Edu.uz
179K subscribers
35.8K photos
6.83K videos
269 files
16.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, sohada kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun zamonaviy, vatanparvar va har tomonlama yetuk kadrlarni tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Chunki mahalla va tuman darajasida ishlayotgan xodimlar har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi shart.

Bu maqsadda Jamoat xavfsizligi universitetini transformatsiya qilish, kunduzgi ta’lim kvotasini 600 nafargacha, masofaviy ta’lim kvotasini 300 nafargacha oshirish taklif qilindi.

Universitetda huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash va qo‘riqlash faoliyati yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yo‘nalishi va kafedrasi tashkil qilinib, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar, bozor va savdo majmualari bo‘yicha profilaktika inspektorlari tayyorlanadi.

Ta’lim jarayoniga xavf-xatar tahlili, geoaxborot tizimlari, dron va robototexnika, profayling, konfliktologiya, muammoli sotsiologiya, ochiq manbalardan foydalangan holda raqamli tahlil, oilaviy mediatsiya kabi yangi innovatsion fanlarni kiritish rejalashtirilmoqda.

Ichki ishlar organlarida kadrlar tayyorlashning ta’lim klasteri ham shakllantiriladi. Bu jarayonda umumiy o‘rta ta’limdan boshlab idoraviy ixtisoslashtirilgan maktab-internat, akademik litseylar, ichki ishlar texnikumlari, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va malaka oshirish institutlarigacha bo‘lgan uzluksiz tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Kasbiy ta’lim tizimini joriy etish doirasida Namangan va Samarqand texnikumlarida o‘rta-maxsus ma’lumotga ega ofitser va safdorlar tayyorlanadi. O‘quv jarayonida yuridik-texnik ta’lim, jismoniy bardoshlik, jangovar shaylik, raqamli texnologiyalar, kasbiy ta’lim, birinchi tibbiy yordam, dron va AT platformalar bilan ishlash kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi. Dual ta’lim asosida nazariya va amaliyot uyg‘unlashtiriladi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasini ham transformatsiya qilish taklif etildi. Akademiya faoliyati “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” zanjiri asosida qayta tashkil etilib, jamoat xavfsizligini ta’minlash, tezkor-qidiruv faoliyati, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, ekspert-kriminalistika va ijtimoiy reabilitatsiya yo‘nalishlarida ixtisoslashgan maktablar shakllantiriladi.

Yangi dual ta’lim matritsasi asosida kursantlar “o‘qish – amaliyot – faoliyat” tamoyili bo‘yicha tayyorlanadi. Rahbar kadrlar malakasini oshirish tizimi tubdan takomillashtiriladi.


Prezidentimiz takliflarni ma’qullab, jamoat xavfsizligi tizimini raqamlashtirish hamda kadrlar tayyorlashni zamonaviy talablar asosida tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6😁21
O‘zbekistonlik futbolchining goli turnirning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin: barchani ovoz berishda faol bo‘lishga chorlaymiz!

FIFA rasmiy saytida nufuzli turnirning “Eng yaxshi goli” (Goal of the Tournament) nominatsiyasi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi.

Hozirda birinchi bosqich — guruh o‘yinlarida kiritilgan 215 ta gol orasidan eng sara 12 ta eng chiroyli gol saralab olingan. Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR terma jamoasi darvozasiga yo‘llagan ajoyib “parashyut” zarbasi ham joy olgan.

Muhim eslatma: Ovoz berish jarayoni juda qisqa muddat davom etadi (yakunlanishiga 1 kundan sal ko‘proq vaqt qoldi). Shu bois, barcha hamyurtlarimizni, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va futbol muxlislarini hozirning o‘zida faollik ko‘rsatib, hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz!

Ovoz berish tartibi:

1-qadam:
FIFA rasmiy sahifasiga o‘ting: play.fifa.com/gott
2-qadam: Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlang va “VOTE” tugmasini bosing;
3-qadam: Ovozni muvaffaqiyatli yakunlash uchun “CREATE A FIFA ID ACCOUNT” tugmasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘ting yoki mavjud akkauntingizga kiring.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
24👍16😁7🔥2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men abituriyentman | info-serial | 3-qism

Aka-singil bu safar Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan tanishadilar.

Videoni abituriyent yaqinlaringizga ulashing.

Info-serialning sifatli variantini mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq info-serialimizning Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti haqidagi sonlari chiqqan edi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3🔥1🥰1👏1
#Attestatsiya #Natija

⚡️Akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalari e’lon qilindi

2026-yil 26-may kuni o‘tkazilgan attestatsiya natijalariga ko‘ra, jami 7833 nafar pedagog kadrning attestatsiya yakunlari tasdiqlandi.

Natijalar quyidagicha taqsimlandi:

4267 nafar pedagogga yangi malaka toifasi berildi;
3215 nafar pedagog o‘z malaka toifasini saqlab qoldi;
351 nafar pedagog attestatsiyadan o‘ta olmadi va lavozimiga muvofiq emas deb topildi.

Test sinovlari natijalari pedagog.edu.uz sayti pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida e’lon qilindi.

📋 Attestatsiya natijalari bo‘yicha pedagog kadrlar ro‘yxati (ilovalar kesimida):

▪️Bosh o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Yetakchi o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Katta o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Attestatsiyadan o‘tgan va mutaxassis o‘qituvchi lavozimi saqlangan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan va natijasi bo‘yicha salbiy xulosa qilinmagan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Attestatsiyadan o‘tmagan va lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar ro‘yxati.


Shuningdek, malaka toifasi berilgan pedagoglarning elektron sertifikatlarini rasmiylashtirish hamda yangi toifalarga asosan oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilish jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16😱5🔥3🤔3
#YoshlarKuni

Qadrli yurtimiz yoshlari!

🇺🇿30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!

Bu sana – sizlarning ezgu orzularingiz, fidokorona mehnatingiz, cheksiz salohiyatingiz hamda Vatanga bo‘lgan sadoqatingizni e’tirof etuvchi muhim bayramdir.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi sizlarga mustahkam sog‘liq, yuksak marralar, ulkan zafarlar va yorqin kelajak tilaydi.

Sizlar – Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari, ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalar taraqqiyotini harakatga keltiruvchi eng katta kuchsiz. Bilim olishga bo‘lgan intilishingiz, yangilikka ochiqligingiz, izlanuvchanligingiz va mehnatsevarligingiz mamlakatimiz taraqqiyoti hamda farovon kelajagining mustahkam poydevoridir.

Doimo ilm izlang, yuksak maqsadlar sari dadil odimlang, Vatanga sadoqat bilan xizmat qiling. Yangi g‘oyalar, kreativ tashabbuslar va zamonaviy yondashuvlar orqali yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shing.

Har bir kuningiz yangi imkoniyatlar, ulkan yutuqlar va unutilmas muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!

Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
18👍4👏3😁2🎉2
#Ichki_turizm #Yangiqoʻrgʻon #Festival

Yangiqo‘rg‘on – tarix, tabiat va etnografiya uyg‘unligi raqamli kontentlarda


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida hududning tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy landshaftlari, etnografik o‘ziga xosligi hamda turizm salohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan ilmiy-ommabop va raqamli turizm kontentlari tasvirga olindi. Mazkur kontentlar o‘zbek, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda tayyorlanib, veb-platformalar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka tizimli ravishda taqdim etib boriladi.


Batafsil: https://namdu.uz/post=1399

👉
На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9🔥3🎉3👍1
#YoshlarKuni

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan muloqot o’tkazadi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari yoshlardan bir guruhiga “Kelajak bunyodkori” hamda “Mard o’g’lon” mukofotlarini shaxsan topshiradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1211
#YoshlarKuni

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada mamlakatimizning faol va izlanuvchan yoshlari bilan uchrashdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍102