Edu.uz
176K subscribers
36K photos
6.89K videos
269 files
16.9K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Kasbiy_imtihon #Qabul2026

✴️Abituriyentlar diqqatiga!

👍Buxoro davlat texnika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 7-8-iyul kunlari yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

Buxoro davlat texnika universitetida 2026/2027 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning guruhlar kesimidagi ro‘yxati orqali abituriyentlar imtihon kuni, vaqti, guruhi hamda joyini bilib olishlari mumkin.

📞 Bogʻlanish uchun: +998652237884

*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.

Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
#Kasbiy_ijodiy #Qabul2026

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

Chirchiq davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 7-iyulidan 12-iyulga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan manzillar hamda ularning lokatsiyalari.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Call-markazga murojaat qiling: +998715010214

*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.

Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍64
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_imtihon #Qabul_2026

🟢Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari boshlanmoqda

➡️Termiz davlat universitetida 2026/2027-o'quv yili uchun alohida iqtidor talab etadigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 7-iyul kunidan 17-iyul kuniga qadar (shu kuni ham) o'tkazilishini ma'lum qilamiz.

Quyidagi havola orqali abituriyentlar guruhi va kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali bilan batafsil tanishishingiz mumkin:

➡️ Abituriyentlar guruhi

➡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali (guruhlar va kunlar kesimida)

🟢Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezonlari Termiz davlat universitetining rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

⚠️Eslatma: Alohida iqtidor talab etadigan ta'lim yo'nalishlar bo'yicha o'qish istagini bildirgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon ishtirok etgandan so'ng qo'shimcha ravishda majburiy fanlardan ham test sinovlaridan o‘tadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍4🔥1
#Qabul2026 #Kasbiy #Ijodiy #Imtihon

🏛 Andijon davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 7–9-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar hamda baholash mezonlari
✔️60111200 - Jismoniy madaniyat;
✔️60111200 - Jismoniy madaniyat (Ko‘zi ojiz va imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun);
✔️60110600 - Musiqa ta’limi;
✔️60110500 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi.


📍Imtihon o‘tkaziladigan hududlar

🔘60111200 - Jismoniy madaniyat -  Andijon shahar, 3-kichik dahada joylashgan, sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi stadionida
🔘60110600 - Musiqa ta’limi - Andijon shahar, Taxtako'prik MFYda joylashgan Andijon davlat pedagogika instituti B binosida
🔘60110500 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi - Andijon shahar, Taxtako'prik MFYda joylashgan Andijon davlat pedagogika instituti L binosida bo'lib o'tadi.


📌 Muhim eslatmalar:
Abituriyentlar imtihonga kelishda o‘zlari bilan abituriyent ruxsatnomasi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib kelishlari shart. Shuningdek, yo‘nalish xususiyatidan kelib chiqib, zarur jihozlar va sport formasini birga olishlari talab etiladi. Imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmay kelishingizni so‘raymiz.

📞 Murojaat uchun telefon raqamlari:
+998 77 110 01 75
+998 77 120 0175
+998 74 224 44 09
+998 74 224 0172

📝 Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1
#Kasbiy_ijodiy #Qabul2026

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

Toshkent davlat texnika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 7–8-iyul kunlari o‘tkaziladi


🏛 Imtihon universitet Bosh binosi 1-qavat hududida bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

📞 Qo‘shimcha savollar bo‘yicha murojaat uchun:
71-207-09-83
71-207-14-67
71-207-14-68
71-207-14-69

👉 Baholash mezoni

Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.

📌 Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi


Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning Misr Arab Respublikasi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Abdulaziz Konsova bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, suv resurslari, qayta tiklanuvchi energiya, qishloq xo‘jaligi va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik mobillikni kengaytirish hamda universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar professor-o‘qituvchilar, olimlar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlari, magistratura va doktorantura yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Amaliy harakatlar rejasini tasdiqlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/188933

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍7👏1
#Qabul_2026 #Kasbiy_imtihon

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida
2026–2027-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 8–17-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Imtihonlar Cholg‘u ijrochiligi, Vokal san’ati, Rangtasvir, Amaliy san’at, Arxitektura hamda Sport faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida tashkil etiladi.

Abituriyentlardan imtihon kunlari belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va zarur anjomlarni o‘zlari bilan olib kelishlari so‘raladi.

📆Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali

🔗 Baholash mezonlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://urdu.uz/uz/site/active?id=427


*Eslatma:
Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim.

Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Texnikum bitiruvchilari uchun muhim yangilik

📄Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim tashkilotlarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega

📌Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.

Batafsil ma’lumot bilan video orqali tanishing


O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
👈

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live #Ijodiy_imtihon #Qabul2026

🟢Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar start oldi

🟢Bu — abituriyentlar uchun egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etish, o‘z salohiyatini sinovdan o‘tkazish hamda orzulari sari yana bir muhim qadam tashlash imkoniyatidir.

🟢Ota-onalar uchun imtihonlarni kuzatish imkoniyati yaratilgan.

🟢Barcha abituriyentlarga omad va yuqori natijalar tilaymiz!

🔗Imtihonlarni jonli kuzatish: imtihon.tersu.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IChO_2026

IChO 2026: Ilk delegatsiya Oʻzbekistonga yetib keldi!

Yangi Zelandiya terma jamoasi mamlakatimizga yetib kelgan birinchi delegatsiya sifatida kutib olindi.

🇺🇿Olimpiada boshlanishidan avval jamoa Oʻzbekistonning bebaho tarixiy merosini yaqindan kashf etish maqsadida qadimiy Buxoro shahriga yoʻl oldi. U yerda ular betakror meʼmoriy obidalar, boy madaniyat va asrlarga tutash tarix bilan tanishadilar.


Nufuzli xalqaro olimpiada boshlanishiga 3 kun qoldi…

🦅Dunyoning eng iqtidorli yosh kimyogarlari Oʻzbekistonda jam boʻlmoqda!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍1
#Eʼlon #Tanlov

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

📋 Tanlov nizomi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

▪️she’r;
▪️hikoya;
▪️esse;
▪️maqola.

Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.

📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi.

📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.

Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍5👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026
#Kasbiy_Ijodiy_Imtihon

Abituriyentlar diqqatiga!


O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 8-9-iyul kunlari o’tkaziladi.

Eslatib oʻtamiz:
Abituriyentlar my.uzbmb.uz platformasiga login va parollarini kiritgan holda "Shaxsiy kabinet" boʻlimiga kirib, abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari lozim.

Shuningdek, abituriyentlar imtihonga kelishda o‘zlari bilan abituriyent ruxsatnomasi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib kelishlari shart. Imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmay kelishingizni so‘raymiz.

Manzil: Yunusobod tumani, Markaz 5, Massiv Qiyot 80.

Bog'lanish uchun:
+998 71 207 09 05


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5
Shavkat Mirziyoyev: ...ilm-ma’rifat, ma’naviy va intellektual taraqqiyot jamiyat ravnaqining hal qiluvchi kuchi...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Islom sivilizatsiyasi xalqaro forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida bugungi murakkab va tahlikali davrda ilm-fan, ma'rifat, madaniyat hamda yuksak axloqiy qadriyatlar tinchlik, o‘zaro ishonch va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori ekanini ta'kidladi.

Davlatimiz rahbari islom sivilizatsiyasi asrlar davomida jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini, Yangi O‘zbekiston esa buyuk ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib etishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirayotganini qayd etdi.

"Biz ilm va ma'rifat zamonamizning eng buyuk birlashtiruvchi kuchi ekaniga, uning bunyodkorlik asosi, tinchlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori bo‘lib qolishiga qat'iy ishonamiz", — deyiladi Prezident murojaatida.


Shuningdek, Prezident O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda Sharq va G‘arbni, tarix va zamonaviy ilmni bog‘lovchi nufuzli xalqaro ilmiy-gumanitar maydonga aylanayotganini ta'kidlab, barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ilm, ma'rifat va o‘zaro hamkorlik yo‘lida birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9🔥3👏1
#Qabul #Abituriyent2026

🎓 Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda


📍 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi;
Buxoro davlat universitetida amalga oshirilmoqda.

🏫 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi Davlat auditi oliy maktabining imkoniyatlari

🔹 Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani.

🔹 Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.

🌍 Xalqaro hamkorlik

Oliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Bu esa talabalarga:
🔘 professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish;
🔘 xorijda ta’lim olish;
🔘 4-kursni Nankinda davom ettirish;
🔘 qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
🔘 xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.

💼 Professional sertifikatlar

✔️ O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi.
✔️ F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi.
✔️ GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.

💻 Zamonaviy ta’lim

Talabalar:
▪️ sun’iy intellekt (AI);
▪️ Big Data (katta ma’lumotlar tahlili);
▪️ raqamli audit;
▪️ axborot texnologiyalari auditi;
▪️ masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.

🤝 Bandlik kafolati

Yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar:

Hisob palatasi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi.

🌐 Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

📚 Bakalavriat qabuli (2026/2027-o‘quv yili)

👥 Kvota — 200 nafar.

Nomzodlardan:
☑️ ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat;
☑️ matematika bo‘yicha yuqori natija;
☑️ kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi.

🎯 Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
19👍2🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SamDPI talabasi — YuNESKO e’tiborida!

Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi Munis Sultonovning qo‘l mehnati bilan yaratilgan maxsus sovg‘asi bugun YuNESKO Bosh direktori Xolid al-Ananiyning xizmat xonasidan o‘rin oldi.


Ushbu yutuq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan alohida e’tirof etildi.

🎥 Batafsil videoda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍209🔥2🤩2😁1