#Professional_taʼlim
#Hamkorlik
Germaniya bilan hamkorlikda yengil sanoat yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi
🔰 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi o‘rtasida shartnoma imzolandi.
✔️ Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi rahbari Mattias Klingenberg va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov o‘rtasida mazkur loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil 👉https://edu.uz/uz/news/view/3354
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

👍2
#Studiya24 | #Prezident_qarorlariga_sharh
Davlat oliy taʼlim muassasalari faoliyatida yangi bosqich
🔰Mavzu yuzasidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kungratboy Sharipov va Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori Dilshod Umarov batafsil ma'lumot berdi
🎥 Batafsil koʻring👇👇👇👇👇

YouTube
Studiya 24 | Davlat oliy taʼlim muassasalari faoliyatida yangi bosqich
Oliy ta'lim muassasalari rahbarlarining Prezident qarorlari yuzasidan sharhi
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_uchun
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Talabalar festivali – 2021” taqdirlash marosimi tashkil etildi.
⚜️ Taqdirlash marosimida yil davomida Respublika miqyosida o‘tkazilgan 20 dan ortiq tanlov g‘oliblari tantanali taqdirlandi. Marosimga O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan talaba-yoshlar va ustozlar tashrif buyurishdi.
💐G‘oliblar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3353

👍1
#Талабага_енгиллик
⚡️ТЕЗКОР! МУҲИМ ЯНГИЛИК!!!
📌 Қишки таътилнинг бошланиш санаси ўзгарди
🔰 Талаба ва ўқувчиларга қўшимча имконият ва қулайлик яратиш мақсадида, хусусан, талабаларни доимий яшаш жойларига бориш ва қайтиши учун ички темирйўл ва авиақатновларга чипталарни махсус 50 фоизли чегирма билан харид қилиш имтиёзи 25 декабрдан эътиборан қўлланиши белгиланди.
✔️Шунингдек, Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг 2021 йил 25 декабрдаги 537-сонли буйруғига асосан об-ҳавонинг кескин совушини инобатга олиб, талаба ва ўқувчиларга қишки таътил даврини ўз оилалари бағрида узоқроқ ўтказишлари учун олий, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасаларида қишки таътил муддатининг бошланиши ҳам 2021 йилнинг 25 декабрига кўчирилганлиги маълум қилинади.
Сизга қишки таътилни мазмунли ва мароқли ўтказишингизни тилаб қоламиз!

#Talabaga_yengillik
⚡️TEZKOR! MUHIM YANGILIK!!!
📌 Qishki ta’tilning boshlanish sanasi oʻzgardi
🔰 Talaba va oʻquvchilarga qoʻshimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryoʻl va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25-dekabrdan e’tiboran qoʻllanishi belgilandi.
✔️Shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 25-dekabrdagi 537-sonli buyrugʻiga asosan ob-havoning keskin sovushini inobatga olib, talaba va oʻquvchilarga qishki taʼtil davrini oʻz oilalari bagʻrida uzoqroq oʻtkazishlari uchun oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddatining boshlanishi ham 2021-yilning 25-dekabriga koʻchirilganligi maʼlum qilinadi.
Sizga qishki ta’tilni mazmunli va maroqli oʻtkazishingizni tilab qolamiz!

👍9
Oʻzbekiston milliy universitetining joriy yildagi yutuqlari eʼtirof etildi
🔰Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Oʻzbekiston milliy universitetining “2021-yil yakunlari: natijalar va istiqboldagi rejalar” nomli yil yakunlariga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etdi.
💬– Oliy ta'limda bo‘lib turib, bu qarorlarning ichiga kirib, ijrosiga men ham hissa qo‘shaman demagan odam, u bizning sohamizga begona.
– Hamma oliy taʼlim muassasalarida ham uchramagan natija, xususan, ilmiy salohiyat 58% dan yuqori, 2021-yilda 8 nafar fan doktori (DSc), 62 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari boʻyicha dissertatsiyalar himoyalari amalga oshirilgan. Eng qizigʻi, juda katta xarajatlarsiz qariyb 1500 oʻrinli talabalar uchun turar-joylar barpo etilgani ayni haqiqat, – dedi vazir.
📜Batafsil matn shaklida oʻqish:
👉 https://edu.uz/3355
🎥 Batafsil HD formatda koʻrish:
👇🏻👇🏻👇🏻

Vazir Abduqodir Toshqulov Oʻzbekiston milliy universitetida
👍2
#O‘qishni_ko‘chirish
❗️MUHIM: 2021/2022-O‘QUV YILIDA UZRLI SABABLARGA KO‘RA O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!!!
🔰Bahorgi semestrda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ISHCHI GURUHLARI faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
⚠️ Hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba va bayram munosabati bilan belgilangan sanalar – dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.
➡️Qayd etilgan nizomga muvofiq fuqarolar bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.
📌 2021/2022-oʻquv yili mobaynida:
➖ respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;
➖ turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
➖ ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.
❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
✅O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

👍60😱5👎3🎉3🤩1
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Bobiromon Bekmurodovich Qodirov Toshkent kimyo-texnologiya institutining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Bobiromon Qodirov 1979-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2000-yilda Termiz davlat universitetini hamda 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Ilmiy darajasi va unvoni: yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent.
Qator xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Germaniya, Yaponiya, J.Koreya kabi davlatlarning nufuzli ta’lim muassasalarida malaka oshirgan.
Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashkiliy-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

👍6
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Jabbor O‘raqovich Muxammadiyev O‘zbekiston milliy universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Jabbor Muxammadiyev 1963-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Ilmiy darajasi va unvoni: fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Shu kunga qadar O‘zbekiston milliy universitetining amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.

👍4👎1
#Foydali |#Professional_taʼlim
⚡️MUHIM! 2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga!
🔰2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarga istisno tariqasida, ularni bergan arizalariga muvofiq imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.
❗️Quyida kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlar hamda fanlar majmuasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab oling👇🏻
💾 Kollejlar
💾 Texnikumlar
💾 Fanlar majmuasi

👍19👎2😁2
| #Ҳайъат мажлиси
Айни дақиқаларда Геология фанлари университетида Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов раҳбарлигида 2021 йил якунларига бағишланган кенгайтирилган Ҳайъат мажлиси йиғилиши бошланди.
Йиғилиш дастурига мувофиқ вазир А.Тошқулов йиғилишни очиб бериб, олий таълим тизимида 2021 йилда амалга оширилган ишлар ҳақида маълумот бермоқда.

#Вазир_ҳисоботидан
Олий таълим тизимида 2021 йилда амалга оширилган
ишлар тўғрисида
Охирги йилларда асосий эътибор ёшларимизга олий таълим олиш учун кенг имконият ва шароит яратишга қаратилди. Натижада, ўтган 5 йилда 22 та хорижий ҳамда 21 та нодавлат олий таълим муассасалари ташкил этилиб, олийгоҳлар сони 65 тадан 156 тага етди, олийгоҳларга қабул 3 бараварга ортди.
Ёшларни олий таълим билан қамров даражаси 9 фоиздан 28 фоизга оширилди.
Жорий 2021 йилда ҳам самарали ишлар амалга оширилиб, 25 та янги олий таълим муассасалари фаолияти йўлга қўйилиб, давлат олий таълим муассасалари сони 106 тага етди.
2021 йилда 2 та филиал ва 3 та педагогика факультетлари негизида Педагогика институтлари, Тошкент давлат аграр университетининг Нукус ҳамда Термиз филиаллари ҳамда Тошкент давлат техника университетининг Термиз филиали алоҳида институтларга айлантирилди.
Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институтига «Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» миллий тадқиқот университети унинг Бухоро ва Қарши филиалларига алоҳида институт мақоми берилди.
Шунингдек “Янги Ўзбекистон” университетининг ташкил этилганлиги бу иқтидорли ёшларимиз учун яратилган алоҳида имкониятдир.
Етакчи хорижий университетлар филиаллари ташкил этилди. Бунда “Санкт-Петербург давлат университети” филиали, Пирогов номидаги Россия миллий тадқиқот тиббиёт университети филиали, Қозон федерал университети филиали ҳамда Италиянинг Пиза университети филиалини алоҳида айтиб ўтмоқчиман.
Бундай салоҳиятли хорижий олийгоҳларнинг фаолияти маҳаллий олийгоҳларнинг ривожланишига ҳам ижобий таъсирини кўрсатмоқда.
Ёшларни олий таълим билан қамров даражаси 28 фоизга етказилиб, 170 минг нафардан ортиқ ёшларимиз олий таълимга қабул қилинди. Давлат грантлари 7 250 тага ёки 25 фоизга оширилди.
2022 йилда: Олий таълим соҳасида соғлом рақобат муҳитини шакллантириш ҳамда ёшларни олий таълим билан қамров даражасини 32 фоизга етказиш мақсадида нодавлат олий таълим муассасалари сонини 25 тадан, жами олийгоҳлар сонини 160 тадан оширамиз.
Исҳоқхон Ибрат номидаги Наманган давлат чет тиллар институти, Андижон давлат чет тиллар институти фаолияти йўлга қўйилса, Навоий давлат кончилик институти негизида Навоий политехника университети ташкил этилади.

👍4
#Вазирҳисоботи
#Инфографика
Олий таълим муассасалари сони ва қабул параметрлари рақамларда