Edu.uz
179K subscribers
35.8K photos
6.83K videos
269 files
16.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Bilasizmi?

☝️ Fuqarolarning 26 yoshga to‘lmagan farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishi uchun yo‘naltiriladigan daromad summalari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilingan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tyutorlar_haqida

Eslatma!

🔸Xabaringiz bor, Hukumatimizning qarori bilan joriy o’quv yilidan boshlab barcha oliy ta'lim muassasalarida “tyutor” lavozimi kiritilgan edi.

✔️ Bugungi kundalik ta’lim leksikonimizda “tyutor” tushunchasi keng qo’llanilar ekan, uning mazmun-mohiyati nimadan iborat ekanligi barcha talaba-yoshlarni qiziqtiradi.

🔰Shu bois, “tyutor” tushunchasi toʻgʻrisida Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov ma’lumot berdi.

Batafsil: 👉 https://yuz.uz/uz/news/yuksak-masuliyat-egalari--tyutorlar-haqida

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Xalqaro kuzatuvchidan master-klass

Yurtimizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Pokiston Fanlar akademiyasi akademigi Muhammad Qosim Jon Geologiya fanlari universiteti professor-o‘qituvchilari va magistrlari uchun “Yerning rivojlanish tarixi va foydali qazilma konlarini qidirishda mobilistik yondashuvlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.

Men yurtingizga birinchi marotaba tashrif buyurishim, ammo xalqaro ilmiy anjumanlarda, turli tadbirlarda mamlakatingizdan tashrif buyurgan olimlar, fan doktorlari, sohamiz vakillari bilan ko‘p bora uchrashganman. Ular bilan qizg‘in munozarali suhbatlar o‘tkazilgan. Mana endi Prezident saylovi munosabati bilan yurtingizni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishga muyassar bo‘ldim. Mamlakatingizning so‘lim tabiati, samimiy insonlari menda katta taassurot qoldirdi, − deydi Muhammad Qosim Jon.

👉 Batafsil 👈

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Vazir tanqidiy ruhdagi kengaytirilgan videokonferensiya yigʻilishini oʻtkazdi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov raisligida kengaytirilgan formatda videokonferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filial direktorlari, prorektorlar, fakultet dekanlari va ularning oʻrinbosarlari, talabalar turar-joylari rahbarlari, fakultet Xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Kengaytirilgan yigʻilish avvalida soʻnggi vaqtlarda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan voqea-hodisalar tanqidiy ruhda koʻrib chiqildi.

Xususan, kuni kecha Toshkent davlat pedagogika universiteti va bugun Toshkent davlat texnika universitetida boʻlib oʻtgan voqealarga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, OTMda dars berish jarayonlari, taʼlim sifati, talabalar orasidagi jinoyatchilik, tyutorlar faoliyati, yotoqxonadagi holatlar, byudjet mablagʻlaridan unumli foydalanish borasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi. Kamchiliklarga yoʻl qoʻyayotgan prorektorlarning faoliyati tahlil qilindi va faoliyati qoniqarsiz deb topilgan ayrim masʼullarga nisbatan intizomiy chora qoʻllash masalasi koʻrildi.

Shu bilan bir qatorda, yotoqxona va ijarada turadigan talabalar holidan muntazam xabar olish, ularni doimiy taʼlim jarayonlariga integratsiya qilish masalalariga alohida urgʻu berildi.

Vazir A.Toshqulov talaba-qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga nafaqat yoʻl qoʻymaslik, balki bundan buyon bu kabi holatlarning oldini olish, ularning odob-axloqiga eʼtibor qaratish hamda talaba-yoshlarning oʻqishdan tashqari boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish barcha masʼullarning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Vazir ikkinchi muhim masala – Toshkent davlat texnika universiteti hududidagi yengil konstruksiyalar bilan qurilgan xususiy mulkdor foydalanishidagi oshxonada yuz bergan voqeaga toʻxtalib, barcha talabalar turar-joylarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda oliygohlar hududlaridagi tadbirkorlar foydalanayotgan obyektlarning texnik holati, is gazidan zaharlanishga yo'l qo'ymaslikni qatʼiy nazoratga olish topshirigʻini berdi.

Bundan keyin yuqorida aytilgan noxush holatlarga faqatgina reaktiv munosabatda emas, balki oldini oluvchi profilaktik yondashuvlarni tizimli olib borish muhimligi taʼkidlandi.

Yigʻilish soʻngida oliy oʻquv yurtlari rahbarlari va prorektorlariga aniq vazifalar belgilab berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi

Prezident qarori (PQ-5269-son, 28.10.2021) bilan Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.

🔰Institutda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab:

🔸bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda, talabalar uchun haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi;

🔸xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi.

Institut faoliyati Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

➡️ 2022-yil yakuniga qadar Institutda talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar hamda yosh professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida loyihalarning startaplarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi IT-inkubator ilmiy innovatsion markazi tashkil etiladi.

🔹Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

❗️Institutning “Anorchilik” yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilari va tahsil olayotgan yosh olimlari anor yetishtirish tajribasini o‘rganish uchun ilg‘or xorijiy davlatlarga malaka oshirish kurslariga va stajirovkalarga yuboriladi.

👨‍🎓Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialining barcha talabalari Institutning mos ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga o‘tkaziladi hamda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi.
___
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

— Biz oʻylagan edikki, koʻplab investorlarni Oʻzbekistonga jalb qilsak, tadbirkorlarimiz bilan birgalikda ularni qoʻshib, qoʻshma korxonalarni tez ishga tushirib yuboramiz deb oʻylagan edik. Lekin rejalarimiz unday boʻlib chiqmadi...

Hindiston, Ispaniya hamda Fors koʻrfazidan kelgan yirik investorlar ishtirokida “Globallashuv sharoitida Oʻzbekiston iqtisodiyotiga bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilib, biznes muhitini yaxshilash” mavzusida yigʻilish oʻtkazildi.
___
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nobel_Fest_III

Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari olimlari va talabalari uchun Nobel Fest III festivali o‘tkazilmoqda

Tinchlik va taraqqiyot uchun Butunjahon ilm-fan kuni arafasida shu kunlarda Toshkent, Nur-Sulton va Bokuda “Kelajak yoningizda” nomli Nobel Fest III ilmiy-maʼrifiy festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent shahridagi studiyada o‘tkazilgan festivalning ochilish marosimida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.

"Dunyoga taniqli olimlar va ekspertlar fikriga ko‘ra, Nobel festivalining uzoq muddatda o’tkazilishi mintaqada ilm-fanni rivojlantirishga xizmat qiladi va yosh olimlarni yangi ixtirolarga ilhomlantiradi", – dedi Komiljon Karimov.

4 kun davomida jahon ekspertlari va Nobel mukofoti laureatlari Markaziy Osiyo hamda Kavkaz mamlakatlari olimlari, talabalarining muhokama va ma’ruzalarini tinglash mumkin bo‘ladi.

Festival onlayn translyatsiyasi uchun roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling.
___
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
Turk dunyosi universitetlari ittifoqiga O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi a’zo bo‘ldi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida joylashgan Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida Turkiy kengash Turk dunyosi universitetlari ittifoqining V Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Vengriyadagi 32 ta oliy o‘quv maskani rektorlari, olimlar va talabalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, diplomatlar, ekspertlar, jamoat va madaniyat arboblari ishtirok etdi.

Anjumanda "O‘rxon" mobillik dasturi masalalari va uni rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlar muhokama qilindi. A’zo universitetlar tomonidan dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida hisobot berildi. Bundan tashqari, 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

V Bosh Assambleyada Turk dunyosi universitetlari ittifoqiga bir qator universitetlar a’zo bo‘ldi. Jumladan, O‘zbekistondan – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Qo‘qon universiteti.

Eslatib o‘tamiz, Turk dunyosi universitetlari ittifoqi kengashi 2013-yilda tashkil etilgan. Hozirda Ittifoqning Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Vengriyadan 40 dan ortiq a’zosi bor.
___
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
👍3😱1
#Vazir_qabuli

Vazirning navbatdagi qabuli: fuqarolarning muammolari tizimli hal qilinmoqda