Edu.uz
144K subscribers
32.5K photos
6.42K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tanlov #kitobxonlik

“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi ilk mavsumi final bosqichi tashkil etildi. Unda saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 145 nafar talaba-yoshlar hududlardagi oliygohlarga tashrif buyurib, markazlashgan formatda ishtirok etishdi. Finalni Markaz direktori Abdumalik Akramov ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

✔️Finalda ishtirokchilarga 50 tadan test savollari berildi. Yakunda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar g‘olib deb topildi, natijalar teng bo‘lgan hollarda esa qo‘shimcha savollar orqali g‘olib aniqlandi.

Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:
🥇O‘g‘iloy Raimboyeva – JDPU talabasi;
🥈Barno Baxriddinova – SamDPI talabasi;
🥈Dinara Ulashova – QarDU talabasi;
🥉Ruhshonaxon Sodiqova – SHDPI talabasi;
🥉Shohista Shermamatova – QarDU talabasi;
🥉Nigora Ya’qubova – TDSHU talabasi;

➡️4) Charos Xaitbayeva – UrDPI talabasi;
➡️4) Maftuna Sayfullayeva – SamDU talabasi;
➡️4) Shaxrizod Rajabov – BuxDU akademik litseyi o‘quvchisi;
➡️4) Feruza Jumaniyozova – QarDU talabasi;
↪️5) Jasurbek Saidqulov – JIDU talabasi;
↪️5) Gulzoda Xayriddinova – SamDPI talabasi;
↪️5) Ruxshonabonu Ismoilova – BuxDTI talabasi;
↪️5) Sevara O‘ralova – “Profi university” Navoiy filiali talabasi;
↪️5) Mahzuna Rustamova – TDTibU TF talabasi.


“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari:
🥇Rustambek Nigmatov – TerDU talabasi;
🥈Xidirbek Oktyabrov – O‘zMU talabasi;
🥈Dilobar Mirg‘ulomova – O‘zDJTU talabasi;
🥉Azimjon Jo‘rayev – TDTrU talabasi;
🥉Mirsolix Masudjonov – TTYeSI talabasi;
🥉Shahnoza Soibjonova – QarDU talabasi.


🏆 Tanlov g‘olib va sovrindorlari nizom asosida diplom, sertifikat hamda noutbuk, smart televizor va planshet kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Videolavha: Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍108👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Salomatlik, xavfsizlik va barqaror kelajak yo‘lida – birgalikda harakat qilamiz!

Ko‘hna va navqiron Samarqand 20–21-aprel kunlari muhim xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi!

Giyohvandlik va transmilliy jinoyatchilik global muammo bo‘lib turgan bir vaqtda, unga qarshi birgalikda, xalqaro darajada kurashish har qachongidan ham muhimroqdir. Shu maqsadda yurtimizda “Transmilliy narkotik tahdidlariga qarshi kurashish” mavzusida yirik xalqaro forum tashkil etilmoqda.

#xalqaro_forum #Giyohvandlik_kurashish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7
#Xalqaro_konferensiya

Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti 2026-yilgi Xalqaro amaliy tadqiqotlar konferensiyasiga mezbonlik qildi


Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitetida “Maqsadli innovatsiyalar: g‘oyalarni barqaror voqelikka aylantirish” mavzusida Xalqaro amaliy tadqiqotlar konferensiyasi (International Case Conference) bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davom etgan mazkur tadbir soha yetakchilari, amaliyotchi mutaxassislar hamda talabalarni bir maydonga jamladi. Ishtirokchilar yalpi majlislar, panel muhokamalari, seminarlar, amaliy keyslar taqdimotlari va modellashtirish bo‘yicha talabalar tanlovida faol qatnashdilar.

Batafsil: https://conference.wiut.uz/icc-2026

👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👍6
#matbuot_anjumani

Yangi farmon mohiyati va tizimdagi islohotlar ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkaziladi


📆 2026-yilning 15-aprel kuni soat 10:00 da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.

👥 Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish hamda Bilim va malakalarni baholash agentliklari rahbariyati, soha mutaxassislari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

📨 Tadbir davomida OAV va jamoatchilik vakillariga quyidagi masalalar yuzasidan maʼlumot beriladi:

➡️2026-yilning 1-choragi davomida Prezident, Prezident Administratsiyasi hamda hukumat hujjatlarida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasi boʻyicha belgilangan topshiriqlarning ijro holati;

➡️Prezidentimiz tomonidan yangi imzolangan “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son farmonining mamlakatimiz ilmiy salohiyatini oshirish va oliy taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyati;

➡️Taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda innovatsion iqtisodiyotga oʻtishni jadallashtirish boʻyicha oldinda turgan ustuvor vazifalar.

Anjuman soʻnggida jurnalistlar va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha rahbarlaridan toʻgʻridan toʻgʻri javob olishlari mumkin boʻladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”: QarDUda musobaqalar jarayoni ko‘zdan kechirildi

Sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida viloyatimizda bo‘lib turgan Respublika ishchi guruhi Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Jumladan, viloyat hokimi Murotjon Azimov, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov va tashkilot bosh kotibi Oybek Qosimov universitetda talabalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi bilan tanishdilar.


Batafsil...

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍173🔥1👏1
#xalqaro_hamkorlik #kongress

Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasida strategik hamkorlik mustahkamlanmoqda


Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari kongressining 2-kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali muloqotlar, B2B uchrashuvlar va ikki tomonlama muzokaralar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlar natijasida universitetlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi.

Xususan, kongress doirasida O‘zbekiston va Yevropa universitetlari o‘rtasida akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirishga qaratilgan 50 dan ortiq memorandum va shartnomalar imzolandi.


Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/153452

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍95🔥1