Edu.uz
179K subscribers
35.8K photos
6.83K videos
269 files
16.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Rossiyada tahsil olayotgan talabalar vakillari bilan uchrashdi

Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigirma ikkinchi yigʻilishi munosabati bilan vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida boʻlib turibdi.

Tashrif davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Oʻzbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botirjon Asadov bilan birgalikda Moskvadagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda Rossiyada tahsil olayotgan eng faol talabalar vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar mamlakatimizda va chet elda taʼlim olish imkoniyatini berish, iqtidorli kadrlarni ichki iqtisodiyotga jalb qilish maqsadida ish bilan taʼminlashning shaffof mexanizmlarini joriy etish jarayoni haqidagi maʼlumot bilan ham tanishtirildi.

Uchrashuv koʻtarinki ruhda oʻtdi. Vazir talabalarning hayoti, qiziqishlari va yashash sharoitlariga alohida eʼtibor qaratdi. Jumladan, talabalarning Rossiya taʼlim muassasa va idoralarida diplom oldi amaliyotlarini oʻtashdagi muammolarni ham Elchi, ham talaba-yoshlar bugungi kunda eng dolzarb masala sifatida fikr bildirildi.

Shu kunning oʻzida vazir A.Toshqulov tomonidan ushbu muammo rasmiylar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda dolzarb masala sifatida koʻtarilib, masʼullar tomonidan tez orada oʻz yechimini topishi taʼkidlandi.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Rossiya oliy oʻquv yurtlarida qariyb 43 ming Oʻzbekiston fuqarolari tahsil olmoqda.
__
👉 @eduuz
👍1
#Foydali

🔰Ma’lumki, Prezidentning PQ-4910-son qaroriga muvofiq 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab, akademik litseylarga kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar majmuasida ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fandan tashqari o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test topshiriqlari ham mavjud.

✔️Quyida IQ ni aniqlash bo‘yicha test savollari tayyorlanadigan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishing:

➡️ Drujinin V.N. Психология общих способностей. 3-е изд. - СПб.: Питер, 2007.

➡️ Ayzenk G. Новые IQ тесты. - М.: Изд-во Эксмо, 2003.

➡️ Ayzenk G. Классические IQ тесты. Перевод с англ. К.Савельева. Москва: Изд-во Эксмо, 2011.

➡️ Muxordova O.Ye., Шрейбер Т.В. Прогрессивные матрицы Равена: методические рекомендации. – Ижевск: Изд-во «Удмуртский университет», 2011.

➡️ Simon Martin. IQ: развитие интеллекта и подготовка к тестам: Пер. с нем. - СПб.: БХВ-Петербург, 2010.

➡️ www.testoteka.narod.ru

➡️
www.amthauer-ist.com/ru

➡️
www.treningmozga.com

👉 Namunaviy test topshiriqlari
🤔1
#Xalqaro_hamkorlik

Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri bilan oliy ta’limdagi masalalar muhokama qilindi
Xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigirma ikkinchi yigʻilishi munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Moskva shahrida boʻlib turibdi.

Tashrif dasturi doirasida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirokida turli uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov bilan Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida ikki tomon ham fan va ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar, soha istiqbollari haqida soʻz yuritishdi. Jumladan, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallari ochilishi va faoliyat yuritishining konseptual masalalari, ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorlik va bugungi kun sharoitida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari hamkorligining innovatsion mexanizmlari muhokama qilindi.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallarining soni 15 taga yetdi. Bundan tashqari, Rossiyaning 48 ta oliy oʻquv yurtlari bilan respublikamizning 31 ta oliy oʻquv yurtlarida qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash amalga oshirilmoqda.

На русском 👈

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talabaga_yengillik

Toshkent shahridagi Inha universiteti TTJ (talabalar turar joyi)da yashovchi talabalari uchun bepul avtobus

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalar uchun birinchi marta TTJ va universitet yoʻnalishi boʻyicha bepul transport yo‘lga qo‘ydi.

Yotoqxonada yashovchi barcha talabalar uchun avtobus har kuni ertalab va kechqurun yoʻlga tushadi.

Free shuttle bus for IUT students living in the dormitory

For the first time Inha University in Tashkent has launched a free transfer for students on the route from the dormitory to Inha University in Tashkent.

The bus will run daily in the morning and in the evening for all the students living in the dormitory.

Бесплатный автобус для студентов УИТ, проживающих в общежитии

Университет Инха в Ташкенте впервые запустил бесплатный трансфер для студентов по маршруту общежитие - Университет Инха в Ташкенте - общежитие.

Автобус будет ходить ежедневно утром и вечером для всех желающих студентов, проживающих в общежитии.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy

❗️Aziz talaba-qizlar, opa-singillar!

Agar siz ta’lim olayotgan yoki mehnat qilayotgan oliygoh, professional ta’lim muassasasida sizga nisbatan biron-bir koʻrinishda tegajogʻlik, tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etilgan boʻlsa, yoxud ana shunday nojoʻya xatti- harakatlar tahdidi ostida boʻlsangiz yoki guvohi boʻlgan boʻlsangiz, hech ikkilanmay Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 1006 ishonch telefoniga yoki @himoya_otv_bot ga murojaat qiling!

Shaxsingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizga zarur boʻlgan barcha yordam koʻrsatiladi, nojoʻya xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik, sodir etilgan har bir holat boʻyicha qat’iy choralar koʻrilishi ta’minlanadi.

Oliy, oʻrta maxsus va professional ta’lim tizimida sogʻlom ma’naviy muhitni shakllantirish, muhtarama ayollarimizning, aziz opa-singillarimizning sha’ni, qadr-qimmati, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vazirligimiz uchun ustuvor ahamiyatga egadir.

👉 @eduuz
👍1
#Расмий

❗️Азиз талаба-қизлар, опа-сингиллар!

Агар сиз таълим олаётган ёки меҳнат қилаётган олийгоҳ, профессионал таълим муассасасида сизга нисбатан бирон-бир кўринишда тегажоғлик, тазйиқ ёки зўравонлик содир этилган бўлса, ёхуд ана шундай ножўя хатти- ҳаракатлар таҳдиди остида бўлсангиз ёки гувоҳи бўлган бўлсангиз, ҳеч иккиланмай Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 1006 ишонч телефонига ёки @himoya_otv_bot га мурожаат қилинг!

Шахсингиз ва шахсий маълумотларингиз сир сақланиши кафолатланади. Сизга зарур бўлган барча ёрдам кўрсатилади, ножўя хатти-ҳаракатларга йўл қўймаслик, содир этилган ҳар бир ҳолат бўйича қатъий чоралар кўрилиши таъминланади.

Олий, ўрта махсус ва профессионал таълим тизимида соғлом маънавий муҳитни шакллантириш, муҳтарама аёлларимизнинг, азиз опа-сингилларимизнинг шаъни, қадр-қиммати, ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш вазирлигимиз учун устувор аҳамиятга эгадир.

👉 @eduuz
#Официально

❗️Дорогие студентки, дорогие сестры!

Если вы подверглись какой-либо форме домогательства, давления или насилия в отношении себя в университете или профессионально-техническом учреждении, где вы учитесь или работаете, или если вы находитесь под подобной угрозой или вы стали свидетелем таких действий, обратитесь незамедлительно по горячей линии (1006) Министерства высшего и среднего специального образования или в бот @himoya_otv_bot.

Будет гарантирована конфиденциальность вашей личности и вся ваша личная информация. Вам будет оказана вся необходимая помощь. Будут обеспечены жесткие меры по предотвращению подобных действий, а каждый совершенный случай будет пресечен.

Формирование здоровой духовной среды в системе высшего, среднего специального и профессионального образования, защита чести и достоинства, прав и законных интересов наших уважаемых женщин и дорогих сестер является приоритетной задачей нашего Министерства.

👉 @eduuz
#Rasmiy_bayonot

Toshkent davlat texnika universitetida joylashgan oshxonada sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan

Joriy yilning 28-oktabr kuni soat 13:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasi TDTU hududida joylashgan yengil konstruksiyalar bilan qurilgan xususiy mulkdor foydalanishidagi oshxonada yong‘in kelib chiqdi.

Mazkur holat haqida universitet masʼullari tomonidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berildi.

Jalb etilgan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib kelgan holda qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etdi.

Sodir bo‘lgan yong‘in universitetning o‘quv binolari va moddiy-texnik bazasiga hech qanday zarar keltirmagan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eduuz_tavsiya_etadi

​​❗️Talabani muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi omillar

💡Universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlarni muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab omillar mavjud. Ularning ba’zilari tashqi (talabaga bog‘liq bo‘lmagan) omillar bo‘lsa, aksariyati esa ichki (talabaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan) sabablarga borib taqaladi. Ammo bu omillarning ham oldini olish imkoni bor. Kuzatuvlarga ko‘ra, quyidagi eng ko‘p tarqalgan sabablar talabani muvaffaqiyatsizlikka muqarrar olib keladi:

1. Bugungi ishni keyinga surish odati. Ekspertlar buni prokrastinatsiya deb ataydi. Talabaning dangasaligi va vazifalariga “xotirjam” munosabati ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi.

2. Fikrning bir joyga jamlanmaganligi (fokusning yo‘qligi). Talaba diqqatini o‘qishga qarata olmagani, ijtimoiy tarmoqlarga haddan ziyod berilishi o‘qish va o‘z ustida izlanishiga to‘siq bo‘ladi.

3. Vaqtini oqilona boshqara olmaslik (vaqt menejmenti). Boy berilgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi. Hayotda va o‘qishda ustuvor vazifalarni tartibga sola olmaslik, kunini to‘g‘ri rejalashtira olmaslik ko‘plab kichik mag‘lubiyatlarga olib keladi.

4. Qat’iyatlilikning yetishmasligi. Vaqtinchalik qiyinchilik va to‘siqlar oldida chekinmaslik, oq‘ish va hayot yo‘lida ishtiyoqni pasaytirmaslik muvaffaqiyatlarga erishishning ilk qadamlari sanaladi.

5. Salbiy munosabat. Hayotga, o‘qishga va atrofdagi muhitga pessimistik munosabatda bo‘lish talaba uchun juda zararli. Esda tutish kerakki, pessimistik munosabat borgan sari insonning ikkinchi tabiatiga aylanib qolishi mumkin.

6. O‘ziga nisbatan ishonchsizlik. Ko‘plab talabalar o‘z salohiyat va imkoniyatlariga ishonmaydilar. Bu ularning psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Muvaffaqiyat sari ilk qadam o‘ziga ishonch bilan boshlanadi.

7. O‘ziga haddan ziyod ishonish. O‘ziga nisbatan ishonchsizlik muvaffaqiyatsizlikka olib kelganiday, o‘ziga haddan ziyod ishonish, kibr qilish ham talabaning psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kibr tufayli talaba o‘z kamchiliklarini ko‘rmay, ustida izlanmay qo‘yadi. Vaqt o‘tib, bir kun bu kamchiliklar unga pand beradi. Shu ikki holat (o‘ziga ishonmaslik va kibr) o‘rtasida muvozanat topish va saqlash – talabaning eng katta vazifalaridan biri sanaladi.

8. Kreativ va tahliliy fikrlay olmaslik. Kreativ fikrlaydigan talaba innovatsiyalarga moyil bo‘ladi, har safar oldida turgan vazifalarga yangicha nigoh bilan qaraydi.

9. Kitob o‘qimaslik. Talabaning har bir kuni bilim va yangiliklarni olishga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak. O‘qiganda ham tartib va intizom bilan o‘qish kerak. Bilimsizlik juda ko‘p muammolarni keltiradi. Ilmdan o‘zga najot yo‘qligi – bu mumtoz haqiqat.

10. Befarqlik kayfiyati. Eng yomon dunyoqarash – bu befarqlik. Ko‘plab talabalar o‘qish, izlanish, o‘z ustida muntazam ishlash naqadar muhimligini anglamaydi. Ekspertlar befarqlikni hatto psixologik hastalik deb ham atashadi.

Aziz talabalar, yuqorida keltirilgan ushbu keng tarqalgan illat va kamchiliklarga nisbatan ogoh bo‘ling. Hozirdan ularga qarshi qat’iy kurashing. Muvaffaqiyat ham, muvaffaqiyatsizlik ham faqatgina o‘zingizning qo‘lingizda.

Yuqorida keltirilgan sabab va omillarga qarshi kurashishingizda omadlar tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
#Bilasizmi?

☝️ Fuqarolarning 26 yoshga to‘lmagan farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishi uchun yo‘naltiriladigan daromad summalari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilingan.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tyutorlar_haqida

Eslatma!

🔸Xabaringiz bor, Hukumatimizning qarori bilan joriy o’quv yilidan boshlab barcha oliy ta'lim muassasalarida “tyutor” lavozimi kiritilgan edi.

✔️ Bugungi kundalik ta’lim leksikonimizda “tyutor” tushunchasi keng qo’llanilar ekan, uning mazmun-mohiyati nimadan iborat ekanligi barcha talaba-yoshlarni qiziqtiradi.

🔰Shu bois, “tyutor” tushunchasi toʻgʻrisida Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov ma’lumot berdi.

Batafsil: 👉 https://yuz.uz/uz/news/yuksak-masuliyat-egalari--tyutorlar-haqida

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Xalqaro kuzatuvchidan master-klass

Yurtimizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Pokiston Fanlar akademiyasi akademigi Muhammad Qosim Jon Geologiya fanlari universiteti professor-o‘qituvchilari va magistrlari uchun “Yerning rivojlanish tarixi va foydali qazilma konlarini qidirishda mobilistik yondashuvlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.

Men yurtingizga birinchi marotaba tashrif buyurishim, ammo xalqaro ilmiy anjumanlarda, turli tadbirlarda mamlakatingizdan tashrif buyurgan olimlar, fan doktorlari, sohamiz vakillari bilan ko‘p bora uchrashganman. Ular bilan qizg‘in munozarali suhbatlar o‘tkazilgan. Mana endi Prezident saylovi munosabati bilan yurtingizni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishga muyassar bo‘ldim. Mamlakatingizning so‘lim tabiati, samimiy insonlari menda katta taassurot qoldirdi, − deydi Muhammad Qosim Jon.

👉 Batafsil 👈

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube