Edu.uz
158K subscribers
18.1K photos
3.88K videos
231 files
11.5K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Kvota_kollej_2021

🔰Kollejlarga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi

🔸Kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi respublika bo‘yicha jami 7 775 nafar etib belgilandi.

🔹Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

‼️Kollejlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar https://kollej.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kvota_kollej_2021

Kollejlarga DUAL ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi

Dual ta’lim shakliga qabul kvotasi respublika bo‘yicha jami 4 595 nafar etib belgilandi.

Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

‼️Kollejlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar https://kollej.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijara_tolovi

Uy egasi va talaba o‘rtasida ijara shartnomasi qanday tuziladi?

▪️Ijara to'lovining 50 foizi to'lab berilishini so‘ragan talaba o'zi o‘qiyotgan OTMga ijara shartnomasi va shartnoma soliq organida hisobga qo‘yilgani haqida bildirishnomani olib borishi kerak.

© Xpress.uz
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Munosabat

EZGULIK VA BAXTGA OSHYON VATAN

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”
degan ezgu da’vat, ulug‘ maqsadga yo‘g‘rilgan shodiyonalar barchamizning qalbimizga g‘urur-iftixor bag‘ishlamoqda.

Muzaffar KOMILOV,
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori

👉Batafsil
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
YILLIK TO'LOV-KONTRAKT.pdf
870.9 KB
⚡️⚡️DIQQAT MUHIM YANGILIK!!!

📌 Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan pandemiya sharoitida respublika aholisining toʻlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

✔️ Bunda, oliy ta’lim muassasalarining KUNDUZGI ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a file
Taqqoslama jadval_2021-2022.pdf
666.2 KB
⚡️⚡️⚡️DIQQAT MUHIM!!!

📌Davlat oliy ta’lim muassasalarida 2021/2022-oʻquv yili uchun KUNDUZgi ta’lim shaklida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bir talabani bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlarining TAQQOSLASH JADVALI ilova qilinmoqda.

✔️Bunda siz joriy yil uchun belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini 2020/2021-oʻquv yili bilan solishtirish imkoniga ega boʻlasiz.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 45 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 45 дней.

👉🏻Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter
Xalqaro kongress markazida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X syezdi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qilmoqda.

Oliy ta’limdagi o‘zgarishlar rejasi haqida:

– oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkaziladi;

– 2026-yilga qadar kamida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritiladi;

– davlat oliygohlari bosqichma-bosqich mehnatga haq to‘lash, xodimlar soni, to‘lov-kontrakt miqdori va ta’lim shaklini mustaqil belgilaydi. Ularning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida ijtimoiy soliq stavkasi amaldagi 25 foizdan 12 foizga tushiriladi, bo‘shagan mablag‘lar ta’lim muassasalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan:

– xususiy oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalarga ham 7 yillik ta’lim kreditini olish tartibi joriy etiladi;

– talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi;

– oliy ta’limda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi;

doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablagʻlari hisobidan toʻlov-grant asosida joriy etiladi;

11 ta tibbiyot oliygohi transformatsiya qilinib, ularning qoshida klinikalar tashkil etiladi;

– ehtiyojmand oilalarning qizlari uchun oliy taʼlim grantlari yildan yilga oshirib boriladi va 2026-yilda 6 mingga yetkaziladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube