#Ogoh_boʻling
#Будьте_осторожны
❓Qanday qilib kartangizni FIRIBGARlardan himoya qilishingiz mumkin?
❓Как защитить свою карту от МОШЕННИКОВ?
____
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maslahatchisi
#vazir
#uchrashuv
Suma Chakrabarti:
💬– Agar biz ikki tomonlama madaniy almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻysak, menimcha, maqsadga muvofiq boʻlardi. Chunki shu vaqtga qadar bu kabi tashabbuslar amalga oshirilmagan.
Abduqodir Toshqulov:
💬– 2030-yilga borib, oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 50% ga, oliy taʼlim muassasalari ilmiy salohiyati esa 70% ga yetkaziladi hamda oliy taʼlim tizimini boshqarish toʻliq raqamlashtiriladi. Bir soʻz bilan aytganda, rejalarimizning bosh maqsadi – Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimini xalqaro taʼlim makonida munosib oʻrin egallashini taʼminlash va oliy taʼlimga boʻlgan ehtiyojini munosib darajada qondirishdir.
➡️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlantirish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabarti oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3423
__

#Qonunchilik_yangiliklari
#Prorektor
#Yoshlar_yetakchisi
Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etiladi
Prezident qarori bilan davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallaridagi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari)ga birinchi prorektor (direktorning birinchi oʻrinbosari) maqomi berildi.
Shuningdek, taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash boʻlinmalari tashkil etiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Uza.uz
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
#uchrashuv
#JICA
JICA vakillari bilan “Vodorod energetikasi” loyihasi muhokama qilindi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Raximjon Xakimov Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari va O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Nargiza Amirovani qabul qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori N.Amirova 2021-yilda Markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Jumladan, Yaponiyaning nufuzli ilmiy markaz va universitetlari bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan yangi xalqaro loyihalar, xususan, “Vodorod energetikasi” loyihasi to‘g‘risida, shuningdek Markazning kelgusidagi rejalari haqida aytib o‘tdi.
Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3424

#Rasmiy
#Qonunchilik_yangiliklari
2022/2023-oʻquv yili qabulidan bir qator OTMga kirish imtihonlarida chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi
“Xorijiy tillarni oʻrganishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (34-son, 19.01.2022 y.) qabul qilindi.
🔰Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yili qabulidan xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator OTMga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Jumladan:
✔️fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan quyidagi OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga:
🏛 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
🏛 Samarqand davlat chet tillar instituti;
🏛 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
✔️quyidagi OTMning xorijiy tillar boʻyicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga:
🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
🏛 Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
🏛 Nukus davlat pedagogika instituti.
❗️Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3425

Talabalar va oʻquvchi yoshlar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi
“Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori imzolandi.
Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab:
🔹 har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri oʻtkazib boriladi;
🔸 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi.
🗓 2022-yildan boshlab:
🔹 bosqichma-bosqich umumiy oʻrta, Prezident, oʻrta maxsus va professional hamda OTMda “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
🔸 har yili talabalar oʻrtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta oʻrinni qoʻlga kiritgan OTMga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi topshiriladi;
🔹 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
🔸 taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan professor-oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab beriladi.
Maʼlumot oʻrnida, 2021-yil oktabr oyida davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanida “Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichiga tashrif buyurib, bahsni kuzatgan, tadbir soʻngida nutq soʻzlab, bilimdon yoshlarga sharoit yaratish uchun koʻplab tashabbuslarni bildirgan edi.
Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3426

#Муносабат
⚡️Олий таълим муассасаларида қишки таътилдан кейинги ўқиш онлайн шаклда бўлиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлар юзасидан
Сўнгги кунларда коронавирус билан касалланиш ҳолатлари кўпайгани сабаб жамоатчилик ўртасида қишки таътилдан кейинги ўқиш онлайн шаклда бўлиши мумкинлиги ҳақида хабарлар тарқалмоқда.
Хабарингиз бор, ректорлар, проректорлар, деканлар ва молия масалаларига масъуллар учун жорий йил 10-24 январь кунлари амалий семинар-тренинглар ташкил этилиши муносабати билан олий ва профессионал таълим муассасалари, академик лицей талаба-ўқувчилари учун қишки таътил муддати 2022 йил 24 январга қадар узайтирилган эди.
Шу ўринда, белгиланган тартибга кўра, коронавирус инфекцияси билан боғлиқ эпидемиологик вазият юзасидан Республика махсус комиссияси қарор қабул қилади ҳамда барча идора ва ташкилотлар, шу жумладан, олий таълим муассасалари ҳам мазкур қарор асосида иш юритади.
Бу борада Республика махсус комиссияси қарор қабул қилган тақдирда вазирлик расмий манбалари орқали қўшимча маълум қилинади.
Шу сабабли барча ижтимоий тармоқ фойдаланувчилардан асосланмаган хабарлар тарқатмасликларини, жамоатчиликдан эса фақат расмий манбалар орқали эълон қилинадиган хабарларга ишонишларини сўраб қолардик.
Вазирлик ахборот хизмати расмий маълумот олишда оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқ фаоллари учун ҳамиша ҳамкорлик қилишга тайёр эканлигини маълум қилади. Бунда @eduuzaxborotxizmati_bot телеграм боти ёки 71-207-15-86 рақами орқали мурожаат қилишлари сўралади.
Фуқаролар 1006 ишонч телефони ва 71-230-64-64 call-маркази орқали ўз мурожаатларини йўллашлари мумкин.

#Munosabat
⚡️Oliy taʼlim muassasalarida qishki taʼtildan keyingi oʻqish onlayn shaklda boʻlishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan
Soʻnggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari koʻpaygani sabab jamoatchilik oʻrtasida qishki taʼtildan keyingi oʻqish onlayn shaklda boʻlishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Xabaringiz bor, rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etilishi munosabati bilan oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgan edi.
Shu oʻrinda, belgilangan tartibga koʻra, koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi hamda barcha idora va tashkilotlar, shu jumladan, oliy taʼlim muassasalari ham mazkur qaror asosida ish yuritadi.
Bu borada Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilgan taqdirda vazirlik rasmiy manbalari orqali qoʻshimcha maʼlum qilinadi.
Shu sababli barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan asoslanmagan xabarlar tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻrab qolardik.
Vazirlik axborot xizmati rasmiy maʼlumot olishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun hamisha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi. Bunda @eduuzaxborotxizmati_bot telegram boti yoki 71-207-15-86 raqami orqali murojaat qilishlari soʻraladi.
Fuqarolar 1006 ishonch telefoni va 71-230-64-64 call-markazi orqali oʻz murojaatlarini yoʻllashlari mumkin.

⚡️Тезкор❗️
⚡️⚡️Қўшимча маълумот
Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизматининг таклифига асосан коронавирус инфекциясининг янги штамми болалар ва ёшлар ўртасида тарқалиши юқорилигини эътиборга олган ҳолда барча олий (давлат, нодавлат, хусусий ҳамда хорижий филиаллар) ва профессионал таълим муассасалари, академик лицейларда (барча таълим шакллари ва турлари бўйича) жорий йилнинг 24 январидан бошлаб, бир ой муддат давомида таълим олиш тизими масофавий (онлайн) шаклда олиб борилади.
Бунда тажрибадан келиб чиққан ҳолда онлайн таълим жараёни сифатли тарзда ташкил этилиб, барча зарур ресурслар сафарбар этилади.
Авиа ва темирйўл чипталари тариф қисмидан 50 фоиз миқдорида чегирмаларини сақлаб қолинади ва 2022 йил 24 февралга қадар авиа ва темирйўл чипталари бепул тарзда бошқа муддатга алмаштириб берилади.
Мазкур масалаларни мувофиқлаштириш мақсадида Вазирликда Махсус штаб ташкил этилган бўлиб, 21 январь соат 9:30 дан барча ташкилий масалалар юзасидан қуйидаги ишонч телефонларига (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) мурожаат қилишингиз мумкин!
Шу ўринда бугунги мураккаб вазиятдан чиқиб кетишнинг ягона йўли бу вакцинация, шу боис сизлардан ўзингиз ва яқинларингиз саломатлигини ҳимоя қилиш учун вакцинация жараёнларида фаол қатнашишингизни сўраб қоламиз.
Эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, сиздан йўл чипталарини алмаштиришни бир ойлик муддат давомида қайтиш санаси аниқ бўлгандан кейин шошмасдан амалга оширишингизни сўраймиз!
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube 👇👇👇

⚡️Tezkor❗️
⚡️⚡️Qoʻshimcha maʼlumot
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar oʻrtasida tarqalishi yuqoriligini eʼtiborga olgan holda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda (barcha taʼlim shakllari va turlari boʻyicha) joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida taʼlim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.
Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn taʼlim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi.
Avia va temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022-yil 24-fevralga qadar avia va temiryoʻl chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.
Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 21-yanvar soat 9:30 dan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!
Shu oʻrinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yoʻli — bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni soʻrab qolamiz.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, sizdan yoʻl chiptalarini almashtirishni bir oylik muddat davomida qaytish sanasi aniq boʻlgandan keyin shoshmasdan amalga oshirishingizni soʻraymiz!

⚡️Срочно❗️
⚡️Дополнительная информация
Согласно предложению Министерства здравоохранения и Службы санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья, принимая во внимание высокие показатели распространения нового штамма коронавирусной инфекции среди детей и молодёжи, во всех высших (государственных, негосударственных, частных вузах и зарубежных филиалах) и профессиональных учебных заведениях, академических лицеях (по всем формам и видам обучения) с 24 января текущего года система обучения будет проводиться дистанционно (онлайн) сроком на один месяц.
При этом, исходя из опыта, процесс онлайн-обучения будет организован качественно и будут мобилизованы все необходимые ресурсы.
Авиа и железнодорожные билеты будут сохранены со скидкой в размере 50 процентов от тарифной части, а до 24 февраля 2022 года авиа и железнодорожные билеты будут обменены бесплатно на другой срок.
В целях координации этих вопросов в Министерстве создан специальный штаб. С 21 января с 9:30 по всем организационным вопросам можно обращаться на следующие горячие линии (10-06, 71-246-97-45, 71- 246-28-63)!
На данный момент единственным выходом из сегодняшней сложной ситуации является вакцинация, поэтому просим вас принять активное участие в процессе вакцинации, чтобы защитить себя и здоровье своих близких.
Исходя из эпидемиологической обстановки, просим Вас произвести замену проездных билетов не торопясь, в течение месяца, после уточнения даты возвращения!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube 👇👇👇

#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Abdug‘aniyev Otabek Allajonovich Termiz davlat universitetining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Otabek Abdug‘aniyev 1987-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2009-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
👉 Shu kunga qadar Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti dekani lavozimida ishlagan.

#vakansiya #tanlov
⚡️⚡️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qiladi!
Talablar:
- oliy maʼlumotga ega boʻlishi (kamida magistrlik darajasi);
- oliy taʼlim sohasida ish tajribasi mavjudligi;
- ilmiy daraja va unvoni borlarga ustuvorlik beriladi;
- xorijiy tillar (rus, ingliz va h.k.)ni bilishi;
- ingliz tilidan sertifikati bor nomzodlarga ustuvorlik beriladi (IELTS 5+, CEFR)
Biz taklif qilamiz:
- qulay ish sharoiti;
- 5 mln. dan 7,5 mln. gacha oylik maosh;
- 100% gacha ustama;
- qo‘shimcha rag‘batlantirishlar.
⁉️ Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar ish.devedu.uz platformasi orqali vakant boʻlgan lavozimga soʻralgan ma’lumot va hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
⚠️Hujjatlar 2022-yil 15-fevralgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Murojaat uchun 👉@VacancyDeveduBot

Oliy ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik kengaytirilmoqda
Bugun Tatariston Respublikasining Taʼlim va fan vaziri Ilsur Xadiullin hamda Qozon federal universiteti rahbariyati vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov qabulida boʻlishdi.
Uchrashuv davomida Jizzax shahrida Qozon federal universitetining filiali faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyish doirasidagi hamkorlik masalalari, shuningdek, professional taʼlimga ega kadrlarning malakasini oshirish va Tataristonning yirik kompaniyalarida ish bilan taʼminlashga doir takliflar ham muhokama qilindi.
💬– Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalarining 30 ta filiali faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, shundan 15 tasini Rossiya oliy taʼlim muassasalari tashkil etadi. Bunda 2021-yilda Jizzaxda tashkil etilgan Qozon federal universiteti filialini alohida qayd etish lozim, – dedi A.Toshqulov.
👉 Batafsil
➡️ На русском
—
@eduuz

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президенти ҳузурида ўтган йиғилиш ва тақдимотлар, Тошкент шаҳридаги бунёдкорлик ишлари билан танишув, шунингдек, дарахтлар кесилишига ўрнатилган мораторий, экспресс-тестлар бўйича тортишувлар, Солиқ қўмитасида ўтказилган матбуот анжумани ҳамда “Заковат” клубига оид Президент қарори - барча тафсилотлар "Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида.
Кўрсатувни бугун, 22 январь куни соат 20:10 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилинг.
Кўрсатув эртага, 23 январь куни соат 12:20 ва 17:20 да ҳам намойиш этилади.

#Онлайн
#Халқаро_учрашув
Шу кунларда Туркия Республикаси Олий таълим кенгаши раиси Эрол Ўзвар (Эrol Özvar) бошчилигида кенгаш аъзолари ва нуфузли олий таълим муассасалари ректорларидан иборат делегация Ўзбекистонда бўлиб турибди.
Айни вақтларда делегация билан илк учрашув икки мамлакатнинг нуфузли олий таълим муассасалари раҳбарлари ҳамда таниқли ва юқори илмий салоҳиятга эга академик ва профессор-ўқитувчилар ўртасида давра суҳбати билан бошланди.
Тадбирни Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов кириш сўзи билан очиб берди.
Шунингдек, тадбирда Туркия Олий таълим кенгаши раиси Эрол Ўзвар ва Туркиянинг Ўзбекистондаги Фавқулодда ва Мухтор элчиси Олган Бекар ўз нутқлари билан иштирок этишмоқда.
___