Futbolda g‘alabalar ham, alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ladi. Ammo ayrim natijalar borki, ular o‘yin bilan emas, yillar davomida bajarilgan mehnat bilan baholanadi.
O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Markaziy Osiyo tarixida bu marraga erishgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu tasodif emas, balki yillar davomida shakllangan futbol tizimi, yoshlar akademiyalari, murabbiylar va futbolchilarning mashaqqatli mehnati samarasidir.
Jahon chempionati esa yakun emas. Bu — dunyoning eng kuchli jamoalari bilan o‘ynab, kelajakdagi g‘alabalar uchun tajriba to‘planadigan maydon. Bugun Portugaliya, Kolumbiya yoki Kongo kabi raqiblarga qarshi o‘ynagan futbolchilar ertaga yanada kuchliroq bo‘lib maydonga qaytadi.
Dunyoning ko‘plab kuchli terma jamoalari ham ilk mundialini oson boshlamagan. Ammo aynan o‘sha tajriba ularni keyinchalik futbol gigantlariga aylantirgan.
🇺🇿 Bu hali boshlanishi. O‘zbekiston futbolining eng yorqin sahifalari hali oldinda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤15😁10🔥6👏3
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika
Akademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 29-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra jami 34 932 ta ariza kelib tushdi.
📌Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasi
Akademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 29-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra jami 34 932 ta ariza kelib tushdi.
📌Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️NDTU talabalari Markaziy Osiyo mintaqaviy xakatoni finaliga yoʻllanma oldi
Nukus davlat texnika universiteti talabalari Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish uchun yashil va raqamli yechimlarni ishlab chiqishga bagʻishlangan "Green & Digital Solutions for Central Asia" mintaqaviy xakatonining Oʻzbekiston bosqichida gʻolib boʻlib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Nukus davlat texnika universiteti talabalarini erishilgan muvaffaqiyat bilan tabriklaydi hamda mintaqaviy final bosqichida ulkan zafarlar tilaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Nukus davlat texnika universiteti talabalari Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish uchun yashil va raqamli yechimlarni ishlab chiqishga bagʻishlangan "Green & Digital Solutions for Central Asia" mintaqaviy xakatonining Oʻzbekiston bosqichida gʻolib boʻlib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Mazkur xakaton Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonning 18–30 yoshli yoshlarini birlashtirib, iqlim oʻzgarishi, energiya samaradorligi, suv resurslarini boshqarish, chiqindilarni qayta ishlash hamda raqamli ekologik monitoring sohalarida innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Tanlovning Oʻzbekiston bosqichida Nukus davlat texnika universiteti jamoasi munosib ishtirok etib, 1-oʻrinni egalladi va Qirgʻizistonning Issiqkoʻl shahrida boʻlib oʻtadigan mintaqaviy final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Xakaton ishtirokchilari loyihalarini xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirokida takomillashtirish, mentorlik koʻmagini olish hamda oʻz gʻoyalarini amaliy mahsulotga aylantirish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Nukus davlat texnika universiteti talabalarini erishilgan muvaffaqiyat bilan tabriklaydi hamda mintaqaviy final bosqichida ulkan zafarlar tilaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🎉6🥰4👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot
Rasmiy bayonot: Talabalar turar joylari sotuvga qoʻyilmagan!
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan e’lonlarda talabalar yashaydigan xonalar emas, balki talabalar turar joylari tarkibidagi bo‘sh turgan yerto‘la, hovli qismi, oshxona, bufet hamda yotoq joy sifatida foydalanilmaydigan boshqa yordamchi maydonlarni ijaraga berish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoniga muvofiq, 2025-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 8 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish vazifasi belgilangan bo‘lsa, yil yakunida jami 11 084 o‘rinli talabalar turar joylari tashkil etildi. Bu belgilangan rejaning 138,6 foiz bajarilganini anglatadi.
2026-yilda esa respublika bo‘yicha jami 12 110 o‘rinli yangi talabalar turar joylarini qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/185059

- Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar turar joyining hovli qismidagi 69,8 kv.m bo‘sh maydon;
- Farg‘ona davlat universitetida yerto‘ladagi 40 kv.m bo‘sh xona;
- Guliston davlat universitetidagi 37 va 52 kv.m bo‘sh xonalar;
- Urganch davlat universitetidagi 36 kv.m oshxona;
- Farg‘ona davlat texnika universitetidagi oshxona binosi;
- Termiz davlat universiteti hududidagi texnologik maydon
ommaviy savdolar orqali ijaraga berish uchun joylashtirilgan bo‘lib, mazkur obyektlar talabalarni yashash joylari hisoblanmaydi va talabalar turar joylari o‘rinlari qisqarishiga sabab bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoniga muvofiq, 2025-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 8 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish vazifasi belgilangan bo‘lsa, yil yakunida jami 11 084 o‘rinli talabalar turar joylari tashkil etildi. Bu belgilangan rejaning 138,6 foiz bajarilganini anglatadi.
2022–2025-yillar davomida respublika bo‘yicha jami 74,1 ming o‘rinli talabalar turar joylari yaratildi. Natijada davlat oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar turar joylarining umumiy sig‘imi 159,1 ming o‘ringa yetkazilib, talabalarning yotoqxona bilan ta’minlanish darajasi 58 foizni tashkil etdi.
2026-yilda esa respublika bo‘yicha jami 12 110 o‘rinli yangi talabalar turar joylarini qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/185059
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍7😁4🤔2🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
Bir guruh yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi
Azatova Shaxzoda Alisher qizi - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali 4-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Odiljonova Kamola Abduvosit qizi - Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich doktoranti, Andijon viloyati;
Mo‘ydinova Zilola Voxid qizi - Bojxona institutining bojxona to‘lovlari va statistikasi kafedrasi o‘qituvchisi;
Xujamberdiyeva Lobarxon Xaydar qizi - O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2-bosqich kursanti.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bir guruh yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi
Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ona Vatanimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi:
Azatova Shaxzoda Alisher qizi - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali 4-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Odiljonova Kamola Abduvosit qizi - Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich doktoranti, Andijon viloyati;
Mo‘ydinova Zilola Voxid qizi - Bojxona institutining bojxona to‘lovlari va statistikasi kafedrasi o‘qituvchisi;
Xujamberdiyeva Lobarxon Xaydar qizi - O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2-bosqich kursanti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤5
#Eʼtirof
Bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Ular orasida talaba va doktorantlari ham borligi soha vakillarini quvontirdi.
Istamov Hayot Yo‘lchiyevich - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi;
Astanaliyev Elmurod Tursunali o‘g‘li - Toshkent davlat transport universiteti mustaqil izlanuvchisi;
Larin Yevgeniy Alekseyevich - Toshkent davlat tibbiyot universiteti 6-bosqich talabasi;
Mahammadjonov Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li - Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-bosqich magistranti ;
Aminboyev Qodirbergan Olimboy o‘g‘li - Urganch davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi.
Ma’lumot o‘rnida, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Prezident qaroriga binoan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va qobiliyati, tashabbuskorligi hamda samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimiz munosib rag‘batlantirildi.
Ular orasida talaba va doktorantlari ham borligi soha vakillarini quvontirdi.
Istamov Hayot Yo‘lchiyevich - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi;
Astanaliyev Elmurod Tursunali o‘g‘li - Toshkent davlat transport universiteti mustaqil izlanuvchisi;
Larin Yevgeniy Alekseyevich - Toshkent davlat tibbiyot universiteti 6-bosqich talabasi;
Mahammadjonov Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li - Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-bosqich magistranti ;
Aminboyev Qodirbergan Olimboy o‘g‘li - Urganch davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi.
Ma’lumot o‘rnida, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤2👏2
Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, sohada kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Prezidentimiz takliflarni ma’qullab, jamoat xavfsizligi tizimini raqamlashtirish hamda kadrlar tayyorlashni zamonaviy talablar asosida tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, sohada kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun zamonaviy, vatanparvar va har tomonlama yetuk kadrlarni tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Chunki mahalla va tuman darajasida ishlayotgan xodimlar har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi shart.
Bu maqsadda Jamoat xavfsizligi universitetini transformatsiya qilish, kunduzgi ta’lim kvotasini 600 nafargacha, masofaviy ta’lim kvotasini 300 nafargacha oshirish taklif qilindi.
Universitetda huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash va qo‘riqlash faoliyati yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yo‘nalishi va kafedrasi tashkil qilinib, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar, bozor va savdo majmualari bo‘yicha profilaktika inspektorlari tayyorlanadi.
Ta’lim jarayoniga xavf-xatar tahlili, geoaxborot tizimlari, dron va robototexnika, profayling, konfliktologiya, muammoli sotsiologiya, ochiq manbalardan foydalangan holda raqamli tahlil, oilaviy mediatsiya kabi yangi innovatsion fanlarni kiritish rejalashtirilmoqda.
Ichki ishlar organlarida kadrlar tayyorlashning ta’lim klasteri ham shakllantiriladi. Bu jarayonda umumiy o‘rta ta’limdan boshlab idoraviy ixtisoslashtirilgan maktab-internat, akademik litseylar, ichki ishlar texnikumlari, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va malaka oshirish institutlarigacha bo‘lgan uzluksiz tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Kasbiy ta’lim tizimini joriy etish doirasida Namangan va Samarqand texnikumlarida o‘rta-maxsus ma’lumotga ega ofitser va safdorlar tayyorlanadi. O‘quv jarayonida yuridik-texnik ta’lim, jismoniy bardoshlik, jangovar shaylik, raqamli texnologiyalar, kasbiy ta’lim, birinchi tibbiy yordam, dron va AT platformalar bilan ishlash kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi. Dual ta’lim asosida nazariya va amaliyot uyg‘unlashtiriladi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasini ham transformatsiya qilish taklif etildi. Akademiya faoliyati “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” zanjiri asosida qayta tashkil etilib, jamoat xavfsizligini ta’minlash, tezkor-qidiruv faoliyati, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, ekspert-kriminalistika va ijtimoiy reabilitatsiya yo‘nalishlarida ixtisoslashgan maktablar shakllantiriladi.
Yangi dual ta’lim matritsasi asosida kursantlar “o‘qish – amaliyot – faoliyat” tamoyili bo‘yicha tayyorlanadi. Rahbar kadrlar malakasini oshirish tizimi tubdan takomillashtiriladi.
Prezidentimiz takliflarni ma’qullab, jamoat xavfsizligi tizimini raqamlashtirish hamda kadrlar tayyorlashni zamonaviy talablar asosida tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6😁2❤1
O‘zbekistonlik futbolchining goli turnirning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin: barchani ovoz berishda faol bo‘lishga chorlaymiz!
FIFA rasmiy saytida nufuzli turnirning “Eng yaxshi goli” (Goal of the Tournament) nominatsiyasi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi.
Hozirda birinchi bosqich — guruh o‘yinlarida kiritilgan 215 ta gol orasidan eng sara 12 ta eng chiroyli gol saralab olingan. Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR terma jamoasi darvozasiga yo‘llagan ajoyib “parashyut” zarbasi ham joy olgan.
Muhim eslatma: Ovoz berish jarayoni juda qisqa muddat davom etadi (yakunlanishiga 1 kundan sal ko‘proq vaqt qoldi). Shu bois, barcha hamyurtlarimizni, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va futbol muxlislarini hozirning o‘zida faollik ko‘rsatib, hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz!
Ovoz berish tartibi:
1-qadam: FIFA rasmiy sahifasiga o‘ting: play.fifa.com/gott
2-qadam: Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlang va “VOTE” tugmasini bosing;
3-qadam: Ovozni muvaffaqiyatli yakunlash uchun “CREATE A FIFA ID ACCOUNT” tugmasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘ting yoki mavjud akkauntingizga kiring.

❤22👍14😁5🎉2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men abituriyentman | info-serial | 3-qism
Aka-singil bu safar Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan tanishadilar.
Videoni abituriyent yaqinlaringizga ulashing.
Info-serialning sifatli variantini mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq info-serialimizning Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti haqidagi sonlari chiqqan edi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Aka-singil bu safar Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan tanishadilar.
Videoni abituriyent yaqinlaringizga ulashing.
Info-serialning sifatli variantini mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq info-serialimizning Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti haqidagi sonlari chiqqan edi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3🔥1🥰1👏1
#Attestatsiya #Natija
⚡️Akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalari e’lon qilindi
2026-yil 26-may kuni o‘tkazilgan attestatsiya natijalariga ko‘ra, jami 7833 nafar pedagog kadrning attestatsiya yakunlari tasdiqlandi.
Natijalar quyidagicha taqsimlandi:
➖ 4267 nafar pedagogga yangi malaka toifasi berildi;
➖ 3215 nafar pedagog o‘z malaka toifasini saqlab qoldi;
➖ 351 nafar pedagog attestatsiyadan o‘ta olmadi va lavozimiga muvofiq emas deb topildi.
Test sinovlari natijalari pedagog.edu.uz sayti pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida e’lon qilindi.
Shuningdek, malaka toifasi berilgan pedagoglarning elektron sertifikatlarini rasmiylashtirish hamda yangi toifalarga asosan oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilish jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
👉 На русском
👉 In English

📋 Attestatsiya natijalari bo‘yicha pedagog kadrlar ro‘yxati (ilovalar kesimida):
▪️Bosh o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Yetakchi o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Katta o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Attestatsiyadan o‘tgan va mutaxassis o‘qituvchi lavozimi saqlangan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan va natijasi bo‘yicha salbiy xulosa qilinmagan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Attestatsiyadan o‘tmagan va lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar ro‘yxati.
Shuningdek, malaka toifasi berilgan pedagoglarning elektron sertifikatlarini rasmiylashtirish hamda yangi toifalarga asosan oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilish jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15😱4🔥3🤔3
#YoshlarKuni
Qadrli yurtimiz yoshlari!
🇺🇿30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!
Bu sana – sizlarning ezgu orzularingiz, fidokorona mehnatingiz, cheksiz salohiyatingiz hamda Vatanga bo‘lgan sadoqatingizni e’tirof etuvchi muhim bayramdir.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi sizlarga mustahkam sog‘liq, yuksak marralar, ulkan zafarlar va yorqin kelajak tilaydi.
Sizlar – Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari, ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalar taraqqiyotini harakatga keltiruvchi eng katta kuchsiz. Bilim olishga bo‘lgan intilishingiz, yangilikka ochiqligingiz, izlanuvchanligingiz va mehnatsevarligingiz mamlakatimiz taraqqiyoti hamda farovon kelajagining mustahkam poydevoridir.
Doimo ilm izlang, yuksak maqsadlar sari dadil odimlang, Vatanga sadoqat bilan xizmat qiling. Yangi g‘oyalar, kreativ tashabbuslar va zamonaviy yondashuvlar orqali yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shing.
Har bir kuningiz yangi imkoniyatlar, ulkan yutuqlar va unutilmas muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

❤18👍4👏3🎉2😁1
#Ichki_turizm #Yangiqoʻrgʻon #Festival
Yangiqo‘rg‘on – tarix, tabiat va etnografiya uyg‘unligi raqamli kontentlarda
Batafsil: https://namdu.uz/post=1399
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yangiqo‘rg‘on – tarix, tabiat va etnografiya uyg‘unligi raqamli kontentlarda
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida hududning tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy landshaftlari, etnografik o‘ziga xosligi hamda turizm salohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan ilmiy-ommabop va raqamli turizm kontentlari tasvirga olindi. Mazkur kontentlar o‘zbek, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda tayyorlanib, veb-platformalar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka tizimli ravishda taqdim etib boriladi.

❤9🔥3🎉3👍1