Edu.uz
169K subscribers
36.2K photos
7K videos
304 files
17.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Samarqandda transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi ish boshladi

Ko‘rgazmada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi ham o‘z ekspozitsiyalari bilan faol ishtirok etmoqda. Ular tomonidan ilm-fan, innovatsiyalar va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni sanoatga tatbiq etish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar namoyish etilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/innovation/news/view/193794

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍1😱1🎉1
#dayjest #Qabul2026

❗️2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo'lib o‘tmoqda

Test sinovlarining ikkinchi kuni (15-iyul)da respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida 62 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi. Shulardan 4 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.

Abituriyentlardan o‘zlarining ruxsatnomalarida belgilangan manzil, sana va vaqtga amal qilishlarini so‘raymiz. Ular qatʼiy hisoblanib, o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.


Test sinovlari respublika bo‘ylab belgilangan hududlarda tashkil etilib, ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) bo‘lib o‘tadi.

Farg‘ona davlat universiteti;
Namangan davlat pedagogika instituti;
Namangan davlat chet tillari instituti;
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;
Urganch davlat universiteti;
Buxoro davlat universiteti;
Jizzax politexnika instituti;
Farg‘ona davlat texnika universiteti;
Guliston davlat universiteti;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
Andijon davlat universiteti;
Jizzax davlat pedagogika universiteti;
Qaraqolpoq davlat universiteti.


🎓 Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!


Test sinovi jarayoni test2026.uz sayti orqali onlayn translatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, har bir abituriyent imtihon kuni, vaqti hamda manzili haqidagi ma’lumotni my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Future100 #SiliconValley #SanFrancisco

“Future 100” dasturi: Silikon vodiysida sun’iy intellekt va innovatsion ta’lim tajribasi o‘rganilmoqda


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Future 100” dasturi doirasida AQSHning Silikon vodiysidagi Silkroad Innovation Hub innovatsion ofisida stajirovka o‘tayotgan vazirlik xodimlari hamda yosh muhandis olimlar uchun dasturning ikkinchi kuni “Ta’lim tizimida sun’iy intellekt” mavzusiga bag‘ishlandi.

Dastur doirasida o‘tkazilgan treningda xalqaro ekspert Bayram Annakov sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, ularni o‘quv jarayonlariga samarali integratsiya qilish mexanizmlari hamda dunyoning ilg‘or universitetlarida qo‘llanilayotgan amaliy tajribalar haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek, dastur ishtirokchilari AQSHning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlaridan biri — San-Fransisko davlat universitetiga tashrif buyurib, universitetning ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati, innovatsion infratuzilmasi, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/194020

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11🔥8👍2