Edu.uz
169K subscribers
36.2K photos
7K videos
303 files
17.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qabul2026 #Statistika #Abituriyent

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

14-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:

Magistratura

Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 22 091 ta ariza qabul qilindi. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Texnikumlar (9-sinf bitiruvchilari uchun)

Texnikumlarga qabul bo‘yicha 198 580 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Texnikum bitiruvchilarini OTTlarga suhbat asosida qabul qilish

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTTlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun 1 341 ta ariza kelib tushdi. Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ikkinchi mutaxassislik

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun 6 194 ta ariza kelib tushdi. Qabul 10-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, barcha arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinmoqda.

❗️15-iyuldan o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn arizalar topshirish boshlanadi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14
#Qabul2026 #Abituriyent2026

✈️ Uchuvchilik, aviatsiya menejmenti hamda aviatsiya logistikasi sohalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi? U holda bu imkoniyat aynan siz uchun!

Toshkent davlat transport universitetida “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” (Uchuvchilik), “Aviatsiya menejmenti” va “Aviatsiya logistikasi” ta’lim yo‘nalishlari uchun qabul davom etmoqda.

Xalqaro hamkorlik doirasida Toshkent davlat transport universiteti hamda Koreya aerokosmik universiteti bilan birgalikda 2026/2027-o‘quv yili uchun quyidagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulni e’lon qiladi:

“1+2+1” dasturi: “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” (Aircraft flight operation) — fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash yo‘nalishi;
“2+2” dasturi: “Aviatsiya menejmenti” (Aviation Management) va “Aviatsiya logistikasi” (Aviation Logistics) yo‘nalishlari.

📌 Dastur doirasida talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
✔️ Tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy toifali uchuvchilik guvohnomasi;
✔️ Har ikki universitetning bakalavr diplomi;
✔️ 2 yil Janubiy Koreyada o‘qish imkoniyati;
✔️ To‘liq ingliz tilida ta’lim olish.

📝 Grant va chegirmalar:

3- va 4-kurslarda Koreya aerokosmik universitetida tahsil olish mobaynida “Aviatsiya menejmenti” va “Aviatsiya logistikasi” ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdoriga quyidagi til sertifikatlari asosida imtiyozlar taqdim etiladi:
1️⃣ TOEFL iBT 96+ yoki IELTS 7.0 — 100% lik chegirma
2️⃣ TOEFL iBT 90+ yoki IELTS 6.5 — 50% lik chegirma
3️⃣ TOEFL iBT 81+ yoki IELTS 6.0 — 20% lik chegirma


🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://admission.tstu.uz/AVIA

☎️ Murojaat uchun:
+998934960699
+998911639591

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IChO_2026

IChO 2026: Tarjima jarayoni oʻtkazilmoqda!


📚 Dunyoning eng iqtidorli yosh kimyogarlari uchun maxsus tuzilgan nazariy bosqich savollarini delegatsiya rahbarlari va mentorlar oʻz tillariga tarjima qilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga va tarjimonlar jamoalariga ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👍1
2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida Namangan davlat texnika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 15–17-iyul kunlari o‘tkaziladi.

🏛 Imtihon o‘tkaziladigan joy:
Namangan davlat texnika universiteti, 2-o‘quv binosi, sport zali.

📍 Manzil:
Namangan shahri, Yangi Namangan tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 12-uy.

Kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi va baholash mezonlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Baholash mezoni

🎥 Youtube orqali imthon jarayonlari jonli uzatib beriladi

Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihon o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari lozim.

Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olinadi.

☎️ Call-markaz:
69 234-14-30
69 234-37-20
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14
#Future100 #SiliconValley

“Future 100” dasturi: bir guruh vazirlik xodimlari va yosh muhandis olimlar AQSHda stajirovka oʻtamoqda


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Future 100” dasturi ishtirokchilari AQSHning Silikon vodiysida stajirovkani boshladi. Dastlabki kun tanishuv sessiyalari, amaliy mashg‘ulotlar va innovatsion ekotizim bilan yaqindan tanishishga bag‘ishlandi.

Shuningdek, seminar davomida Stenford universitetida professor Georgiy Blank tomonidan “Digital Innovation” mavzusida workshop tashkil etilib, unda startaplar, texnologiyalar transferi, innovatsion tadbirkorlik va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Maʼlumot o‘rnida, Stenford universiteti 1885-yilda tashkil etilgan boʻlib, Silikon vodiysining markazida joylashgan dunyoning yetakchi (QS – 2026 reytingida 3-oʻrin) taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet, ayniqsa, sunʼiy intellekt, muhandislik, kompyuter texnologiyalari, tibbiyot, biznes boshqaruvi, innovatsion tadbirkorlik va startaplarni rivojlantirish yoʻnalishlarida kuchli ilmiy maktabga ega.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
115👍12🔥6😱1
“Hukumat soati”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri deputatlarning savollariga javob berdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi “Hukumat soati”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov deputatlarning savollariga javob berdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/193042

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1712😁4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abituriyent2026

Qabul-2026: Abituriyentlar uchun qanday yangiliklar bor?


Oliy Majlis Senati tomonidan tomonidan tashkil etilgan navbatdagi podkastda Bilimni baholash agentligi bo‘lim boshlig‘i Jamshidbek Odilov quyidagi dolzarb masalalarga batafsil javob berdi:

🔹 Qabul jarayonining asosiy bosqichlari va muddatlari;
🔹 Hujjat topshirish tartibi;
🔹 Test sinovlarini tashkil etish va jarayondagi yangiliklar;
🔹 Joriy yilda abituriyentlar uchun yaratilgan yangi qulayliklar.

Podkastni quyidagi havola orqali tomosha qiling:

📹 HD formatda ko‘rish 👉 https://youtu.be/cll5lmxfiME?si=3yKKzJvr5__CP0I_

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13😁3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026

Davlat oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul test sinovlari


📊 Test sinovlarining birinchi kuni (14-iyul)da respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida 62 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi. Shulardan 7 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.

‼️ Abituriyentlardan o‘zlarining ruxsatnomalarida belgilangan manzil, sana va vaqtga amal qilishlarini so‘raymiz. Ular qatʼiy hisoblanib, o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.

📣 Eslatma, test sinovi topshiriladigan kuni belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin etib borish lozim. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarning asli talab etilishini unutmang.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi


2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi:

2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– transfer.edu.uz;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarigamy.uzbmb.uz.

🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda:

✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi;

✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi.

☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
24👏4🔥1🥰1
#Qabul2026 #Abituriyent2026

Abituriyentlar uchun yana bir qulaylik!

Endilikda SAT sertifikatini taqdim etgan abituriyentlar o‘z ma’lumotlarni mandat.uzbmb platformasi orqali qulay tarzda kuzatishlari mumkin.

Platformada:
✔️ SAT sertifikati asosida tanlovda ishtirok etayotgan abituriyentlar uchun alohida sahifa yaratildi;
✔️ ma'lumotlarni tez va oson tekshirish imkoniyati mavjud;
✔️ barcha jarayonlar shaffof va foydalanuvchilar uchun qulay ko‘rinishda taqdim etilgan.


SAT ma’lumotlarini tekshirish uchun: https://mandat.uzbmb.uz/SAT2026

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov #Kasbiy_mahorat

🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat tanlovining respublika bosqichi Samarqandda davom etmoqda

📍 Samarqand viloyatidagi texnikumlarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilmoqda:

Elektromontaj – 16 soat
Payvandlash texnologiyasi – 9 soat
Santexnika – 12 soat
Moda texnologiyalari – 12 soat


👥 Tanlovlarda 270 nafar ishtirokchi, 198 nafar ustoz va 40 nafar mas’ul xodim ishtirok etmoqda.

📌Respublika bosqichi g‘oliblari pul mukofotlari hamda “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar uchun arizalar qabuli rasman ochiq


2026/2027-oʻquv yili uchun o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklsh va ta'lim shaklini o‘zgartirish bo‘yicha arizalar topshirish jarayoni rasman start oldi.

Arizalar onlayn tarzda
transfer.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

❤️ Ariza topshirish muddati:
15-iyuldan 5-avgustga qadar davom etadi.

Hujjat topshirish tartibi, sertifikat talablari haqida videoda batafsil ko‘ring!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍117
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IChO_2026

📚 IChO 2026: Olimpiadaning Nazariy bosqichi BOSHLANDI!

⚡️Ayni daqiqalarda 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) eng muhim bosqichlaridan biri — nazariy imtihon boshlandi.

📚 Ishtirokchilar 5 soat davomida kimyoning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan 9 ta murakkab nazariy masala ustida bilim va tahliliy fikrlash salohiyatini namoyon etadi.


🌍 Dunyoning eng iqtidorli yosh kimyogarlari o‘rtasidagi ushbu bahs nafaqat bilim, balki mantiqiy fikrlash, aniqlik va ilmiy yondashuvni ham sinovdan o‘tkazadi.

🤝Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6