Edu.uz
179K subscribers
35.8K photos
6.83K videos
269 files
16.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
"Career.edu.uz" platformasi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bitiruvchilar bandligini ta’minlash, bu boradagi ishlarni zamonaviy raqamli tizimlar asosida tashkil etish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "career.edu.uz" platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur platformadan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida vazirlik tomonidan 208 ta tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari ishtirokida onlayn o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda "career.edu.uz" ning imkoniyatlari va undan foydalanish tartiblari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Xususan, ishtirokchilar:
🔹 bitiruvchilar bandligi holatini respublika, viloyat hamda tuman (shahar) kesimida real vaqt rejimida, inson omilisiz monitoring qilish;
🔹 ish beruvchilarga sohasiga mos munosib bitiruvchilarni tavsiya etish;
🔹 bitiruvchilarga mutaxassisligi va ko‘nikmalariga mos bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish;
🔹 hududlar kesimida bandlik ko‘rsatkichlarini onlayn kuzatish va tahlil qilish imkoniyatlari bilan tanishtirildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/184586

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍85
#xushxabar

Navoiy davlat universiteti magistranti “Oltin qalam” mukofoti sovrindori bo‘ldi!

Kuni kecha jurnalistika sohasidagi eng nufuzli tanlovlardan biri - “Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblari e’lon qilindi.

Tanlovning radio yo‘nalishi bo‘yicha o‘zining yuksak ijodiy salohiyati va kasbiy mahoratini namoyon etgan Navoiy davlat universiteti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi magistranti, “Navoiy” radiosi katta muharriri Shahnoza Mahmudova faxrli 3-o‘rin sohibasi bo‘ldi.

Ushbu yuksak e’tirof bilan Shahnoza Mahmudovani samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar, yangi marralar va yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
111👏7👍2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Orzularni asrang! Bir qaror butun hayotni oʻzgartiradi

Har bir yoshning orzusi — taʼlim olish, ota-onasi ishonchini oqlash va kelajakda oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlish. Ana shu yoʻlda toʻgʻri tanlov qilish eng muhim qadamdir.

Oson pul topish ilinjida zararli odatlar va giyohvandlik yoʻliga kirish esa nafaqat bir insonning, balki butun oilaning kelajagini xavf ostiga qoʻyadi.

Mazkur ijtimoiy videorolik O‘zbekiston Milliy universiteti Axborot xizmati tomonidan tayyorlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍6🔥5👏2🥰1
#xalqaro_hamkorlik

Sunʼiy intellekt asosida ingliz tilini oʻqitish: “Efekta” bilan hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Buyuk Britaniyaning “Efekta” kompaniyasi rahbari Stefaniya Jannini bilan uchrashuv oʻtkazdi.
 
Uchrashuvda oliy taʼlim tizimida ingliz tilini oʻqitish sifatini oshirish, zamonaviy raqamli taʼlim texnologiyalari va sunʼiy intellekt asosidagi yechimlarni joriy etish hamda ushbu yoʻnalishda strategik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
 
Qayd etilganidek, joriy yilning mart–iyun oylarida Efekta platformasi bilan hamkorlikda kasbiy taʼlim muassasalarida pilot loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida 3 770 nafardan ortiq oʻqituvchi va oʻquvchi platforma imkoniyatlaridan bepul foydalanish imkoniga ega boʻldi. Ularning 77 nafari ingliz tili boʻyicha keyingi daraja sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/184601

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16👍2
#xalqaro_hamkorlik

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Kasbga tayyorlov Yaponiya–O‘zbekiston xalqaro markazi ochildi


Yamagata universiteti (Yaponiya) hamkorligida tashkil etilgan Kasbga tayyorlov Yaponiya–O‘zbekiston xalqaro markazining ochilish marosimida universitet rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasidagi Yaponiya elchixonasi vakillari, Yamagata universiteti delegatsiyasi, professor-o‘qituvchilar, Yamagata universiteti professori Tadashi Onodera, Yapon tili va kasbiy malaka test markazi direktori, Yamagata universiteti professori Dilafruz Ikramova hamda talabalar ishtirok etdi.

Dastur doirasida yapon tili kurslari, KAIZEN va YORI-I biznes ta’limi dasturlari taqdim etildi hamda tadbirkorlik ta’limiga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, pilot kurslarga rasman start berildi.

Batafsil

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14👍2🔥1🎉1