Edu.uz
164K subscribers
18.8K photos
4.02K videos
232 files
11.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Xizmat_safari

Jizzax politexnika instituti faoliyatidan

🔰 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov Jizzax politexnika instituti kampusi bilan yaqindan tanishdi.

🏛 Institut rektori A.Usmankulov hamda masʼullar hamroxligida institutdagi tabiiy fanlar laboratoriyasi, kutubxona, oʻquv xonalari, IT inkubatsion laboratoriyalar, kampus hududidagi obyektlarda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda amaliyot mashgʻulotlarining tashkil etilishi jarayonlari bilan ham tanishib chiqildi.

📌 Oʻz oʻrnida, institutning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash va modernizatsiya qilish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi. Bu borada vazirlikning byudjetdan tashqari jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish masalasining koʻrilishi vazir tomonidan bildirib oʻtildi.

➡️ Uchrashuv soʻnggida institut xodimlari, professor-oʻqituvchilar hamda talabalari bilan yoʻl-yoʻlakay uchrashilib, ular bilan samimiy muloqot qilindi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Korrupsiyasiz_soha

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkaziladi

🔰 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Antikorrupsiya haftaligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkaziladi.

🗓 Tadbir joriy yilning 7-dekabr sanasida soat 10:00da Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maʼmuriy binosida oʻtkazilishi belgilangan.

Tadbir davomida vazirlik faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, korrupsion xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etiladi.

✔️ Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, 2-Chimboy koʻchasi, 96-uy


🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eduuz_tavsiya_etadi

Sening joying Qoʻyliqda emas, o‘qi”

Navoiy viloyatidanman. 2019-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga oʻqishga kirdim. Oilaviy sharoitim tufayli xarajatlarimni qoplash uchun ishlashga toʻgʻri keldi. Ish qidira boshladim, ammo qayerga bormay “student kerak emas” deb qaytaraverishdi. Qancha harakat qilmay tayinli ish topa olmadim. Oxiri mardikorlikka chiqishga qaror qildim.

Oʻsha kuni ertalabdan yomgʻir yogʻgandi. Bunday ob-havo sabab kunlik ishlarning narxi oshardi, ammo ishga olib ketuvchilar ham shunga yarasha koʻp boʻlmasdi. Bir payt oldimizga Spark kelib toʻxtadi. “80 ming soʻm beraman, yertoʻlani tozalash kerak” dedi va ish joyining suratini koʻrsatdi. Ochigʻi, ish bu narxga arzimasdi, ya’ni bu yumushni bajarish uchun koʻproq pul toʻlanishi kerak aslida. Biroq ishni hech kim olmadi. Qaytib ketishga pulim yoʻqligi uchun men rozi boʻlib qoʻya qoldim.

Mahmud aka (meni ishga olib ketgan odam) shinavanda, ustiga ustak iqtisodchi, Kanadada firmasi bor ekan. Tezda chiqishib ketdim. Toʻytepagacha Oʻzbekiston iqtisodiyoti haqida suhbatlashib ketdik.

Manzilga yetgach, tezda ish boshladim. Mahmud akaning men bilan suhbatlashgisi keldi, shekilli, yonimga kelib yordam berishga kirishib ketdi. Gaplashib, qanday ishni tugatganimizni bilmay qoldik. Gap bilan boʻlib, soat 21:00 boʻlganini sezmabman ham. Mahmud akaga yotoqxonaga 22:00 dan keyin kirgizmasligini, tez ketishim kerakligini aytdim. Aka esa “Uyda bir oʻzimman. Oilam Kanadada. Agar xohlasang qolishing mumkin, ertalab oʻqishga ketaverasan” dedi.

Shunday qilib, Mahmud akanikida qoladigan boʻldim. Tun yarmiga qadar suhbatlashib oʻtirdik. Oʻsha kuni kitoblardagidan koʻp bilimga ega boʻldimki, menga endi ishlagan pulim ham kerak emasdi. Ammo moddiy sharoitim bunga yoʻl qoʻymasdi.

Tong otdi. Ertalab uydan chiqib ketayotgan vaqtim Mahmud aka qoʻlimga bir bogʻlam ming soʻmlik pul tutqazdi va “Kechgacha ishlaganing uchun mana 100 ming soʻm. Pulni sanama, oʻzimga toʻgʻri odamman” dedi. Shu sabab pulni sanamay, rahmat aytib uydan chiqib ketdim. Yotoqxonaga yetib borib, pulni sanamoqchi boʻldim. Qarasam, ikkita 100 dollarlik pul qatlab qoʻyilgan ekan. Bitta ming soʻmlikka esa “Sening joying Qoʻyliqda emas, oʻqi” deb yozilgan edi.

© «Daryo» «Yaxshilik» loyihasi

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi_2021

⚡️“O‘zbekiston yoshlari forumi-2021”ga tez kunlarda start beriladi!

❗️Qadrli talaba-yoshlar, aziz o‘quvchilar 18-dekabrdan 25-dekabrga qadar yilning eng qaynoq va unutilmas voqeligi — “O‘zbekiston yoshlari forumi-2021” boshlanmoqda.

📲 O‘z takliflaringizni yuboring va forumda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ling!

📩 Takliflar uchun havola 👉 https://bit.ly/3GboFtY

Mazkur forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish uchun keng platforma yaratish, zamon qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va mamlakatdagi yangilanishlarga faol jalb qilishdan iborat.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hech_kim_eʼtibordan_chetda_qolmaydi
#Tadbir

🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talaba_uchun_foydali

⚡️ ⚡️ Har bir talabaga “feedback” kerak, tanqid emas.

🔰Bugun kundalik hayotimizda “feedback” (“fidbek”) iborasi tez-tez uchrab turadi.

✳️ Masalan, siz maqola chop ettirdingiz, yoki yangi mahsulot ishlab chiqdingiz, jamoatchilikning unga bo‘lgan fikri, mulohazasi, javoban bildirilgan munosabati “feedback” deb ataladi.

⚠️ Bu har doim ham “tanqid” degani emas. Yoki, agar tanqid qilinmasa, bu fidbek boʻlmaydi deyish notoʻgʻri.

🌐 G‘arb universitetlarida bir ibora bor: Har bir talabaga “feedback” kerak, tanqid yoki hukm emas❗️

🇬🇧Every student needs feedback, not criticism or judgment
❗️

Chunki o‘rni kelganida, hurmat va izzat bilan berilgan munosabat uni qabul qiluvchiga oʻziga xos “yoʻl-yoʻriq” sifatida foydali boʻlishi mumkin.

👉 Bunday “feedback” yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatuvchi vosita ham boʻlishi mumkin.

☝️ Shuning uchun, konstruktiv fikrlaydigan insonlar “feedback” berganida, talaba ham uni konstruktiv qabul qilishi kerak.

©Manba
____
👉 @eduuz
#Tanlov

Tayanch doktorantlar uchun Prezident davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi!

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar 2021-yil 6-12-dekabr kunlari https://doktorantura.edu.uz/ elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

❗️Talabgorlarning hujjatlari platformaga tegishli oliy ta’lim muassasasi (filial), ilmiy tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan kiritiladi.

▪️Tanlov yo‘nalishlari:

✔️ Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota)
✔️ Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota)
✔️ Texnika va texnologiya (2 ta kvota)
✔️ Sog‘liqni saqlash (1 ta kvota)
✔️ Qishloq xo‘jaligi (1 ta kvota)

➡️ Tayanch doktorantlarga Prezident davlat stipendiyalarini tayinlash uchun belgilangan mezonlar va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 https://lex.uz/acts/-1399382

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
#Professional_taʼlim

PROFESSIONAL TA’LIMDA OZIQ-OVQAT SANOATI YO‘NALISHI BO‘YICHA DUAL TA’LIM ASOSIDA KADRLAR TAYYORLASH YUZASIDAN ANJUMAN O‘TKAZILDI

Mazkur anjumanda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, PECA loyihasi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari, ish beruvchilar vakillari hamda professional ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Oziq-ovqat sanoatida dual ta’limni joriy etish, kasb standartlarini ishlab chiqish hamda ta’lim dasturlarini Germaniya tajribasi asosda takomillashtirish masalalari muhokama etildi va tavsiyalar berildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#XUSHXABAR

🇺🇿🥋🥇Dzyudochi talaba-yoshlarimiz umumjamoa hisobida mintaqada birinchi bo‘lishdi!

💫 Quvonarlisi, ushbu gʻalabaga oliy taʼlim muassasalari talabalari ham munosib hissa qo‘shishdi.

🏛Qarshi davlat universiteti talabalari:

🥇 Suhrob Rajabov (-100 kg) – oltin;

🥇Farangiz Xolmurodova (-70 kg) – oltin;

🥉Nurbek Murtazoyev (-81 kg) – bronza.

🏛Urganch davlat universiteti talabalari:

🥇Halimaxon Qurbanova (-48 kg) – oltin;

🥇Sita Qadamboyeva (-52 kg) – oltin;

🥇Shukurjon Aminova (-57 kg) – oltin.

🏛Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari:

🥇Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg) – oltin;

🥈Hosiyat Masharipova (+78 kg) – kumush medalga sazovor bo‘ldi.

💐 Sportchi talabalarimizni muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaymiz! Biz sizlar bilan faxrlanamiz!

👉 https://edu.uz/uz/news/view/3307

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube