Edu.uz
123K subscribers
32.4K photos
6.41K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Ta’lim va fan sohasida muhim masalalar muhokama qilindi

Ta’lim va fan sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashida sohaga oid dolzarb yo‘nalishlar hamda ustuvor vazifalar yuzasidan muhim yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tarmoq kengashiga tegishli kasb va lavozimlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur jarayonda amaldagi Mashg‘ulotlarning milliy klassifikatori zamonaviy talablar asosida shakllanayotgan yangi kasblarni qamrab olish darajasi tahlil qilinishi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, uni takomillashtirishda ilg‘or xalqaro tajribalardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etishi e’tirof etildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151859

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Malayziya – O‘zbekiston” birinchi xalqaro olima ayollar forumi o‘tkazildi

8–9 aprel kunlari Malayziyaning Melaka shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Malayziya oliy taʼlim vazirligi hamkorligida Birinchi xalqaro olima ayollar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev, Malayziya Oliy ta’lim bosh direktori Azlinda binti Azman hamda Melaka shtati gubernatori Mohd Ali bin Mohd Rustam forumni ochib berib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlik istiqbollarini ta’kidladilar. Shuningdek, forumni ochishda ishtirok etgan Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova ayol olimalarning ilm-fan rivojidagi o‘rni va innovatsion g‘oyalarini alohida e’tirof etdi.

Forumda ikki davlat oliygohlari rahbarlari va delegatsiyalari ishtirok etib, 30 ga yaqin muhim memorandum va kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, tadbir doirasida biznes-forum hamda “O‘zbekiston – Malayziya” fan, ta’lim va madaniyat ko‘rgazmalari tashkil etilib, unda oliygohlar o‘z salohiyatini namoyish etdi.

Batafsil: https://surl.li/skmqfg

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15👏5🔥4🤔2😁1
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilandi


💬Hukumatning 2026-yil 9-apreldagi 161-son qarori bilan “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

🪟 Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq tegishli oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan talabgorlarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan holda yoki ilmiy ekspertizasiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi.

💬 Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi hamda YAIDXP (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂 So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

➡️ ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjat (notarial tasdiqlangan);

➡️ dissertatsiyaning nusxasi.

🗂 Hujjatni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun talabgordan BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

📊 Ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng 20 kun ichida ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

🗒 Bunda ijobiy xulosa berilganda, nostrifikatsiya qilingani to‘g‘risidagi guvohnoma yoki salbiy xulosa beriladi.

✈️ Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasida shakllantirilgan guvohnomalar elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhandislik_oyligi #Oliygoh_kubogi

Robot va dronlar maydonida keskin bahslar: “Oliygoh kubogi” qizg‘in pallada


Urganch davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Oliygoh kubogi” tanlovi tobora qizg‘in pallaga kirmoqda. Bugungi bellashuvlar zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan Robototexnika hamda Dron texnologiyalari yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy sinovlarda namoyon etib, innovatsion yechimlar, muhandislik tafakkuri va kreativ yondashuv orqali hakamlar hay’ati e’tiborini qozonishga harakat qilishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍4🥰2👏2🔥1
#Mirziyoyev #safar #Buxoro #meros

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroning tarixiy qismiga tashrif buyurdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил историческую часть Бухары.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
113🔥2👍1
#xizmat_safari #Buxoro

Vazir Buxorodagi kasbiy taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishdi

10-aprel kuni Qoʻngʻirotboy Sharipov Buxoro shahridagi qator kasbiy taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab Buxoro shahar 1-son texnikumida Pearson dasturi asosida yoʻlga qoʻyilgan taʼlim jarayoni, shuningdek, Speaking Club, axborot-resurs markazi va sport mashgʻulotlari koʻzdan kechirildi. Shundan soʻng Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida xalqaro hamkorlik ishlari hamda oʻquvchilar yutuqlari bilan tanishildi.

Tashrif yakunida texnikumlarda taʼlim sifatini oshirish, amaliy koʻnikmalarni kuchaytirish va xalqaro dasturlarni keng joriy etish boʻyicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/152509

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15🥰3👏3👍2
#Osiyo_chempionati #boks

🏆Farg'ona davlat universiteti talabasi Abdulloh Madaminov Osiyo chempioni!

Moʻgʻulistonning Ulan Bator shahri mezbonligidagi kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati ayni damda final janglari boʻlib oʻtmoqda.

65 kg vazn toifasidagi vakilimiz Abdulloh Madaminov qitʼa chempionligi uchun tailandlik Bunjong Sinsiriga qarshi jang qildi. Toʻliq 3 raund davom etgan bahsda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi – 5:0.

Farg'ona davlat universitetining sport faoliyati fakulteti talabasi Abdulloh Madaminovni bu ulkan gʻalaba bilan tabriklaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2711🔥1👏1😁1