Edu.uz
123K subscribers
32.4K photos
6.41K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
TDTUda “Oliygoh kubogi” tanloviga start berildi

Toshkent davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” doirasida yilning eng kutilgan tadbirlaridan biri — umumiy mukofot jamg‘armasi 100 million so‘mni tashkil etuvchi “Oliygoh kubogi” tanloviga rasman start berildi.

9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida universitet rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov so‘zga chiqib, tanlovni ochiq deb e’lon qildi. Mazkur tadbir doirasida oliygohda zamonaviy Startap hub centre hamda Coworking markazlarining ochilish marosimi ham o‘tkazildi.

Batafsil: https://tdtu.uz/new/news/806

👉 На русском
👉 In English

#Muhandislik_oyligi #Kelajak_muhandislari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍126
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Amir Temur" filmi — buyuk tarix ekranlarda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi keng nishonlanmoqda va  aprel  “Amir Temur oyi” deb eʼlon qilindi. Ushbu tarixiy sana sharafiga xalqaro jamoa bilan hamkorlikda yurtimizda suratga olingan ulkan tarixiy epos — “Amir Temur” filmi ekranlarga chiqdi.

Aprel oyi davomida film quyidagi shaharlardagi kinoteatrlarda namoyish etiladi:
Toshkent: Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyi (Panorama), Cinemaplex Chigotoy, Cinematica, Compass Cinema, Next Cinema, Parus Cinema, Riviyera Cinema, Sergeli Cinema, Magic Cinema
Andijon: Oʻzbegim Cinema
Samarqand: Family Cinema
Jizzax: Orom Cinema
Urganch: Tomaris Cinema
Buxoro: Buxoro CInema
Fargʻona: Alisher Navoiy nomli kinosaroyi


Oliy taʼlim muassasalarining talabalari, oʻqituvchilari va xodimlariga ushbu filmni koʻrishni tavsiya qilamiz. Bu xalqimizning buyuk tarixiga yaqinlashish va uni katta ekranda koʻrish imkoniyatidir.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
114👍5👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_kubogi #chim_ustida_xokkey #final

“Vazir kubogi”: qizlar oʻrtasida chim ustida xokkey — ilk musobaqa, ilk gʻoliblari ni taqdirlash jarayonlaridan video lavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍82🔥2
#Qonunchilik_yangiliklari

Nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti beriladi


📢 Hukumatning 2026-yil 9-apreldagi 159-son qarori bilan “Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

💰 Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy sotib olish uchun BHMning 2 150 baravarigacha 10 yil muddatga har oyda qaytarish sharti bilan kredit ajratiladi.

🖼 Kredit tijorat banki hisobidan yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.

🔗 Kredit oluvchi YAIDXP (my.gov.uz) orqali davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

✍️ Kredit oluvchiga kredit, u quyidagi shartlarning barchasiga javob berganda ajratiladi:

➡️ O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganda;

➡️ kredit olish uchun ariza bilan murojaat qilgan kunda 35 yoshdan oshmaganda;

➡️ kredit oluvchi ushbu xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan reytingda yuqori 100 talik ro‘yxatga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olganda;

➡️ kredit oluvchining xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olganligi haqidagi diplomi belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilinganda.

📝 Kredit oluvchi ipoteka krediti ajratish bo‘yicha YAIDXP orqali quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:

🟢 kredit olish to‘g‘risida ariza;

🟢 kredit oluvchi tomonidan sotib olinadigan uy-joy bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma.

♻️ Tijorat banki 3 ish kuni ichida uning to‘lovga layoqatini o‘rganib, uy-joy sotib olish uchun unga ajratilishi mumkin bo‘lgan kredit miqdori to‘g‘risida bank xulosasini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

📨 Bunda kredit sotib olinadigan uy-joy qiymatining 80 foizidan oshmasligi lozim.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Ta’lim va fan sohasida muhim masalalar muhokama qilindi

Ta’lim va fan sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashida sohaga oid dolzarb yo‘nalishlar hamda ustuvor vazifalar yuzasidan muhim yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tarmoq kengashiga tegishli kasb va lavozimlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur jarayonda amaldagi Mashg‘ulotlarning milliy klassifikatori zamonaviy talablar asosida shakllanayotgan yangi kasblarni qamrab olish darajasi tahlil qilinishi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, uni takomillashtirishda ilg‘or xalqaro tajribalardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etishi e’tirof etildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151859

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Malayziya – O‘zbekiston” birinchi xalqaro olima ayollar forumi o‘tkazildi

8–9 aprel kunlari Malayziyaning Melaka shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Malayziya oliy taʼlim vazirligi hamkorligida Birinchi xalqaro olima ayollar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev, Malayziya Oliy ta’lim bosh direktori Azlinda binti Azman hamda Melaka shtati gubernatori Mohd Ali bin Mohd Rustam forumni ochib berib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlik istiqbollarini ta’kidladilar. Shuningdek, forumni ochishda ishtirok etgan Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova ayol olimalarning ilm-fan rivojidagi o‘rni va innovatsion g‘oyalarini alohida e’tirof etdi.

Forumda ikki davlat oliygohlari rahbarlari va delegatsiyalari ishtirok etib, 30 ga yaqin muhim memorandum va kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, tadbir doirasida biznes-forum hamda “O‘zbekiston – Malayziya” fan, ta’lim va madaniyat ko‘rgazmalari tashkil etilib, unda oliygohlar o‘z salohiyatini namoyish etdi.

Batafsil: https://surl.li/skmqfg

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15👏5🔥4🤔2😁1
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilandi


💬Hukumatning 2026-yil 9-apreldagi 161-son qarori bilan “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

🪟 Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq tegishli oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan talabgorlarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgan holda yoki ilmiy ekspertizasiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi.

💬 Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi hamda YAIDXP (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂 So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

➡️ ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjat (notarial tasdiqlangan);

➡️ dissertatsiyaning nusxasi.

🗂 Hujjatni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun talabgordan BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

📊 Ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng 20 kun ichida ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

🗒 Bunda ijobiy xulosa berilganda, nostrifikatsiya qilingani to‘g‘risidagi guvohnoma yoki salbiy xulosa beriladi.

✈️ Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasida shakllantirilgan guvohnomalar elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhandislik_oyligi #Oliygoh_kubogi

Robot va dronlar maydonida keskin bahslar: “Oliygoh kubogi” qizg‘in pallada


Urganch davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Oliygoh kubogi” tanlovi tobora qizg‘in pallaga kirmoqda. Bugungi bellashuvlar zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan Robototexnika hamda Dron texnologiyalari yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy sinovlarda namoyon etib, innovatsion yechimlar, muhandislik tafakkuri va kreativ yondashuv orqali hakamlar hay’ati e’tiborini qozonishga harakat qilishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍4🥰2👏2🔥1