Edu.uz
123K subscribers
32.4K photos
6.41K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #Buxoro

Buxoro ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi — zamonaviy kasblar markazi


2026-yil 11-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Buxoro ilgʻor kasbiy mahorat texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir muassasa faoliyati bilan atroflicha tanishdi. Jumladan, taʼlim jarayonining tashkil etilishi, oʻquv-amaliy laboratoriyalar, zamonaviy jihozlar hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, texnikumda joriy etilayotgan innovatsion yondashuvlar, ishlab chiqarish bilan integratsiya jarayonlari, shu bilan birga, qurilishi rejalashtirilayotgan yangi oʻquv ustaxonalari va “Kasblar shaharchasi” loyihalari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/152678

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👍6👏2
#Qonunchilik_yangiliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimi “5 T” – taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish tamoyili asosida rivojlantiriladi


☑️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni qabul qilindi.

⭐️Unga koʻra, sohani rivojlantirishda yangi – “5 T” (taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish) tamoyili joriy etiladi.

📱Farmon bilan “U 10 – Oʻzbekistonning global darajadagi ilgʻor universitetlari” dasturi yoʻlga qoʻyiladi.

➡️Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy klaster tashkil etish loyihasi boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda gʻolib boʻlgan 10 ta oliygohga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi.

➡️Ilmiy klaster loyihasi – milliy tadqiqot universiteti – mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari – nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkiloti – ilmiy tashkilot – soha tashkilotlari ishtirokidagi yaxlit tizim hisoblanadi.

💰Eng muhimi, ilmiy klaster loyihasi 150 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda moliyalashtiriladi.

Ilmiy klaster loyihasi boʻyicha tanlovda gʻoliblar qanday aniqlanadi?

➡️Tanlov xalqaro miqyosda tan olingan Top-300 reytingga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda oʻtkaziladi. Ishtirokchilar quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:

🟢 loyihaga jalb etilgan professor-oʻqituvchilar va olimlarning salohiyati,
🟢 ishtirokchi oliygohlarning milliy hamda xalqaro reytinglardagi oʻrni;
🟢 oliy taʼlim (ilmiy) tashkilotlarning ilmiy va moddiy-texnik bazasi hamda loyihani birgalikda moliyalashtirishdagi qoʻshadigan ulushi gʻolibni aniqlashda asosiy vazifani bajaradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍7😁3👏2🤔1
#Qonunchilik_yangiliklari

Grantda taʼlim olayotgan bir nafar talabani oʻqitish xarajatlari miqdorini shakllantirish tartibi joriy etiladi


🎤 Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:

♻️ oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:

🟢milliy reyting talabalar soni ustuvor boʻlgan yoʻnalishlar asosida toifa guruhlariga ajratilgan holda yuritiladi;
🟢akademik, ilmiy va xalqaro faoliyati, raqamlashtirish darajasi va bitiruvchilar bandligi koʻrsatkichlari boʻyicha baholanadi;
🟢milliy reyting natijalariga koʻra, har bir toifa guruhiga mansub oliy taʼlim tashkilotlarining 20 foizi 1-darajaga, 40 foizdan 2- va 3-darajalarga kiritiladi;
🟢milliy reytingni yuritish tartibi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan belgilanadi.

♻️ Davlat granti asosida taʼlim olayotgan bir nafar talabani oʻqitish xarajatlari miqdorini quyidagi koʻrsatkichlardan kelib chiqib shakllantirish tartibi joriy etiladi:

⚫️ bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha talabalar soni nisbati;
⚫️ taʼlim yoʻnalishlari (ixtisosliklar) uchun talab etiladigan moddiy-texnik baza;
⚫️ kadrlar tayyorlashning ustuvor sohalariga mosligi;
⚫️ xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar;
⚫️ oliygohning maqomi va (yoki) toifasiga koʻra ilmiy tadqiqotga yoʻnaltirilganligi;
⚫️ milliy reyting natijalariga koʻra oliygohning darajasi;
⚫️ oliygohning hududiy mansubligi;
⚫️ oliygohni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar.

♻️ Davlat ilmiy dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlab olish va moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi.

🚫Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlarni ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlovlarsiz moliyalashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatdan tashqari boshqa maqsadlar uchun yoʻnaltirish taqiqlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👏4👍3😁2
#Qonunchilik_yangiliklari

Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalardan taʼlimning keyingi bosqichida xorijiy til sertifikati so‘ralmaydi


➡️ Farmonga ko‘ra:

📑 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etiladi.

🧾Davlat OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan grant kvotalarining toʻlmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grant (oʻqish xarajatini qoplash va maxsus stipendiya) berishni nazarda tutuvchi “Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi” dasturi amalga oshiriladi.

📝2026/2027 oʻquv yilidan boshlab xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish “Study in Uzbekistan” platformasi orqali yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, qabul shartlari va tartibi oliy taʼlim tashkiloti tomonidan mustaqil belgilanadi.

🔅Shuningdek, taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
47👍14👏8😁4
#Qonunchilik_yangiliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Innovatsion rivojlanish agentligiga ham rahbarlik qiladi


📌 Farmonga ko‘ra:

🗂 Innovatsion rivojlanish agentligining mavjud shtat birliklari doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari – Innovatsion rivojlanish agentligi direktori hamda 2 ta direktor oʻrinbosari lavozimlari joriy etiladi.

📌 tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnik kengashlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan Innovatsion rivojlanish agentligiga oʻtkaziladi.

📝Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi negizida Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi tashkil etiladi.

🔄 Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Yoshlar akademiyasi negizida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

🌎 Shuningdek, oliy taʼlim tizimini doimiy rivojlantirib borish maqsadida Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga byudjetdan 2026-yilda qoʻshimcha 20 mlrd soʻm ajratiladi, 2027-yildan boshlab har yili 70 mlrd soʻm nazarda tutiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥3👏2
#Qonunchilik_yangiliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda


✴️Taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining quyidagi vakolatlari oʻtkaziladi:

✔️ bakalavriat va magistraturaga qabul natijalarini tasdiqlash;

✔️oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va ularni talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishning soʻnggi muddatini belgilash;

✔️bir davlat oliygohidan boshqasiga talabalarning oʻqishini koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va oʻqishini koʻchirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tavsiya berish;

✔️imtiyozga ega abituriyentlarni talabalikka tavsiya qilish;

✔️xorijiy davlatlar fuqarolari, jumladan, xorijdagi vatandoshlar uchun ajratilgan grant oʻrinlariga talabalikka tavsiya etish.

💬 Bundan faqat Prezident hujjatlari bilan oliy ta’lim tashkilotlariga mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilgan hollar mustasno.

➡️Shuningdek, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab:

➡️davlat oliygohlarining rektori (xorijiy oliygoh filialining mahalliy rektori yoki direktori, ijrochi direktori)ni boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbari tavsiyasiga koʻra Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

➡️davlat oliygohining filiali direktorini oliy taʼlim tashkiloti rektorining tavsiyasiga asosan lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

➡️davlat oliygohlari rektorlari (direktorlari)ga intizomiy choralar koʻrish hamda prorektorlarni (direktor oʻrinbosarlarni) lavozimdan ozod etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

➡️xorijiy va nodavlat oliygohlar tomonidan beriladigan oʻz namunasidagi diplom va uning ilovasida aks ettirilishi shart boʻlgan maʼlumotlarning minimal talabini belgilash;

➡️magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda talab etiladigan xorijiy til sertifikati darajalarini belgilash.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👏4👍3🤔2
#Qonunchilik_yangiliklari

🖌 Farmonga ko‘ra:

➡️Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etiladigan tanlovlarga kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish jarayonlarida bosqichma-bosqich sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.

➡️Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Yoshlar innovatsiya markazi negizida Startaplarni qoʻllab-quvvatlash markazi tashkil etiladi;

➡️Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi oliy, kasbiy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida axborot tizimlarini yaratish, sunʼiy intellektni joriy etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator hisoblanadi.

Bunda:

🟢mavjud axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini oʻzaro integratsiya qilish orqali xavfsiz, barqaror va markazlashgan maʼlumot almashinuvini taʼminlaydigan yagona integratsiyalashgan raqamli ekotizim yaratiladi;

🟢 “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS”, “Akademik litseylarda taʼlim jarayonlarini boshqarish – EMIS” va “Kasbiy taʼlim jarayonlarini boshqarish – EMIS KT” axborot tizimlari yagona integratsiyalashgan raqamli ekotizimning bosh axborot tizimlari hisoblanadi;

🟢 Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar hamda taʼlim tashkilotlariga Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish huquqi beriladi;

➡️Vazirlik huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi faoliyati “jalb etish – saralash – takomillashtirish – moliyalashtirishga tavsiya etish – joriy etish” tamoyillari asosida tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍4👏2