Edu.uz
169K subscribers
36.2K photos
7K videos
304 files
17.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#sarhisob_murojaat
#infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2026-yil 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/sections/view/194169

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IOI2026 #Uzbekistan

Yana bir tarixiy voqea: O'zbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekistonda ilk marta 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi – maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir.

📈 Raqamlarda:

➡️ 97+ davlatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro'yxatdan o‘tdi;
➡️ Delegatlar, hakamlar va kuzatuvchilar soni 900 nafardan oshdi.

2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor!

🔜 9-16-avgust kunlari.
📍CAEx ko‘rgazmalar markazi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13
#dayjest #live #Ijodiy_imtihon #Qabul2026

📢 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda


Ayni kunlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

📅 16-iyul kuni kasbiy imtihonlar 15ta oliy ta’lim tashkilotida belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.

Imtihon jarayonlarini imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda kuzatib borish mumkin.

▪️Andijon davlat universiteti

▪️Jizzax davlat pedagogika universiteti

▪️Namangan davlat texnika universiteti

▪️Namangan davlat universiteti

▪️O‘zbekiston Milliy universiteti

▪️Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

▪️Qarshi davlat universiteti

▪️Qo‘qon davlat universiteti

▪️Qoraqalpoq davlat universiteti

▪️Samarqand davlat texnika universiteti

▪️Samarqand davlat pedagogika instituti

▪️Shahrisabz davlat pedagogika instituti

▪️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

▪️Toshkent kimyo-texnologiya instituti

▪️Urganch davlat universiteti


🎓 Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7🔥3👍2🥰1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abituriyent #Qabul2026

Yo‘l muhandisligi (Ko‘priklar va tonnellar) — xalqlar va qit’alarni bog‘lovchi muhandislik san’ati

BIM texnologiyalari yordamida 3D loyihalar yaratish, asrning yirik megaloyihalarini boshqarish hamda yuqori daromadli kasb egasi bo‘lishga qiziqasizmi? Unda bu yo‘nalish aynan siz uchun!

Toshkent davlat transport universiteti sizni 60730500 - “Yo‘l muhandisligi (Ko‘priklar va tunnellar)” ta’lim yo‘nalishiga taklif etadi!

🎓 Zamonaviy bilimlarni egallang, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yetuk mutaxassisga va asrlar davomida xalqqa xizmat qiladigan ulug‘vor inshootlar muallifiga aylaning.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
18🔥4😁2👏1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bolib otmoqda.

Unda:
Yurtimizda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingan. Shu asosda barcha sohalardagi islohotlar natijasi, avvalo, mahallada va odamlarning kayfiyatida namoyon bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Xalqimiz qadimdan kunni obodonchilikdan boshlagani, ozodalik va saranjomlik bor joyda fayz-u baraka bo‘lishi qayd etildi.

Joriy yil Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanadi. Eng ulug‘, eng aziz bayramni mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilindi.

Har bir viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari va viloyat tashkilotlari rahbarlari bittadan tumanni, tumanlardagi mas’ullar esa bittadan mahallani olib, bir oy davomida ozodalik va obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkil etadi.

Mahallada obodonchilik ishlarini tashkil etish bo‘yicha Bosh vazir boshchiligida respublika shtabi tuziladi. Hududiy shtablarga hokimlar rahbarlik qiladi. Bu ishlar bir oylik aksiya emas, balki yil bo‘yi ishlaydigan umummilliy harakatga aylantirilishi zarurligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍2👏1
#Bitiruvchi_2026

🎓Bitiruvchi–2026: Oliy ta’lim tashkilotlarida tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

🏛Oliy ta’lim tashkilotlarida bitiruvchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Quyida shu kabi tadbirlardan ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin:

⚫️Nukus davlat texnika universiteti;

⚫️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

⚫️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali;

⚫️Milliy estrada san‘ati instituti;

⚫️О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

⚫️Jizzax politexnika instituti;

⚫️Buxoro davlat pedagogika instituti;

⚫️Namangan davlat chet tillari instituti;

⚫️Andijon davlat texnika instituti;

⚫️Urganch davlat pedagogika instituti;

⚫️Urganch davlat tibbiyot instituti:

⚫️Ranch universiteti:

⚫️Buxoro davlat pedagogika instituti;

⚫️Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;

⚫️Navoiy davlat universiteti;

⚫️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

⚫️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🎉1