Edu.uz
123K subscribers
32.4K photos
6.41K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#AmirTemurVorislari #AmirTemur690

Sohibqiron xotirasiga ehtirom ifodasi


Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan yurtimizda ulugʻ ajdodimiz xotirasiga ehtirom va ehtiros uygʻunlashgan maʼnaviy tadbirlar davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi poytaxtimizdagi qator oliygohlar talabalari, professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda poytaxtimiz markazida joylashgan Amir Temur xiyobonidagi Sohibqiron haykali poyiga tantanali ravishda gulchambar qoʻydi. Mazkur marosimda buyuk sarkarda va davlat arbobining beqiyos xizmatlari, uning yuksak davlatchilik maktabi va insoniyat tamadduniga qoʻshgan ulkan hissasi yana bir bor yod etildi.

Shundan soʻng, vazirlik jamoasi Amir Temur muzeyiga tashrif buyurib, u yerda namoyish etilgan nodir eksponatlar, tarixiy hujjatlar va Temuriylar davri madaniyatiga oid boy meros bilan yaqindan tanishdi. Muzeydagi har bir asar Sohibqironning buyuk shaxsiyati, uning dunyo tamaddunidagi oʻrni va ahamiyatini yanada chuqur his etish imkonini berdi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍158🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi, nega dunyo bunchalik tez rivojlanmoqda? Buning zamirida muhandislik ilmi yotadi.

Insoniyatning Oyga qo‘nishidan tortib, “Titanik” kemasining suvga tushirilishigacha bo‘lgan barcha buyuk yutuqlar muhandislik tafakkuri mahsulidir. Bugungi kunda ham zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va infratuzilma rivoji aynan muhandislarning izlanishlari bilan chambarchas bog‘liq.

O‘zbekistonning jadal taraqqiy etishi ham muhandislik bilimlari va innovatsion yondashuvlarga tayanadi. Shu bois, joriy yilning 28–30-aprel kunlari yurtimizda Muhandislik xalqaro festivali doirasida keng ko‘lamli chempionat o‘tkazilmoqda.


Unutmang: dunyoni o‘zgartiradiganlar — bu yaratuvchilardir.

😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARQMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!

🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍2
TDTUda “Oliygoh kubogi” tanloviga start berildi

Toshkent davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” doirasida yilning eng kutilgan tadbirlaridan biri — umumiy mukofot jamg‘armasi 100 million so‘mni tashkil etuvchi “Oliygoh kubogi” tanloviga rasman start berildi.

9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida universitet rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov so‘zga chiqib, tanlovni ochiq deb e’lon qildi. Mazkur tadbir doirasida oliygohda zamonaviy Startap hub centre hamda Coworking markazlarining ochilish marosimi ham o‘tkazildi.

Batafsil: https://tdtu.uz/new/news/806

👉 На русском
👉 In English

#Muhandislik_oyligi #Kelajak_muhandislari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍126
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Amir Temur" filmi — buyuk tarix ekranlarda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi keng nishonlanmoqda va  aprel  “Amir Temur oyi” deb eʼlon qilindi. Ushbu tarixiy sana sharafiga xalqaro jamoa bilan hamkorlikda yurtimizda suratga olingan ulkan tarixiy epos — “Amir Temur” filmi ekranlarga chiqdi.

Aprel oyi davomida film quyidagi shaharlardagi kinoteatrlarda namoyish etiladi:
Toshkent: Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyi (Panorama), Cinemaplex Chigotoy, Cinematica, Compass Cinema, Next Cinema, Parus Cinema, Riviyera Cinema, Sergeli Cinema, Magic Cinema
Andijon: Oʻzbegim Cinema
Samarqand: Family Cinema
Jizzax: Orom Cinema
Urganch: Tomaris Cinema
Buxoro: Buxoro CInema
Fargʻona: Alisher Navoiy nomli kinosaroyi


Oliy taʼlim muassasalarining talabalari, oʻqituvchilari va xodimlariga ushbu filmni koʻrishni tavsiya qilamiz. Bu xalqimizning buyuk tarixiga yaqinlashish va uni katta ekranda koʻrish imkoniyatidir.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
114👍5👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_kubogi #chim_ustida_xokkey #final

“Vazir kubogi”: qizlar oʻrtasida chim ustida xokkey — ilk musobaqa, ilk gʻoliblari ni taqdirlash jarayonlaridan video lavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍82🔥2