Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri tumanlarini rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

#Mirziyoyev #videoselektor #Toshkent #Olmazor

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍6😁1
TDTUda 5G texnologiyalari boʻyicha xalqaro amaliy mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyilmoqda
 
Oʻzbekistonda ilk bor Toshkent davlat transport universitetida Xitoyning Automobile Engineering Professional College va Xinyada Information Technology kompaniyasi muhandislik-texnik jamoasi bilan hamkorlikda 5G texnologiyalari boʻyicha workshop tashkil etilmoqda.
 
Qariyb 1,5 yillik tayyorgarlik natijasida amalga oshirilayotgan loyiha xalqaro grant mablagʻlari asosida yangi avlod aloqa texnologiyalari, radioelektronika va telekommunikatsiya sohalari uchun zamonaviy oʻquv-amaliy muhit yaratishga qaratilgan.
 
Workshop doirasida talabalar ikki asosiy yoʻnalish — 5G baza stansiyalarini qurish va texnik xizmat koʻrsatish, shuningdek 5G tarmoqlarini optimallashtirish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻladilar. Mashgʻulotlarda virtual simulyatsiya platformalaridan ham foydalaniladi.
 
Loyiha doirasida “Luban — Mo-szы” xalqaro hamkorlik formati asosida xitoy va ingliz tillaridagi virtual simulyatsiya platformalari, ikki tilli oʻquv materiallari hamda raqamli taʼlim resurslari joriy etiladi.
 
Shuningdek, TDTU professor-oʻqituvchilari uchun 144 soatlik maxsus malaka oshirish dasturi tashkil etilib, ular 5G texnologiyalari va zamonaviy oʻqitish metodikalarini oʻzlashtiradilar.

 
Loyiha doirasida yaratilgan texnik jihozlar, kompyuter tizimlari va virtual platformalar universitetda doimiy foydalanish uchun qoladi. Bu esa 5G texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash uchun TDTUda uzoq muddatli oʻquv-amaliy bazani shakllantirish imkonini beradi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #Olmazor #talabalar #taqdimot

Prezident Shavkat Mirziyoyevga talabalar shaharchasidagi yangi raqamli xavfsizlik tizimi taqdim etildi

 
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish chogʻida talabalar shaharchasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan yangi raqamli tizim bilan tanishdi.
 
Talabalar shaharchasida tashkil etilgan vaziyatlar markazi orqali hududdagi holatni real vaqt rejimida kuzatish, turli maʼlumotlarni yagona tizimda jamlash va tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratildi.
 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/218393

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SoglomHayot #NarkotiklargaQarshimiz

Giyohvandlik organizmni yemiradi

⚠️ Bir lahzalik “zavq” — salomatlik va kelajak evaziga bo‘lmasin. Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom kelajak uchun kurash!


Batafsil...

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #Olmazor #talabalar #taqdimot

«Startap navigator» — yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun yangi platforma

Prezident Shavkat Mirziyoevning poytaxtimizdagi tashrifi doirasida talabalar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan «Startap navigator» ofisi faoliyati bilan ham tanishildi.

Hokimlik binosida tashkil etilgan mazkur ofis talabalarning innovatsion gʻoyalarini saralash, ularni rivojlantirish va davlat tomonidan eʼlon qilinayotgan tanlov hamda akseleratsiya dasturlariga yoʻnaltirishga xizmat qiladi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/218396

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍1
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi.

Unda «Izlanish» klubi a’zolari va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar ishtirok etib, jurnalistika, axborot bilan ishlash va ijodiy yondashuv haqida fikr almashdilar.

Yakunda «Ijodkorlar seminari» va yosh ijodkorlar uchun media platforma tashkil etish takliflari ilgari surildi.

#JDPU_IjodkorYoshlar_MahoratDarsi

Batafsil


👉 На Русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍2😁1