Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026
#Kasbiy_Ijodiy_Imtihon
Abituriyentlar diqqatiga!
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 8-9-iyul kunlari o’tkaziladi.
Eslatib oʻtamiz:
Abituriyentlar my.uzbmb.uz platformasiga login va parollarini kiritgan holda "Shaxsiy kabinet" boʻlimiga kirib, abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari lozim.
Shuningdek, abituriyentlar imtihonga kelishda o‘zlari bilan abituriyent ruxsatnomasi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib kelishlari shart. Imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmay kelishingizni so‘raymiz.
Manzil: Yunusobod tumani, Markaz 5, Massiv Qiyot 80.
Bog'lanish uchun:
+998 71 207 09 05
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤5
Shavkat Mirziyoyev: ...ilm-ma’rifat, ma’naviy va intellektual taraqqiyot jamiyat ravnaqining hal qiluvchi kuchi...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Islom sivilizatsiyasi xalqaro forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida bugungi murakkab va tahlikali davrda ilm-fan, ma'rifat, madaniyat hamda yuksak axloqiy qadriyatlar tinchlik, o‘zaro ishonch va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori ekanini ta'kidladi.
Davlatimiz rahbari islom sivilizatsiyasi asrlar davomida jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini, Yangi O‘zbekiston esa buyuk ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib etishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirayotganini qayd etdi.
Shuningdek, Prezident O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda Sharq va G‘arbni, tarix va zamonaviy ilmni bog‘lovchi nufuzli xalqaro ilmiy-gumanitar maydonga aylanayotganini ta'kidlab, barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ilm, ma'rifat va o‘zaro hamkorlik yo‘lida birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

"Biz ilm va ma'rifat zamonamizning eng buyuk birlashtiruvchi kuchi ekaniga, uning bunyodkorlik asosi, tinchlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori bo‘lib qolishiga qat'iy ishonamiz", — deyiladi Prezident murojaatida.
Shuningdek, Prezident O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda Sharq va G‘arbni, tarix va zamonaviy ilmni bog‘lovchi nufuzli xalqaro ilmiy-gumanitar maydonga aylanayotganini ta'kidlab, barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ilm, ma'rifat va o‘zaro hamkorlik yo‘lida birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9🔥2👏1
#Qabul #Abituriyent2026
📍 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash:
✅ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi;
✅ Buxoro davlat universitetida amalga oshirilmoqda.
🔹 Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani.
🔹 Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.
Oliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Bu esa talabalarga:
🔘 professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish;
🔘 xorijda ta’lim olish;
🔘 4-kursni Nankinda davom ettirish;
🔘 qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
🔘 xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.
✔️ O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi.
✔️ F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi.
✔️ GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.
Talabalar:
▪️ sun’iy intellekt (AI);
▪️ Big Data (katta ma’lumotlar tahlili);
▪️ raqamli audit;
▪️ axborot texnologiyalari auditi;
▪️ masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.
Yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar:
✅ Hisob palatasi;
✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
✅ Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi.
🌐 Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
👥 Kvota — 200 nafar.
Nomzodlardan:
☑️ ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat;
☑️ matematika bo‘yicha yuqori natija;
☑️ kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi.
🎯 Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎓 Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi❓ Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda❔
📍 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash:
✅ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi;
✅ Buxoro davlat universitetida amalga oshirilmoqda.
🏫 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi Davlat auditi oliy maktabining imkoniyatlari
🔹 Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani.
🔹 Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.
🌍 Xalqaro hamkorlik
Oliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Bu esa talabalarga:
🔘 professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish;
🔘 xorijda ta’lim olish;
🔘 4-kursni Nankinda davom ettirish;
🔘 qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
🔘 xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.
💼 Professional sertifikatlar
✔️ O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi.
✔️ F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi.
✔️ GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.
💻 Zamonaviy ta’lim
Talabalar:
▪️ sun’iy intellekt (AI);
▪️ Big Data (katta ma’lumotlar tahlili);
▪️ raqamli audit;
▪️ axborot texnologiyalari auditi;
▪️ masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.
🤝 Bandlik kafolati
Yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar:
✅ Hisob palatasi;
✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
✅ Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi.
🌐 Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
📚 Bakalavriat qabuli (2026/2027-o‘quv yili)
👥 Kvota — 200 nafar.
Nomzodlardan:
☑️ ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat;
☑️ matematika bo‘yicha yuqori natija;
☑️ kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi.
🎯 Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍2🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SamDPI talabasi — YuNESKO e’tiborida!
Ushbu yutuq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan alohida e’tirof etildi.
🎥 Batafsil videoda
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi Munis Sultonovning qo‘l mehnati bilan yaratilgan maxsus sovg‘asi bugun YuNESKO Bosh direktori Xolid al-Ananiyning xizmat xonasidan o‘rin oldi.
Ushbu yutuq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan alohida e’tirof etildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤9🤩2🔥1😁1
#Dayjest #Ijodiy_imtihon #Qabul2026 #live
Ayni kunlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.
📅 7-iyul kuni kasbiy imtihonlar 26 ta oliy ta’lim tashkilotida belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.
🎥 Imtihon jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida ularni har bir oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti yoki maxsus onlayn platformalari orqali jonli efirda kuzatish mumkin.
🎓 Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📢 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda
Ayni kunlarda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.
📅 7-iyul kuni kasbiy imtihonlar 26 ta oliy ta’lim tashkilotida belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.
🎥 Imtihon jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida ularni har bir oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti yoki maxsus onlayn platformalari orqali jonli efirda kuzatish mumkin.
▪️Termiz davlat universiteti.
▪️Nukus davlat pedagogika institutı.
▪️Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
▪️Qoraqalpoq davlat universiteti.
▪️Jizzax davlat pedagogika universitet.
▪️Andijon davlat pedagogika instituti.
▪️Termiz davlat pedagogika instituti.
▪️Toshkent davlat texnika universiteti.
▪️Samarqand davlat chet tillar instituti.
▪️Navoiy davlat universiteti.
▪️Milliy rassomlik va dizayn instituti.
▪️Namangan davlat pedagogika instituti.
▪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
▪️Milliy estrada san'ati instituti.
▪️Andijon davlat universiteti.
▪️Farg‘ona davlat universiteti.
▪️Guliston davlat pedagogika instituti.
▪️Guliston davlat universiteti.
▪️Buxoro davlat pedagogika instituti.
▪️Buxoro davlat texnika universiteti.
▪️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
▪️Qoraqalpoq davlat universiteti.
▪️O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti.
▪️O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Nukus filiali.
▪️O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
▪️О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
🎓 Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍4
#Qabul2026 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon
🤩 Urganch davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 8–10-iyul kunlari o‘tkaziladi
☎️ Ma’lumot uchun: 62-226-18-30
❗️Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.
Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olinadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:📎 60110500 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi:
Imtihon 8-iyul kuni soat 08:00 da Urganch davlat pedagogika instituti bosh binosida bo‘lib o‘tadi.📎 60110600 – Musiqa ta’limi: Imtihon 9–10-iyul kunlari soat 08:00 da Urganch davlat pedagogika instituti bosh binosida o‘tkaziladi.📎 60111200 – Jismoniy madaniyat: Imtihon 8–10-iyul kunlari soat 07:00 da Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tadi.
❗️Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.
Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍4❤1🎉1
#hemis #yangi_imkoniyatlar
HEMIS tizimida tyutorlar uchun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etildi
Tizimning navbatdagi yangi versiyasida tyutorlar faoliyati, nodavlat OTTlar uchun diplom reyestri va xorijiy talabalar anketasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.
➖ “Tyutor faoliyati” menyusi: HEMIS tizimida tyutorga tegishli barcha funksionallar uchun alohida yangi menyu ochildi va barcha tegishli bo‘limlar unga o‘tkazildi;
➖ Prorektorlar nazorati: Prorektorlar tomonidan tyutorlarga hisobot topshirish talabnomasini yuborish va ularning hisobotlarini qabul qilish funksionali ishga tushdi (Tyutor faoliyati/tyutor hisobotlari);
➖ Tezkor hisobot topshirish: Tyutorlar tomonidan prorektor talabnomasi asosida faoliyat hisobotlarini tizim orqali topshirish imkoniyati yaratildi (Tyutor faoliyati/faoliyat hisobotlari);
➖ Bitirish buyrug‘ini shakllantirish: Diplom ma’lumotlarini faqat qayd qiladigan nodavlat (xorijiy) OTTlar uchun Diplom reyestri orqali talaba diplomi qayd qilingandan so‘ng Bitirish buyrug‘ini shakllantirish imkoniyati taqdim etildi;
➖ Xorijiy talabalar anketasi: Talaba anketasida xorijiy talabalarning davlatini tanlashda ortiqcha viloyat, tuman va mahalla ma’lumotlari cheklab qo‘yildi. Endilikda uy manzili maydonida to‘liq manzil to‘g‘ridan to‘g‘ri yoziladi.

❤11👍1
‼️SAT sertifikatlari “College Board” platformasi orqali vazirlikka elektron yuborish DI kodi – 30054
Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
2026/2027-o‘quv yili magistratura qabulida mazkur imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari “College Board” rasmiy platformasi orqali 30054 DI kodi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga elektron tarzda yuborilishi lozim.
📥 Natijalar DI kodi orqali quyidagi tartibda yetkaziladi:
1️⃣ Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi.
2️⃣ Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Vazirlikka taqdim etiladi.
❗️Eslatma: Qabul jarayonida faqat DI kodi (30054) orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuborilgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topiladi. Sertifikatni qo‘lda yuklash, PDF variantini tizimga joylash yoki skrinshotlarini taqdim etish qabul jarayonida hisobga olinmaydi.
Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga roʻyxatdan oʻtish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyul kuniga qadar davom etadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍2
#Qabul2026 #Statistika #Abituriyent
2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda
7-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:
➖ Akademik litseylar
2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga 44 805 ta ariza kelib tushdi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
➖ Magistratura
Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 12 279 ta ariza qabul qilindi. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
➖ Texnikumlar (9-sinf bitiruvchilari uchun)
Texnikumlarga qabul bo‘yicha 165 399 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
➖ Texnikum bitiruvchilarini OTTlarga suhbat asosida qabul qilish
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTTlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun 322 ta ariza kelib tushdi. Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, barcha arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinmoqda.

❤12👍2👏1
This media is not supported in your browser

#turizm #Yangiqoʻrgʻon
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari turizmni rivojlantirish maqsadida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi ko‘ngilochar va sayyohlik maskanlarida bo‘ldilar.
Sayohat davomida talabalar hududning betakror tabiati, dam olish maskanlari hamda turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Yangiqo‘rg‘on tumanining diqqatga sazovor maskanlari hamda turizm imkoniyatlarini mahalliy va xorijiy auditoriyaga tanishtirish maqsadida rus, turk, tojik, qirg‘iz, arab, xitoy, koreys, malay va boshqa tillarda videoroliklar tayyorlandi.
Siz ham Yangiqo‘rg‘onning so‘lim maskanlariga tashrif buyurib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘ling! Dam olish kunlaringizni mazmunli o‘tkazish uchun yaqinlaringiz bilan sayohat qilishni tavsiya etamiz.

❤7👍2😁1