Edu.uz
✔
144K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
TDAU professor-o‘qituvchilari va talabalari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganmoqda

Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Toshkent viloyatida ijtimoiy soha, energetika va muhim infratuzilma obyektlarining 2026/2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish jarayonlarida ishtirok etmoqda. Talabalar Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlaridagi energetika sohasi, ijtimoiy soha hamda muhim infratuzilma obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganishmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224520

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Strategik rejalashtirish: tahlildan aniq qarorgacha

Prezidentimiz tashabbusi bilan vazirlik va idoralarda strategik rejalashtirish bo‘linmalari, mahalliy hokimliklarda esa axborot-tahlil bo‘limlari tashkil etilgan.

Bugungi kunda mazkur bo‘linmalar strategik hujjatlarni ishlab chiqish, ularni muvofiqlashtirish, ijrosini monitoring qilish hamda natijalarni tahlil etish bilan shug‘ullanmoqda.

Videorolikda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi misolida strategik hujjatlarning shakllantirilishi, ularning ijrosi monitoringi, asosiy ko‘rsatkichlar tahlili va tahliliy ma’lumotlarning strategik qarorlarni ishlab chiqishga aylantirilishi aks etgan.

Raqamlarda: 3 ta tayyor strategik hujjat, 3 ta ishlab chiqilayotgan hujjat, 37 ta ko‘rsatkich va 6 ta raqamli platforma.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍4🔥2👏2🤔1
Bir orzu — bir imkoniyat — katta natija!
 
Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ularning bilim va salohiyatini roʻyobga chiqarish, katta maqsadlar sari intilishini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
 
23-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi doirasida faollar bilan uchrashuvda ham yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning orzu va maqsadlarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratildi.

 
Ana shunday imkoniyatlardan biri Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani Toʻptik MFYda yashovchi, 48-umumtaʼlim maktabining 11-sinfida tahsil olayotgan Marjona Adhamjonova uchun ham katta ragʻbat boʻldi.
 
Marjona maktabdagi oʻqishi bilan bir qatorda xorijiy tillarni oʻrganishga jiddiy eʼtibor qaratib kelmoqda. U ingliz tili hamda ona tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikatlarga ega. Ayni paytda u kelgusi yilda oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻlish maqsadida tayyorgarlik koʻrmoqda.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari Komiljon Komilov, Oltinkoʻl tumani hokimi Otavuolloxon Rasulov hamda Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, “Nuroniy” uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi rahbari Oʻktamjon Oxunov Marjonaning xonadonida boʻlib, uni ushbu quvonchli voqea bilan tabrikladi.

 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224776

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤17👍4😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik #KuzQishMavsumi

NamDTUda zamonaviy individual issiqlik punktlari o‘rnatildi


Namangan davlat texnika universitetida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida muhandislik infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, universitetning 3 ta o‘quv binosi va talabalar turar joyiga zamonaviy individual issiqlik punktlari (ITP) o‘rnatildi.
Mazkur tizim issiqlik ta’minotini avtomatik boshqarish, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda binolarda barqaror haroratni saqlash imkonini beradi. Amalga oshirilayotgan ishlar ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish va qish mavsumida qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤17👍6🔥3😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Eng hurmatli inson muallimdir” — Ta’lim tizimida amalga oshirilgan tarixiy islohotlar

Soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ta'lim sohasida tarixiy islohotlar amalga oshirildi. Eng muhim oʻzgarishlar va raqamlarni eslatamiz.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
👍34❤9👏6😁6😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim tarixi muzeyidamiz

Yoshlik talabalar shaharchasi hokimligi binosida Oliy ta’lim tarixi muzeyi ochilganidan xabaringiz bormi? Butun tarix moʻjazgina muzeyda 17 stend ketma-ketligi orqali hikoya qilinadi.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6😱4👏1
♟ TARIXIY G‘ALABA MUBORAK!

🇺🇿 O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi!

Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida terma jamoamiz muddatidan oldin chempionlikni naqd qildi va 4 yil ichida ikkinchi bor Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi!

Musobaqada Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda Muhiddin Madaminovlar jahonning eng kuchli terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi. Jamoa sardori — Rustam Qosimjonov.

Vakillarimiz ketma-ket uchta Olimpiadaning barchasida shohsupaga ko‘tarilib, tengsiz natija qayd etmoqda:

🥇 2022-yil, Chennay — Oltin
🥉 2024-yil, Budapesht — Bronza
🥇 2026-yil, Samarqand — Oltin

Tarixiy g‘alaba bilan butun xalqimizni samimiy muborakbod etamiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤84👍61🔥28🎉18😱2
27-sentabr – Butunjahon turizm kuni

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi.

Davlatimiz rahbari “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etish taklifni berdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍6🔥4😁2
«Antinarko» — narkojinoyatlar haqida yagona rasmiy manba

Joriy yilning 8 oyida O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 12 104 ta jinoyat aniqlangan. Bu — kuniga o‘rtacha 50 ga yaqin holat degani.

⚡️ Endilikda narkojinoyatlarga oid tezkor va ishonchli ma’lumotlarni bir joydan olish mumkin.
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda

🕊 «Antinarko» Telegram-kanalini ishga tushirdi.

Kanal orqali:
➡️ tezkor tadbirlar va aniqlangan narkojinoyatlar;
➡️ ularning tafsilotlari;
➡️ giyohvandlikka qarshi profilaktik va targ‘ibot materiallari muntazam e’lon qilib boriladi.


«Antinarko» — tezkor, ishonchli va rasmiy axborot manbai.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

🎓 GRANT VA KONTRAKT: ASOSIY FARQ NIMADA?

❓Grant va kontraktning farqi nimada?

❓Demak, grantda o‘qish kontraktga qaraganda boshqa ta’limni anglatadimi?

❓Grantga kirgan talaba 4 yil davomida avtomatik ravishda grantda qoladimi?

❓2-kursdan grantga kimlar da’vogarlik qilishi mumkin?

❓Grant faqat bitta ko‘rinishda bo‘ladimi?

❓To‘liq grant olgan talaba stipendiya ham oladimi?

❓Grantda o‘qigan talaba o‘qishni tugatgach, 3 yil ishlab berishi shartmi?

🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring

Matnli o‘qish

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤14👍3🔥3👏1
#raqamlashtirish

💻 STAT.EDU.UZ — oliy va kasbiy ta’lim bo‘yicha asosiy statistik maʼlumotlar manbayi

❓ Yurtimizda nechta oliygoh bor? Talabalar soni qancha? Professor-o‘qituvchilar-chi? Talaba qizlar ko‘pmi yoki yigitlar?


✅Bu kabi savollarning barchasiga javobni STAT.EDU.UZ orqali toping!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
Toshkentda xalqaro kasbiy mahorat tanlovining Markaziy Osiyo bosqichi o‘tkazildi

Toshkent shahrida “World Vocational College Skills Competition – 2026” — Butunjahon injener-texnik va professional ta’lim muassasalari ko‘nikmalar tanlovining Markaziy Osiyo mintaqasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🌏 Ikki kun davom etgan tanlovda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 96 nafar talaba 24 ta jamoa tarkibida ishtirok etdi.
Yoshlar:
🔹 intellektual logistika va ta’minot zanjiri;
🔹 sun’iy intellekt, IT va robototexnika
yo‘nalishlarida o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Ishtirokchilar real kasbiy vazifalarga yaqinlashtirilgan amaliy topshiriqlarni bajarib, zamonaviy texnologiyalar asosida yechimlar ishlab chiqishdi hamda innovatsion loyihalarini ekspertlar oldida himoya qildi.

🏆 Tanlov yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Toshkent davlat transport universiteti;
🥈 2-o‘rin — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
🥉 3-o‘rin — Qirg‘iz davlat universiteti hamda Samarqand xalqaro kolleji.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/225043

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤9