❗️Liderlar va yangi avlod rahbar kadrlarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi joriy etiladi
Shavkat Mirziyoyev iqtidorli boshqaruvchilar, liderlar va yangi avlod rahbarlarini aniqlash va tanlash hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator muhim vazifalar belgilandi:
➖ kadrlarni baholashda eskicha “obyektivka” usulidan butunlay voz kechilib, nomzodning bilimi, kasbiy tajribasi, psixologik xususiyatlari va liderlik qobiliyatini qamrab oluvchi portfolio tizimiga o‘tiladi;
➖ istiqbolli boshqaruvchilar raqamli texnologiyalar asosida 100 ballik mezon bo‘yicha baholanadi hamda sun’iy intellekt yordamida ular uchun individual rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi (tizim dastlab qishloq xo‘jaligi, oliy ta’lim va qurilish sohalarida sinovdan o‘tkaziladi);
➖ har ikki yilda 500 nafar istiqbolli boshqaruvchi saralab olinib, 2030-yilga qadar 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat yangi avlod rahbar kadrlar zaxirasi yaratiladi;
➖ agrar soha, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, sud-huquq, ta’lim, IT va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida rahbarlik lavozimlari uchun “Top 100” ochiq tanlovi o‘tkaziladi;
➖ 2026-yil 1-oktabrdan career.edu.uz platformasida “Xorijdagi talabalar” moduli ishga tushirilib, chet elda o‘qiyotgan yoshlar davlat idoralari va xususiy korxonalarga amaliyot o‘tash va ishga joylashish uchun biriktiriladi;
➖ “El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturlari hudud va tarmoqlarning aniq ehtiyojlariga bog‘lanadi, o‘qish xarajatlarini yirik korxonalar bilan birgalikda moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
➖ jamg‘arma bitiruvchilarining ilmiy tadqiqotlari va startaplari kichik grantlar orqali qollab-quvvatlanadi;
➖ yuqori bo‘g‘in rahbarlari uchun Singapur, Malayziya, Buyuk Britaniya va Yaponiya tajribasi asosida maxsus liderlik dasturlari tashkil etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤11🔥2
Samarqandda transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi ish boshladi
Ko‘rgazmada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi ham o‘z ekspozitsiyalari bilan faol ishtirok etmoqda. Ular tomonidan ilm-fan, innovatsiyalar va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni sanoatga tatbiq etish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar namoyish etilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/innovation/news/view/193794
👉 На руcском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ko‘rgazmada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi ham o‘z ekspozitsiyalari bilan faol ishtirok etmoqda. Ular tomonidan ilm-fan, innovatsiyalar va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni sanoatga tatbiq etish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar namoyish etilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/innovation/news/view/193794
👉 На руcском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍1😱1🎉1
#dayjest #Qabul2026
❗️2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo'lib o‘tmoqda
Test sinovlari respublika bo‘ylab belgilangan hududlarda tashkil etilib, ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) bo‘lib o‘tadi.
🎓 Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Test sinovi jarayoni test2026.uz sayti orqali onlayn translatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, har bir abituriyent imtihon kuni, vaqti hamda manzili haqidagi ma’lumotni my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo'lib o‘tmoqda
Test sinovlarining ikkinchi kuni (15-iyul)da respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida 62 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi. Shulardan 4 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.
Abituriyentlardan o‘zlarining ruxsatnomalarida belgilangan manzil, sana va vaqtga amal qilishlarini so‘raymiz. Ular qatʼiy hisoblanib, o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.
Test sinovlari respublika bo‘ylab belgilangan hududlarda tashkil etilib, ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) bo‘lib o‘tadi.
Farg‘ona davlat universiteti;
Namangan davlat pedagogika instituti;
Namangan davlat chet tillari instituti;
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;
Urganch davlat universiteti;
Buxoro davlat universiteti;
Jizzax politexnika instituti;
Farg‘ona davlat texnika universiteti;
Guliston davlat universiteti;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
Andijon davlat universiteti;
Jizzax davlat pedagogika universiteti;
Qaraqolpoq davlat universiteti.

❤8👍1