo‘nalishlariga yangi qabul qilingan talabalarning shartnoma to‘lovlari to‘liq davlat tomonidan toʻlab beriladi;

fortepiano
ijrochilari tayyorlash bo‘yicha qabulni 3 barobarga ko‘paytirib, bu yo‘nalishda ham kontrakt to‘lovlari to‘la qoplab beriladi.

Bundan buyon xususiy taʼlim muassasalarida IT boʻyicha oʻqish (dasturlash, veb-dizayner, animatsiya) istagini bildirgan yoshlarga ham 20 million soʻmgacha miqdorda 4 yillik imtiyozli kredit taqdim etiladi.

Har yili oliygohlarning sirtqi boʻlimiga oʻqishga qabul qilingan 500 nafar eng faol yoshlar yetakchilarining kontrakt toʻlovlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan toʻlab beriladi" – Prezident.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yoshlar_kuni

"Eng muhimi, yoshlarning qiziqishlari, kasb-hunarga moyilligi, maʼlumoti, ijtimoiy ahvoli va muammolaridan toʻlaroq xabardor boʻlish imkonini beradigan tizim yaratildi.

Joriy yilda 404 ming yigit-qizlar oʻrta taʼlimni, 151 ming nafari professional taʼlim muassasasini bitirib, mehnat bozoriga kirib keladi.

Ularning bandligini taʼminlash eng dolzarb vazifa hisoblanadi.

Jumladan, bir yil davomida tadbirkorlik dasturlariga 4 trillion soʻm yoʻnaltirish orqali 220 ming nafar yoshlarning bandligi taʼminlanadi.

130 ming nafar yoshlarga kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqishi uchun 160 milliard soʻm subsidiya ajratiladi.

110 mingdan ziyod oʻgʻil-qizlarimiz esa davlat korxonalari va xususiy sektordagi boʻsh ish oʻrinlariga joylashtiriladi.

Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik loyihalariga 250 milliard soʻm subsidiya va kompensatsiyalar beriladi".

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E'tirof

⚡️12 nafar oʻqituvchi, magistr va talaba “Mard oʻgʻlon” mukofoti bilan taqdirlandi

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga koʻra “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan yurtimizdagi qator oliy taʼlim muassasalarining 2 nafar oʻqituvchisi, 3 nafar magistri va 7 nafar talabasi ham taqdirlandi. Ular bilan tanishing:

Qurbonov Oybek Muhammatqulovich — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti oʻqituvchisi;

Mirzaumidov Asilbek Shuhratjonovich — Namangan muhandislik-texnologiya instituti oʻqituvchisi;

Tojiyev Dilmurod Bahodir oʻgʻli — Toshkent davlat agrar universitetining 2-bosqich magistranti;

Ismoilov Ulugʻbek Ilhomjon oʻgʻli — Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich magistranti;

Muhammajonov Xojiakbar Zafarjon oʻgʻli — Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining 1-bosqich magistranti;

Stetsenko Nikita Andreyevich — Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi;

Rahmatov Anvar Rahmat oʻgʻli — Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 4-bosqich talabasi;

Mamadaliyev Komron Ulugʻbek oʻgʻli — Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi;

Musirmonov Tursunmurod Bahodir oʻgʻli — Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi;

Rahmatov Murojon Abdusamat oʻgʻli — Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi;

Mamutov Sherzod Azamatovich — Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi;

Hayitboyev Yorqinjon Oʻrmonali oʻgʻli — Guliston davlat universitetining 2-bosqich talabasi.

✔️Maʼlumot uchun, sovrindorlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

💐Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yuqorida eʼtirof etilgan yoshlarni samimiy qutlaydi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yoshlar_kuni

⚡️10 nafar o‘quvchi-talaba “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra “Kelajak bunyodkori” medali bilan yurtimizdagi qator oliy va professional taʼlim muassasalarining 10 nafar o‘quvchi-talabasi ham taqdirlandi.

Yevstafeyev Yevgeniy Aleksandrovich — I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali 4-bosqich talabasi;

Avazova Sevinch Pulat qizi — Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 4-bosqich talabasi;

Qahorova Zabarjad Abdurasul qizi — Qarshi davlat universiteti 3-bosqich talabasi, Respublika Qizlar ovozi klubining Mirishkor tumani bo‘limi rahbari;

Omonova Nilufar Jo‘rabek qizi — Samarqand davlat universiteti 3-bosqich talabasi, Samarqand shahridagi MIT IT academy mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;

Erkinov Hojimat Botir oʻgʻli — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 3-bosqich talabasi, Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) aʼzosi;

Oteshova Gulayim Begim qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi;

Odiljonova Sarvinoz Azizbek qizi — Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi;

Allaberganova Shahnoza Allabergan qizi — Urganch davlat universitetining 2-bosqich talabasi;

Norchayev Xusain Toʻraqul oʻgʻli — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 2-bosqich talabasi, Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) aʼzosi;

Atoyeva Vazirabonu Alisherovna — Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi 2-bosqich o‘quvchisi, Hunarmand uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi a’zosi, kashtado‘z.

💐Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yuqorida eʼtirof etilgan yoshlarni samimiy qutlaydi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yoshlar_kuni

“Men siz, aziz farzandlarimdan bir narsani soʻrayman: tinimsiz oʻqib, zamonaviy bilimlarni egallashdan, koʻnglingizdagi ezgu maqsadlar sari harakat qilishdan, hech qachon toʻxtamang!

Qoraqalpogʻistondan Andijongacha, Surxondaryodan Toshkentgacha – barcha hududlardagi yoshlarimiz Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek buyuk maqsadimiz yoʻlida bir tanu bir jon boʻlib, dadil olgʻa intilishlari kerak.

Men sizlarning bu yoʻlda marrani baland olib, yagona kuch boʻlib, harakat qilishingizga ishonaman!

Sizlar bunga albatta qodirsiz!

Men sizlarga ishonaman va sizlar bilan faxrlanaman, aziz bolalarim!

Fursatdan foydalanib, barchangizni bugungi unutilmas bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman.

Sizlarga mustahkam sogʻliq, tuganmas kuch-gʻayrat, ulkan yutuq va zafarlar tilayman”, – dedi Prezident soʻzi yakunida.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2022
#Professional_taʼlim

⚡️Ertadan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi


🔰 100 dan ortiq kasblardan birini egallash istagida boʻlgan, joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari kasb.edu.uz elektron platformasi orqali 2022-yilning 1-iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

▪️Platformaga:

tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;

3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
KHM_qabul2022.pdf
1.3 MB
#Qabul2022
#Professional_taʼlim

⚡️KASB-HUNAR MAKTABLARIGA QABUL PARAMETRLARI TASDIQLANDI

🔰 2022/2023-oʻquv yili uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻiga muvofiq 330 ta kasb-hunar maktabiga jami 78 ming 490 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

➡️ Shundan, 75 470 ta oʻzbek, 930 ta rus va 2090 ta qoraqalpoq tili guruhlari uchun belgilandi.

✔️ Maʼlumot uchun, kasb-hunar maktablarida oʻqish toʻliq davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qadribalandonatilim

⚡️“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovi eʼlon qilindi

Tanlov 4 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi:

1️⃣“Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi;

2️⃣“Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘rtasida aniqlanadi;

3️⃣“O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi;

4️⃣“O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yo‘nalishida yozuvchi, shoirlar ishtirok etadi.

📌Tanlov joriy yilning 1-iyulidan 1-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

➡️Batafsil maʼlumot:
🌐 www.til.gov.uz
📞(71) 215-53-98, (71) 239-86-99

📲Tanlovni #qadribalandonatilim heshtegi bilan ommalashtirishda faol bo‘ling!
Forwarded from Xushnudbek.uz
‼️Ҳурматли, абитуриентлар! Сизлардан илтимос, қаерда ўқиш ниятингиз бўлса, ҳозирдан ўша ерга топширинг. Переводни унутинг.

Мевачилик ва узумчиликка кириб, кейин шифокор бўламан, деган хомхаёлларни миянгиздан чиқариб ташланг. Мевачилик қаердаю тиббиёт қаерда.

Шифокор бўлмоқчимисиз, марҳамат, ҳозир яхши ўқинг ва жиддий тайёрланинг, тиббиёт йўналишларидан бирига топшириб, юқори балл билан талаба бўлинг.

Лекин “кейин перевод қиволаман” деган кўзбўямачиликка борманг, Худо хайрингизни берсин, илтимос.

‼️ Яна бир илтимос, қайси ҳудудда ўқиш сизга қулай бўлса, ўша ҳудудга топширинг.

Балл пастроқ бўларкан, деб узоқ ҳудудга ҳужжат топшириб, ўқишга киргач, 1 йилдан кейин “вой-дод, бу ерда қийналиб кетдимку, бизни дардимизни ҳам эшитадиган одам борми, мени яшаш жойимга, ота-онамнинг олдига перевод қилинглар” деб нолиб юрманг. Сизни ҳеч ким бошқа ҳудудга топширсин, деб мажбурлаётгани йўқ, қарорни ўзингиз мустақил қабул қиляпсиз, демак, ўзингиз жавоб беринг энди шунга.

Шароитингиз бўлса, бошқа ҳудудга топширинг, шароитингиз бўлмаса, топширманг. Переводдан умид қилманг. 99% ҳолатда перевод қилолмайсиз.

‼️Келажагингиз учун масъулиятли бўлинг, қарор қабул қилишда жиддийроқ ёндошинг.


👉 @xushnudbek 👈
#Qabul_2022|#Magistratura

⚡️
Magistraturaga qabul boshlandi

▶️ 2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.

✔️ 2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

➡️Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

👉@eduuz
Edu.uz pinned a photo
#Qabul2022
#magistratura

⚡️Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ROʻYXATI

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni

30-iyun — Yoshlar kuni!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, O‘zbekiston yoshlari!

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

©️TerDU

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Professional ta'limni takomillashtirish bo‘yicha xalqaro ekspertlardan iborat ishchi guruh tuziladi

Kasb-hunar taʼlimi kengashi raisi J.Qo‘chqorov rahbarligida professional ta'lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, vazirlik mutasaddilari, UNESCO, ILO, UNDP, GIZ, ADB, DVV, Swiss Helvetas, British Council kabi xalqaro tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari, Jahon banki va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi missiyasi vakillari, manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

➡️ Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube