Edu.uz
169K subscribers
36.2K photos
7K videos
304 files
17.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarni jazirama issiq sharoitida quyidagi kechiktirib bo’lmaydigan (majburiy) choralarni ko‘rishga chaqirdi:

⚠️ Ishning eng issiq vaqtlarida (odatda 11:00–16:00) tashqi ishlarni qisqartirish yoki to‘xtatish;

⚠️ Kunning eng issiq vaqtlarida og‘ir jismoniy ishlarni cheklash yoki to‘xtatish;

⚠️ Toza, salqin ichimlik suvi doimiy ravishda va yetarli miqdorda mavjud bo‘lishi;

⚠️ Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodimlarni ishga qo‘ymaslik;

⚠️ Xodimlar uchun qulay salqin yoki soyali dam olish joylarini tashkil etish. Muntazam dam olish imkonini yaratish;

⚠️ Xodimlarni yengil, havo o‘tkazuvchi va issiqdan himoya qiluvchi maxsus kiyimlar bilan ta’minlash;

⚠️ Issiq urishi va suvsizlanish belgilari, ularning oldini olish hamda birinchi yordam ko‘rsatish tartibini barcha xodimlarga o’rgatish;

⚠️ Sog‘ligi yomonlashgan xodimga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍2🔥1
#dayjest #live #Ijodiy_imtihon #Qabul2026

15-iyul: 18 ta oliy ta’lim tashkilotida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda


Ayni kunlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

📅 15-iyul kuni kasbiy imtihonlar 18 ta oliy ta’lim tashkilotida belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.

Imtihon jarayonlarini imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda kuzatib borish mumkin.

▪️Andijon davlat texnika instituti

▪️Andijon davlat universiteti

▪️Jizzax davlat pedagogika universiteti

▪️Namangan davlat texnika universiteti

▪️Namangan davlat universiteti

▪️O‘zbekiston Milliy universiteti

▪️Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

▪️O'zbekiston milliy pedagogika universiteti

▪️Qarshi davlat universiteti

▪️Qo‘qon davlat universiteti

▪️Qoraqalpoq davlat universiteti

▪️Samarqand davlat texnika universiteti

▪️Samarqand davlat pedagogika instituti

▪️Shahrisabz davlat pedagogika instituti

▪️Termiz davlat universiteti

▪️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

▪️Toshkent davlat agrar universiteti

▪️Urganch davlat universiteti


🎓 Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍75😱2
#soʻragan_edingiz

O‘qishni ko‘chirishda qaysi milliy va xalqaro sertifikatlar uchun tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi?


Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda quyidagi sertifikatlarga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi:

▪️Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar;
▪️
Chet tili bo‘yicha milliy sertifikatlar.;

✳️ Xalqaro sertifikatlar:

▪️ “A Level” (kimyo, matematika, biologiya, fizika fanlari)“B” va undan yuqori daraja;

Sertifikat darajasiga ko‘ra ball taqsimoti:

B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi beriladi;

B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.

✔️ Chet tili sertifikatlari:

ingliz tili — ELTS, TOEFL iBT, Cambridge Exams, Linguaskill, iTEP;
nemis tili — TestDAF, DSD, Goethe-Zertifikat;
fransuz tili — DELF/DALF, Test de Connaissance du Français (TCF);
ispan tili — DELE, SIELE;
turk tili — TYS;
koreys tili — TOPIK II;
arab tili — AT Tanal Al Arabi;
xitoy tili — HSK.

‼️Muhim: Milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi. Xalqaro sertifikatlar esa ariza topshirish jarayonida elektron shaklda yuklanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
22👍4
TUZATISH❗️

Adliya vazirligidan ro‘yxatidan o‘tkazilgan Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatga muvofiq xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili fanlaridan B1 darajadagi sertifikatlarga ega talabgorlarga bakalavriatning fanlar majmuasidagi fanlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Sertifikat darajasiga ko‘ra ball taqsimoti:

B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi beriladi;

B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
24👏3🔥2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ My.gov.uz orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni kengaytiriladi


✔️ Qarorga koʻra, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) quyidagi xizmatlar joriy etiladi:

🔹 jismoniy va yuridik shaxslarga oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari va avtomototransportlarni garovga yoki ipotekaga qoʻyishga, shuningdek, ularni begonalashtirishga taqiq qoʻyish yoki uni bekor qilish;

🔹 fuqarolarning oʻz nomiga rasmiylashtirilgan va foydalanilayotgan telefon raqamlari va bank kartalari toʻgʻrisida maʼlumot olish
va ushbu jarayonni boshqarishning quyidagi imkoniyatlarini yaratish:

▪️ telefon raqamini muayyan muddatga nofaol holatga oʻtkazish (faollashtirish) va oʻzi foydalanmayotgan telefon raqamlariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatish haqida arizalar kiritish;

▪️ telefon raqami ulangan pulli xizmatlar haqida maʼlumot olish;

▪️ bank kartalarini bloklash (yopish) haqida emitentga arizalar yuborish;

▪️ fuqaroning nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda avtomatik tarzda uni Yagona portal orqali xabardor qilish va ular hisobini yuritish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7
❗️Liderlar va yangi avlod rahbar kadrlarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi joriy etiladi


Shavkat Mirziyoyev iqtidorli boshqaruvchilar, liderlar va yangi avlod rahbarlarini aniqlash va tanlash hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator muhim vazifalar belgilandi:

kadrlarni baholashda eskicha “obyektivka” usulidan butunlay voz kechilib, nomzodning bilimi, kasbiy tajribasi, psixologik xususiyatlari va liderlik qobiliyatini qamrab oluvchi portfolio tizimiga o‘tiladi;

istiqbolli boshqaruvchilar raqamli texnologiyalar asosida 100 ballik mezon bo‘yicha baholanadi hamda sun’iy intellekt yordamida ular uchun individual rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi (tizim dastlab qishloq xo‘jaligi, oliy ta’lim va qurilish sohalarida sinovdan o‘tkaziladi);

har ikki yilda 500 nafar istiqbolli boshqaruvchi saralab olinib, 2030-yilga qadar 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat yangi avlod rahbar kadrlar zaxirasi yaratiladi;

agrar soha, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, sud-huquq, ta’lim, IT va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida rahbarlik lavozimlari uchun “Top 100” ochiq tanlovi o‘tkaziladi;

2026-yil 1-oktabrdan career.edu.uz platformasida “Xorijdagi talabalar” moduli ishga tushirilib, chet elda o‘qiyotgan yoshlar davlat idoralari va xususiy korxonalarga amaliyot o‘tash va ishga joylashish uchun biriktiriladi;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturlari hudud va tarmoqlarning aniq ehtiyojlariga bog‘lanadi, o‘qish xarajatlarini yirik korxonalar bilan birgalikda moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

jamg‘arma bitiruvchilarining ilmiy tadqiqotlari va startaplari kichik grantlar orqali qollab-quvvatlanadi;

yuqori bo‘g‘in rahbarlari uchun Singapur, Malayziya, Buyuk Britaniya va Yaponiya tajribasi asosida maxsus liderlik dasturlari tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1411🔥2
Samarqandda transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi ish boshladi

Ko‘rgazmada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi ham o‘z ekspozitsiyalari bilan faol ishtirok etmoqda. Ular tomonidan ilm-fan, innovatsiyalar va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni sanoatga tatbiq etish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar namoyish etilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/innovation/news/view/193794

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍1😱1🎉1