Edu.uz
168K subscribers
36.2K photos
7K videos
303 files
17.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #live #Ijodiy_imtihon #Qabul2026

📢 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda


Ayni kunlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

📅 14-iyul kuni kasbiy imtihonlar 24 ta oliy ta’lim tashkilotida belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.

Imtihon jarayonlarini imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda kuzatib borish mumkin.

▪️Urganch davlat universiteti

▪️“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti

▪️Andijon davlat texnika instituti

▪️Andijon davlat universiteti

▪️Buxoro davlat universiteti

▪️Jizzax davlat pedagogika universiteti

▪️Jizzax politexnika instituti

▪️Namangan davlat universiteti

▪️Nukus davlat texnika universiteti

▪️Urganch davlat pedagogika instituti

▪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

▪️O‘zbekiston milliy universiteti

▪️Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

▪️O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti

▪️Qarshi davlat universiteti

▪️Qo‘qon davlat universiteti

▪️Qoraqalpoq davlat universit

▪️Samarqand davlat texnika universiteti

▪️Samarqand davlat pedagogika instituti

▪️Termiz davlat universiteti

▪️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

▪️Toshkent davlat agrar universiteti

▪️Olmaliq davlat texnika universiteti

▪️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


🎓 Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍5🔥3👏1😱1
#dayjest #live #Qabul2026

❗️Bugundan 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi

Test sinovlari respublika bo‘ylab belgilangan hududlarda tashkil etilib, ikki smenada o‘tkaziladi. Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilda jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi.

Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar (2025-yilda 361 019 nafar), 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar (2025-yilda 310 378) tashkil etadi.


Test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafar.

Jizzax politexnika instituti;
Namangan davlat chet tillari instituti;
Buxoro davlat universiteti;
Qo‘qon davlat universiteti;
Namangan davlat pedagogika instituti;
Toshkent davlat texnika universiteti;
Farg‘ona davlat universiteti;
Namangan davlat texnika universiteti;
Nukus davlat pedagogika instituti;
Urganch davlat pedagogika instituti;
Jizzax davlat pedagogika universiteti.


🎓 Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

Test sinovi jarayoni test2026.uz sayti orqali onlayn translatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, har bir abituriyent imtihon kuni, vaqti hamda manzili haqidagi ma’lumotni my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7🔥32😱1
#InnoWeek_2026

Hurmatli olimlar, tadbirkorlar va investorlar!

2026-yilning 27–29-oktabr kunlari “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir ilm-fan, yuqori texnologiyalar va investitsiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olinadi:

⚫️ Istiqbolli loyihalar va startaplar taqdimoti;
⚫️ Olimlarning yangi texnologiyalari namoyishi;
⚫️Chet ellik va mahalliy hamkorlar, investorlar hamda biznes vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish.


🔍 Sana: 2026-yil, 27–29-oktabr
O‘tkazilish joyi: CAEx

🖥 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://innoweek.uz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👍2🎉2
#Olimlar_minbari
#15.06-21.06.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Germaniyaning dual ta’lim tajribasi: O‘rganiladigan jihatlar nimada?” Rustam TOJIYEV, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor;

“Taraqqiyotga ishonch belgisi” Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

“Toshkent – sarmoyadorlar uchun eng ishonchli manzil”Iskandar YULDASHEV, Toshkent xalqaro universiteti rektori, PhD;

“Fidoyilik saodati: Mohir ustozning ibratli fenomeniga chizgilar” Abduxalil MAVRULOV, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori;

«Инвестиционная устойчивость: новые рубежи, новые партнерства» Нодира АБДУСАЛОМОВА, заведующая кафедрой Ташкентского государственного економического университета профессор;

«Путешествие в приаралье: путешествие в приаралье: знакомство с памятниками древности и чудесами природы» Нозима ЗУФАРОВА, декан факультета туризма ТГЭУ, профессор;

“Xalqaro hamkorlik va ijtimoiy barqarorlik asosi” Ekinjon BOTIROV, iqtisodiyot fanlari doktori;

“Bilim va malaka ezgulikka xizmat qilishi kerak” Azizbek SOBIROV, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;

«Борьба с наркопреступностью - борьба с наркопреступностью - вопрос общественной ответственности»Рустам АБДУЛЛАЕВ, доцент ТГЮУ;

“Axborot texnologiyalari o‘qitishda o‘ziga xos yondashuv” Ma’muraxon MUSAYEVA, Renessans universiteti o‘qituvchisi;

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10
#Hukumat_soati

“Hukumat soati”da oliy ta’lim bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi navbatdagi “Hukumat soati”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ta’limni mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat granti kvotasi 36 ming 23 ta, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy qabul esa 234 mingdan ortiq etib belgilangan. Ustuvor yo‘nalishlar sifatida muhandislik, IT, pedagogika va agrar sohalar tanlangan.

2025/2026-o‘quv yilida 323 mingdan ortiq talaba oliy ta’limni tamomlagan, 2027-yilda esa mehnat bozoriga 390 mingdan ortiq bitiruvchi kirib kelishi kutilmoqda.

Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida 378 ta mehnat yarmarkasi va 1 ming 243 ta workshop o‘tkazilib, ularda 7,7 mingdan ortiq ish beruvchi hamda 144 mingdan ziyod bitiruvchi ishtirok etdi. Natijada 18 mingga yaqin yosh bilan dastlabki ishga joylashish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Shuningdek, career.edu.uz platformasi orqali bitiruvchilarning bandligi real vaqt rejimida monitoring qilinmoqda. 2026-yil may–iyun oylarida ish bilan band bo‘lmagan bitiruvchilar soni qariyb 19 ming nafarga kamaygani qayd etildi.

Vazir, shuningdek, barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha qo‘shimcha kompetensiyalarni rivojlantirish hamda xalqaro sertifikat olish imkoniyatlarini kengaytirish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/193042

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17👍4👏2😁2🔥1
#Qabul2026 #Statistika #Abituriyent

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

14-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:

Magistratura

Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 22 091 ta ariza qabul qilindi. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Texnikumlar (9-sinf bitiruvchilari uchun)

Texnikumlarga qabul bo‘yicha 198 580 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Texnikum bitiruvchilarini OTTlarga suhbat asosida qabul qilish

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTTlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun 1 341 ta ariza kelib tushdi. Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ikkinchi mutaxassislik

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun 6 194 ta ariza kelib tushdi. Qabul 10-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, barcha arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinmoqda.

❗️15-iyuldan o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn arizalar topshirish boshlanadi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15
#Qabul2026 #Abituriyent2026

✈️ Uchuvchilik, aviatsiya menejmenti hamda aviatsiya logistikasi sohalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi? U holda bu imkoniyat aynan siz uchun!

Toshkent davlat transport universitetida “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” (Uchuvchilik), “Aviatsiya menejmenti” va “Aviatsiya logistikasi” ta’lim yo‘nalishlari uchun qabul davom etmoqda.

Xalqaro hamkorlik doirasida Toshkent davlat transport universiteti hamda Koreya aerokosmik universiteti bilan birgalikda 2026/2027-o‘quv yili uchun quyidagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulni e’lon qiladi:

“1+2+1” dasturi: “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” (Aircraft flight operation) — fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash yo‘nalishi;
“2+2” dasturi: “Aviatsiya menejmenti” (Aviation Management) va “Aviatsiya logistikasi” (Aviation Logistics) yo‘nalishlari.

📌 Dastur doirasida talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
✔️ Tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy toifali uchuvchilik guvohnomasi;
✔️ Har ikki universitetning bakalavr diplomi;
✔️ 2 yil Janubiy Koreyada o‘qish imkoniyati;
✔️ To‘liq ingliz tilida ta’lim olish.

📝 Grant va chegirmalar:

3- va 4-kurslarda Koreya aerokosmik universitetida tahsil olish mobaynida “Aviatsiya menejmenti” va “Aviatsiya logistikasi” ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdoriga quyidagi til sertifikatlari asosida imtiyozlar taqdim etiladi:
1️⃣ TOEFL iBT 96+ yoki IELTS 7.0 — 100% lik chegirma
2️⃣ TOEFL iBT 90+ yoki IELTS 6.5 — 50% lik chegirma
3️⃣ TOEFL iBT 81+ yoki IELTS 6.0 — 20% lik chegirma


🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://admission.tstu.uz/AVIA

☎️ Murojaat uchun:
+998934960699
+998911639591

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍4