Edu.uz
134K subscribers
32.4K photos
6.41K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish nazarda tutilmoqda:

➡️davlat oliygohi prorektorlarini (mahalliy oliygohining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan lavozimga tayinlash;

➡️oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

➡️kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini belgilash;

➡️2027/2028 oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash;

➡️oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning oʻzlashtirilgan kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish tartibini belgilash;

➡️xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash, ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash;

➡️chet el fuqarolari uchun kontrakt toʻlovlari boʻyicha chegirmalar berish;

➡️xalqaro reyting tashkilotlari bilan oliygohni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27👍4🔥4😁4😱3
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston–Polsha hamkorligi: oliy taʼlim va fan sohasida yangi imkoniyatlar


2026-yil 13-aprel kuni Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Siradjev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqot davomida Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar universitetlararo aloqalarni kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/152778

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👍4
#Qonunchilik_yangiliklari

Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati takomillashtiriladi

“Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–135-son, 11.04.2026-y.) qabul qilindi.


📝 Qarorga ko‘ra, 2030-yilga qadar Toshkent davlat agrar universitetini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🟢 Universitetning xalqaro nufuzini oshirish hamda xalqaro reyting tashkilotlarining top-500 talik oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishga erishish;

🟢ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmini 3 baravarga oshirish;

🟢xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari sonini 4 baravarga oshirish.

➡️ 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:

➡️ agrar oliy ta’lim muassasalarida belgilangan ro‘yxatda keltirilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda o‘quv jarayonlarida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ulushi:

⚫️ 1-kursda – 60 foiz nazariy va 40 foiz amaliy;
⚫️ 2-kursda – 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
⚫️ 3-kursda – 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy bo‘lishi nazarda tutiladi;

✔️ Talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va sohalarning xususiyatidan kelib chiqib, Universitetning yuqori kurslarida o‘qish nazariy ta’limdan ajralgan holda 4 oy muddatga uzluksiz dual ta’lim (talabalar amaliyoti) asosida tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍8🤩1
Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi oʻz ishini boshladi

Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” oʻz ishini boshladi. Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan, shuningdek Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan vazirlar, vazir oʻrinbosarlari hamda 300 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun, Kongressda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 45 ta universitetdan 80 nafardan ortiq vakillar, Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 dan ortiq universitetdan 40 nafardan ziyod ishtirokchilar, shuningdek Oʻzbekistondan 80 dan ortiq oliy taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ziyod vakillar qatnashmoqda.


Kongressning rasmiy ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Siradjev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar, Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek, Tojikiston Respublikasi taʼlim va fan vaziri Saidzoda Rahim Hamro, Polsha akademik oliy taʼlim muassasalari rektorlari konferensiyasi (CRASP) prezidenti Bogumila Kanevska hamda IREG Academic Ranking & Excellence Observatory prezidenti Valdemar Sivinski ishtirok etdi. Ular tomonidan taʼlim va ilm-fan sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirishga doir fikr va takliflar bildirildi.

#xalqaro_hamkorlik #kongress

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/152850

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👏4