Edu.uz
169K subscribers
36.2K photos
7K videos
303 files
17.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #live #Ijodiy_imtihon #Qabul2026

📢 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda


Ayni kunlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

📅 16-iyul kuni kasbiy imtihonlar 15ta oliy ta’lim tashkilotida belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.

Imtihon jarayonlarini imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda kuzatib borish mumkin.

▪️Andijon davlat universiteti

▪️Jizzax davlat pedagogika universiteti

▪️Namangan davlat texnika universiteti

▪️Namangan davlat universiteti

▪️O‘zbekiston Milliy universiteti

▪️Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

▪️Qarshi davlat universiteti

▪️Qo‘qon davlat universiteti

▪️Qoraqalpoq davlat universiteti

▪️Samarqand davlat texnika universiteti

▪️Samarqand davlat pedagogika instituti

▪️Shahrisabz davlat pedagogika instituti

▪️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

▪️Toshkent kimyo-texnologiya instituti

▪️Urganch davlat universiteti


🎓 Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7🔥3👍2🥰1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abituriyent #Qabul2026

Yo‘l muhandisligi (Ko‘priklar va tonnellar) — xalqlar va qit’alarni bog‘lovchi muhandislik san’ati

BIM texnologiyalari yordamida 3D loyihalar yaratish, asrning yirik megaloyihalarini boshqarish hamda yuqori daromadli kasb egasi bo‘lishga qiziqasizmi? Unda bu yo‘nalish aynan siz uchun!

Toshkent davlat transport universiteti sizni 60730500 - “Yo‘l muhandisligi (Ko‘priklar va tunnellar)” ta’lim yo‘nalishiga taklif etadi!

🎓 Zamonaviy bilimlarni egallang, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yetuk mutaxassisga va asrlar davomida xalqqa xizmat qiladigan ulug‘vor inshootlar muallifiga aylaning.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
18🔥4😁2👏1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bolib otmoqda.

Unda:
Yurtimizda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingan. Shu asosda barcha sohalardagi islohotlar natijasi, avvalo, mahallada va odamlarning kayfiyatida namoyon bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Xalqimiz qadimdan kunni obodonchilikdan boshlagani, ozodalik va saranjomlik bor joyda fayz-u baraka bo‘lishi qayd etildi.

Joriy yil Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanadi. Eng ulug‘, eng aziz bayramni mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilindi.

Har bir viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari va viloyat tashkilotlari rahbarlari bittadan tumanni, tumanlardagi mas’ullar esa bittadan mahallani olib, bir oy davomida ozodalik va obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkil etadi.

Mahallada obodonchilik ishlarini tashkil etish bo‘yicha Bosh vazir boshchiligida respublika shtabi tuziladi. Hududiy shtablarga hokimlar rahbarlik qiladi. Bu ishlar bir oylik aksiya emas, balki yil bo‘yi ishlaydigan umummilliy harakatga aylantirilishi zarurligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍2👏1
#Bitiruvchi_2026

🎓Bitiruvchi–2026: Oliy ta’lim tashkilotlarida tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

🏛Oliy ta’lim tashkilotlarida bitiruvchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Quyida shu kabi tadbirlardan ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin:

⚫️Nukus davlat texnika universiteti;

⚫️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

⚫️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;

⚫️Milliy estrada san‘ati instituti;

⚫️О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

⚫️Jizzax politexnika instituti;

⚫️Buxoro davlat pedagogika instituti;

⚫️Namangan davlat chet tillari instituti;

⚫️Andijon davlat texnika instituti;

⚫️Urganch davlat pedagogika instituti;

⚫️Urganch davlat tibbiyot instituti:

⚫️Ranch universiteti:

⚫️Buxoro davlat pedagogika instituti;

⚫️Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;

⚫️Navoiy davlat universiteti;

⚫️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

⚫️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🎉1
O‘zbekistondagi eng katta yoshlar ekologik harakati “Yashil qo‘llar” jamoasiga qo‘shiling

Yashil qo‘llar – yoshlar orasida ekologik madaniyatni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ijtimoiy loyiha. Loyiha ko‘ngillilarni birlashtirib, ekologik aksiyalar, ta’limiy tadbirlar va jamoatchilik tashabbuslari orqali tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishni maqsad qilgan.


📌 Hozirda hashar va boshqa ekologik tadbirlarni tashkil etish, volontyorlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun koordinatorlar, shuningdek, tadbirlarni foto, video va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish uchun Media jamoasi a’zolarini qidirmoqdamiz.

Nega aynan “Yashil qo‘llar”?
• Ekologik loyihalarda ishtirok etish.
• Faol yoshlar bilan networking.
• Trening va rivojlanish imkoniyatlari.
• Sertifikat va amaliy tajriba.
• Atrof-muhitni asrashga hissa qo'shish.
• O'z g'oyalaringizni amalga oshirish imkoniyati.


🚀 Siz ham ekologik o‘zgarishning bir qismiga aylaning va “Yashil qo‘llar” oilasiga qo‘shiling!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: [havola].
📩 Savollar: @yashilqollar_admin.
🗓 Oxirgi muddat: 20-iyul.

🇺🇿 Respublika bo‘ylab faol va tashabbuskor ko‘ngilli yoshlarni qidirmoqdamiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍62🤩2👏1
#XorijiyAtama #MilliyMuqobil

O‘zbek tilida yangi so‘z va atamalar rasmiy muomalaga kiritildi


O‘zbek tilining zamonaviy rivojlanishini ta’minlash, uning ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yangi so‘z va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid xorijiy o‘zlashmalarning o‘zbek tili qoida va me’yorlariga mos milliy muqobillari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tavsiya etildi.

Mazkur tashabbus:
⚫️ o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish;
⚫️ terminologik tizimni milliylashtirish;
⚫️ atamalarning yagona me’yor asosida qo‘llanishini ta’minlash;
⚫️davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁11👍43🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul tartibi tasdiqlandi


Adliya vazirligi tomonidan davlat oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlarini tayyorlashga qaratilgan “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul qilish tartibi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Asosiy talablar:
Nomzodlar 30 yoshga to‘lgan, magistr darajasiga ega bo‘lishi;
Oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi, shundan 2 yil rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi lozim;
Qabul bepul va ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
Yillik qabul kvotasi — 80 nafar.

Batafsil videoda 👆

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1😁118🔥3🤩2
#Qabul2026 #Abituriyent2026
#natija_2026

IKKINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI


📆 2026-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi muassisligida “International Journal of Justice” xalqaro ilmiy jurnali ta’sis etildi

📚Endilikda professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar va huquqshunoslar o‘z ilmiy maqolalarini xalqaro akademik maydonga olib chiqish, xorijiy olimlar bilan ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy huquqiy tadqiqotlar natijalarini jahon ilmiy hamjamiyatiga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🔄 International Journal of Justice — bu dunyo ilm-fani va milliy huquqiy tajribani uyg‘unlashtiruvchi, ilg‘or ilmiy g‘oyalar almashinuvi, xalqaro hamkorlik va innovatsion tadqiqotlar uchun yangi akademik platformadir.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍3🔥2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Future100 #StartX #SiliconValley

“Future 100” dasturi: StartX’da Silikon vodiysining startup ekotizimi o‘rganildi


“Future 100” dasturi doirasida AQSHning Silikon vodiysida stajirovka o‘tayotgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari hamda yosh muhandis olimlar dunyodagi yetakchi startup akseleratorlaridan biri — StartX faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/194565

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍3
#dayjest #live #Qabul2026

❗️Bugundan 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi

Test sinovlari respublika bo‘ylab belgilangan hududlarda tashkil etilib, ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilda jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi.

Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar (2025-yilda 361 019 nafar), 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar (2025-yilda 310 378) tashkil etadi.


Test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafar.

Jizzax politexnika instituti;
Buxoro davlat universiteti;
Namangan davlat texnika universiteti;
Samarqand davlat texnika universiteti;
Farg‘ona davlat universiteti;
Qoʻqon davlat universiteti;
Guliston davlat universiteti;
Namangan davlat pedagogika instituti;
Urganch davlat universiteti:


🎓 Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

Test sinovi jarayoni test2026.uz sayti orqali onlayn translatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, har bir abituriyent imtihon kuni, vaqti hamda manzili haqidagi ma’lumotni my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17🔥2👏2🤔2😁1