#Qonunchilik_yangiliklari
✴️ Taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining quyidagi vakolatlari oʻtkaziladi:
✔️ bakalavriat va magistraturaga qabul natijalarini tasdiqlash;
✔️ oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va ularni talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishning soʻnggi muddatini belgilash;
✔️ bir davlat oliygohidan boshqasiga talabalarning oʻqishini koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va oʻqishini koʻchirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tavsiya berish;
✔️ imtiyozga ega abituriyentlarni talabalikka tavsiya qilish;
✔️ xorijiy davlatlar fuqarolari, jumladan, xorijdagi vatandoshlar uchun ajratilgan grant oʻrinlariga talabalikka tavsiya etish.
💬 Bundan faqat Prezident hujjatlari bilan oliy ta’lim tashkilotlariga mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilgan hollar mustasno.
➡️ Shuningdek, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab:
➡️ davlat oliygohlarining rektori (xorijiy oliygoh filialining mahalliy rektori yoki direktori, ijrochi direktori)ni boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbari tavsiyasiga koʻra Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
➡️ davlat oliygohining filiali direktorini oliy taʼlim tashkiloti rektorining tavsiyasiga asosan lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
➡️ davlat oliygohlari rektorlari (direktorlari)ga intizomiy choralar koʻrish hamda prorektorlarni (direktor oʻrinbosarlarni) lavozimdan ozod etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
➡️ xorijiy va nodavlat oliygohlar tomonidan beriladigan oʻz namunasidagi diplom va uning ilovasida aks ettirilishi shart boʻlgan maʼlumotlarning minimal talabini belgilash;
➡️ magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda talab etiladigan xorijiy til sertifikati darajalarini belgilash.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👏4👍3🤔2
#Qonunchilik_yangiliklari
🖌 Farmonga ko‘ra:
➡️ Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etiladigan tanlovlarga kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish jarayonlarida bosqichma-bosqich sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.
➡️ Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Yoshlar innovatsiya markazi negizida Startaplarni qoʻllab-quvvatlash markazi tashkil etiladi;
➡️ Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi oliy, kasbiy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida axborot tizimlarini yaratish, sunʼiy intellektni joriy etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator hisoblanadi.
Bunda:
🟢 mavjud axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini oʻzaro integratsiya qilish orqali xavfsiz, barqaror va markazlashgan maʼlumot almashinuvini taʼminlaydigan yagona integratsiyalashgan raqamli ekotizim yaratiladi;
🟢 “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS”, “Akademik litseylarda taʼlim jarayonlarini boshqarish – EMIS” va “Kasbiy taʼlim jarayonlarini boshqarish – EMIS KT” axborot tizimlari yagona integratsiyalashgan raqamli ekotizimning bosh axborot tizimlari hisoblanadi;
🟢 Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar hamda taʼlim tashkilotlariga Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish huquqi beriladi;
➡️ Vazirlik huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi faoliyati “jalb etish – saralash – takomillashtirish – moliyalashtirishga tavsiya etish – joriy etish” tamoyillari asosida tashkil etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bunda:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍4👏2
#Qonunchilik_yangiliklari
⚡️ Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti kvotalarini taqsimlash va moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.
➡️ Unga ko‘ra:
📆 Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti asosidagi qabul parametrlari har yili 1-iyunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
✔️ Davlat granti asosidagi tanlovda ishtirok etishga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarga ruxsat etiladi.
📨 Tanlov boʻyicha saralash imtihoni bakalavriat taʼlim yoʻnalishining fanlar majmuasi boʻyicha oʻtkaziladi. Bunda Vazirlik har yili 1-iyulga qadar klassifikatorda mavjud boʻlmagan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining taʼlim sohalariga muvofiqligini belgilaydi hamda fanlar majmuasini eʼlon qiladi.
📝 Tanlov boʻyicha saralash imtihonlari har yili sentyabr-oktyabr oylarida oʻtkaziladi.
Bunda:
🟢 test sinovlari – Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan;
🟢 kasbiy (ijodiy) imtihonlar – Vazirlik tomonidan belgilangan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi.
✅ Davlat grantlari belgilangan minimal oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplaganlarga ballar ketma-ketligida taʼlim sohasi boʻyicha ajratilgan qabul koʻrsatkichlari doirasida taqdim etiladi.
💠 Davlat grantini olgan talabalar bilan oʻqishini tamomlagandan soʻng davlat (ulushi boʻlgan) tashkilotlarda uch yil davomida ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomalar rasmiylashtiriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bunda:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4
#Qonunchilik_yangiliklari
Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish nazarda tutilmoqda:
➡️ davlat oliygohi prorektorlarini (mahalliy oliygohining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan lavozimga tayinlash;
➡️ oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
➡️ kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini belgilash;
➡️ 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash;
➡️ oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning oʻzlashtirilgan kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish tartibini belgilash;
➡️ xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash, ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash;
➡️ chet el fuqarolari uchun kontrakt toʻlovlari boʻyicha chegirmalar berish;
➡️ xalqaro reyting tashkilotlari bilan oliygohni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish nazarda tutilmoqda:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤27👍4🔥4😁4😱3
#xalqaro_hamkorlik
Oʻzbekiston–Polsha hamkorligi: oliy taʼlim va fan sohasida yangi imkoniyatlar
2026-yil 13-aprel kuni Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Siradjev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar universitetlararo aloqalarni kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/152778
👉 На русском
👉 In English

❤11👍4
#Qonunchilik_yangiliklari
Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati takomillashtiriladi
📝 Qarorga ko‘ra, 2030-yilga qadar Toshkent davlat agrar universitetini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🟢 Universitetning xalqaro nufuzini oshirish hamda xalqaro reyting tashkilotlarining top-500 talik oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishga erishish;
🟢 ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmini 3 baravarga oshirish;
🟢 xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari sonini 4 baravarga oshirish.
➡️ 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:
➡️ agrar oliy ta’lim muassasalarida belgilangan ro‘yxatda keltirilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda o‘quv jarayonlarida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ulushi:
⚫️ 1-kursda – 60 foiz nazariy va 40 foiz amaliy;
⚫️ 2-kursda – 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
⚫️ 3-kursda – 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy bo‘lishi nazarda tutiladi;
✔️ Talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va sohalarning xususiyatidan kelib chiqib, Universitetning yuqori kurslarida o‘qish nazariy ta’limdan ajralgan holda 4 oy muddatga uzluksiz dual ta’lim (talabalar amaliyoti) asosida tashkil etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati takomillashtiriladi
✅ “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–135-son, 11.04.2026-y.) qabul qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍8🤩1
Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi oʻz ishini boshladi
Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” oʻz ishini boshladi. Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan, shuningdek Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan vazirlar, vazir oʻrinbosarlari hamda 300 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Kongressning rasmiy ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Siradjev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar, Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek, Tojikiston Respublikasi taʼlim va fan vaziri Saidzoda Rahim Hamro, Polsha akademik oliy taʼlim muassasalari rektorlari konferensiyasi (CRASP) prezidenti Bogumila Kanevska hamda IREG Academic Ranking & Excellence Observatory prezidenti Valdemar Sivinski ishtirok etdi. Ular tomonidan taʼlim va ilm-fan sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirishga doir fikr va takliflar bildirildi.
#xalqaro_hamkorlik #kongress
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/152850
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” oʻz ishini boshladi. Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan, shuningdek Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan vazirlar, vazir oʻrinbosarlari hamda 300 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Maʼlumot uchun, Kongressda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 45 ta universitetdan 80 nafardan ortiq vakillar, Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 dan ortiq universitetdan 40 nafardan ziyod ishtirokchilar, shuningdek Oʻzbekistondan 80 dan ortiq oliy taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ziyod vakillar qatnashmoqda.

❤11👏4