Edu.uz
164K subscribers
18.8K photos
4.02K videos
232 files
11.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
SamDUda viloyat OTMning qish mavsumiga tayyorgarligi mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qilindi

Samarqand davlat universitetida
o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat ta’lim muassasalarining qish mavsumiga tayyorgarligi, ta’lim muassasalariga qarashli hududlarni obodonlashtirish, o‘quv va yotoqxona binolaridagi issiqlik tizimlarining sozligi, qozonxonalar holati va gaz ta’minoti bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

👉Batafsil: https://samdu.uz/news/1046

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Nozliya Zarilovna Normurodova Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Nozliya Normurodova 1986-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2009-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.

Ilmiy darajasi: Filologiya fanlari doktori (DSc).

👉 Shu kunga qadar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Glocals Bookshop
#BILASIZMI

“Universitet” va “institut” oʻrtasidagi farqlar nimalardan iborat?

🔰 Talaba yoshlarimiz orasida “universitet” 🆚 “institut” oʻrtasida nima farq bor degan savollar koʻp uchraydi. Hozirgi kunga qadar quyidagi xalqaro amaliyot asrlar davomida shakllangan…

🏛 Universitet bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti sanaladi. Ayrim mamlakatlarda, kamida 7 ta yoʻnalish boʻlishi kerak.

🏢 Institut esa maʼlum bir taʼlim yoʻnalishiga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtidir.

❇️ “Universitet” tushunchasi “institut” tushunchasidan koʻra kengroq. Ta’lim imkoniyatlari va oʻquv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Universitet ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi.

✔️ Gʻarb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida boʻladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega.

🌐 Shuni e’tiborga olish zarurki, zamonaviy dunyoda ish beruvchilarning aksariyati universitet va institut oʻrtasidagi farqlarga ahamiyat berishmaydi. Eng muhim omil – bu bitiruvchi tomonidan oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalar, samara va ishga ishtiyoq.
_____
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔊Yangi loyihaga start berildi!

Ilk bor Termiz davlat universiteti ko’magida Xalqaro xayriya ta'lim loyihasi - "From heart to heart" - o'z ishini boshladi.

❇️ Loyiha tashkilotchisi – TerDU Xorijiy filologiya fakulteti talabasi, Just GRANT dasturi g'olibi, IELTS Instruktori Barno Omonova.

📹 Barcha ma'lumotlarni videorolikda bilib olishingiz mumkin.

_____
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
#tyutor

💬 “Tyutor lavozimini egallagan oliy ma’lumotli shaxs … talaba ta’lim olayotgan soha mutaxassisi sifatida pedagogik, psixologik, etik, estetik jihatdan barkamol, o‘zligini anglagan, dunyoqarashi keng, sog‘lom fikrli, intellektual salohiyatli bo‘lishi lozim”, -
Obidjon Xamidov, Buxoro davlat universiteti rektori

Batafsil: 👉 https://is.gd/9d8v3m


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik

Filial talabalari uchun inkubatsiya markazi hamda qayta taʼmirlangan talabalar turar joyi oʻz bagʻrini ochdi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida
talaba yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirish uchun dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari inkubatsiya markazi ishga tushdi.

Shu bilan birga, oliygohning talabalar turar joyi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Doktorantura_2022

Endi imtihonlarni onlayn kuzatish yanada osonlashdi

🔰 Xabaringiz bor 2022-yildan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)da oʻqish uchun OTMda imtihon jarayonlari oʻtkazilmoqda.

🔹Mazkur imtihon jarayonlarini ZOOM platformasidagi manzillar orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan edi.

📽 Endilikda imtihonlar shaffof va jamoatchilik nazoratida oʻtishini taʼminlash maqsadida, jarayonlar uzluksiz tarzda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining imtihon.edu.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilib borilmoqda.

✔️Maʼlumot oʻrnida, bugun 14 ta OTMda imtihonlar boʻlib oʻtmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bolaning_begonasi_boʻlmaydi

🏀🏐 O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sportchi talabalari ishtirokida Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun mahorat darslari o’tkazildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professional_ta'lim

⚡️ Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi

Kuni kecha 2021/2022-oʻquv yili qabulida kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun Davlat test markazi tomonidan test sinovlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

DTM maʼlumotiga koʻra, 2021/2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

❗️ Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va tarix)dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ehtiyot_bo'ling

IS GAZIDAN ZAHARLANISHGA YO‘L QO‘YMANG!

Tabiiyki, kunlar sovishi bilan aholining isitish moslamalariga bo‘lgan ehtiyojlari ortib boradi. Isitish maqsadida kimdir elektr isitish asboblaridan foydalansa, kimdir tabiiy gaz tarmoqlari yoki yoqilg‘ining boshqa turlaridan foydalanadi. Ammo, ming afsuski, keyingi paytlarda nafaqat Toshkent shahrida, balki, respublikamizning turli viloyatlarida is gazidan zaharlanish holatlari tez-tez sodir bo‘lmoqda.

Xo‘sh, bunga nima sabab bo‘lmoqda? Bu holatni oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

🎥 Bu haqida videolavha orqali bilib oling!
🔹🔸🔹
‼️Tabiiy va is gazidan zaharlanish yuz berganda:

- zaharlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating;
- 103 telefon raqami orqali “Tez tibbiy yordam”ga;
- 104 telefon raqami orqali gaz ta’minoti xizmatiga;
- 1050 telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qutqaruv xizmatiga murojaat qiling!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“Тараққиёт стратегияси” маркази томонидан, янги сайланган Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг лавозимга киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталари қўшма мажлисидаги нутқидан келиб чиқиб инфографика шаклида рисола тайёрланди.

Рисолани қуйидаги ҳавола орқали юклаб олишингиз ва батафсил танишиб чиқишингиз мумкин.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Glocals Bookshop
#BILASIZMI

Ta’lim olish piramidasi haqida eshitganmisiz?

🔰 1960 yillar boshida AQShning Milliy oʻquv laboratoriyasi (National Training Laboratory) “ta’lim olish piramidasi” (“learning pyramid”) tushunchasini ishlab chiqqan.

❇️ Unga koʻra, …

🔸 Agar oʻqituvchi faqat maʼruza usulidan foydalansa, talaba faqat 5% maʼlumotni xotirasida saqlab qoladi.

🔹 Agar talaba mustaqil tarzda kitob oʻqisa, u 10% materialni eslab qoladi.

🔸 Agar darsda audiovizual usullardan foydalanilsa, bu holda talabaning oʻzlashtirish darajasi 20% boʻladi.

🔹 Agar oʻqituvchi maʼlumotni koʻrsatib bersa (koʻrgazma, namoyishlar orqali oʻqitish usuli), unda xotirada saqlab qolish darjasi 30% ga koʻtariladi.

🔘 Rasmda koʻrinib turganidek👇, yuqoridagi barcha holatlarda talaba PASSIV oʻrganuvchi hisoblanadi.

Eng samarali FAOL bilim quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

🔸Agar darsda talabalar kichik guruhlarga boʻlinib, muhokamalar, baxs-munozara (debatlar)da ishtirok etsa, ularda notiqlik san’ati, tanqidiy fikrlash, toʻgʻri savollar tuzish mahorati rivojlanib, ular materialning 50% ni oʻzlashtirib, xotirada saqlab qolishlari mumkin.

🔹Dars jarayonlarini amaliyot bilan bogʻlash, har qanday olingan yangi ma’lumotlarni amaliyotda sinash oʻrganuvchi uchun katta samara beradi. Bu holda 75% bilim xotirada saqlanib qoladi.

🔸Va soʻnggi bosqich – oʻz bilimlarini boshqalarga yetkazish, oʻrgatish, oʻqitish orqali (teach others) 90% samaraga erishish mumkin.
Bilim olishning eng afzal usuli – bilim berish degan naql bor.

❗️Ushbu ta'lim olish piramidasidan ham muallimlar, ham talabalar to'g'ri xulosa chiqarsa, ta'lim sifati yanada yaxshilanadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_reportaj

🔰Urganch davlat universitetida xalqaro matematika anjumani tashkil qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Brifing

🗓 Bugun, 10-noyabr soat 16:00 da AOKA majlislar zalida OAV va elektron nashrlar xodimlari ishtirokida brifing tashkil etiladi.

🔰Brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov 2021/2022-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining tashkil etilishi va qabul parametrlari bilan bogʻliq muhim yangiliklar boʻyicha maʼlumot beradi.

🎥 Brifing “UzReport TV” telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ehtiyot_boʻling

🏛 Toshkentdagi AJOU Universitetida is gazi bilan zaharlanish va yongʻin bilan bogʻliq favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Batafsil videolavhada 👆

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Obidjon Baxtiyorovich Shofiyev Termiz davlat universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Obidjon Shofiyev 1986-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2012-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.

Ilmiy darajasi: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

👉 Shu kunga qadar Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti dekani lavozimida ishlagan.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Bugun AOKA majlislar zalida oʻtkazilgan brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov mavzu yuzasidan maʼlumot berdi.

Brifingda

Kollej va texnikumlarga o‘qishga kirish uchun qancha abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi?

2021/2022 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga qancha abituriyent qabul qilish rejalashtirilgan?

Kimlarga kirish imtihonlarisiz to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishinishiga ruxsat berildi?

Kirish test sinovlari qachon va qay tartibda o‘tkaziladi?

Test sinovlarida belgilangan talablarga zid va shubhali holatlarga guvoh bo‘lganda kimga murojaat qilinadi? kabi savollarga batafsil javob berildi.

🔹🔸🔹

👉 Matn shaklida o‘qish: https://edu.uz/uz/news/view/3182

👉 HD formatda ko‘rish: https://youtu.be/wojSDwY05Qo

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bolaning_begonasi_boʻlmaydi

BOLALAR BAXTLI BOʻLISHGA HAQLI

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi 15-son Mehribonlik uyi bolajonlari uchun “Baxt ulashing” loyihasini boshladi. Loyiha doirasida filial jamoasi va talabalarining 4,5 million soʻmdan ortiq mablagʻi toʻplandi. Bu mablagʻga kitoblar, sport jihozlari, oʻquv qurollari sotib olindi.

Shuningdek, kuni kecha filial tomonidan bolajonlar uchun ajoyib sovgʻa tayyorlanib, ularning Toshkent shahridagi hayvonot bogʻiga sayohati tashkil etildi. “Baxt ulashing” loyihasida TDTU Olmaliq filialining doimiy hamkori - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Kasaba uyushma qoʻmitasi ham ishtirok etib, sayohat uchun avtobus hamda 1 million soʻm mablagʻ ajratdi.

Bolalarga baxt tuygʻusini ulashish, tabassum hadya etish loyiha ishtirokchilarining har biriga eng ezgu insoniy tuygʻularni baxsh etdi.

Zero, inson yaxshilik qilish uchun yaralgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube