Edu.uz
123K subscribers
32.4K photos
6.41K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#YoshlarKuni #OchiqMuloqot #vazir

Vazir va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi


2026-yil 9-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Uchrashuv Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida oʻtkazilishi belgilangani doirasida tashkil etildi.


Muloqot davomida vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov davlat grantlari, xalqaro stipendiya dasturlari, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari haqida batafsil toʻxtaldi.

Tadbir yakunida Prezident davlat stipendiyasi sohibi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bosqichi 2-kurs talabasi Usmonov Otabek Iqboljon oʻgʻliga stipendiya guvohnomasi vazir tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151902

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍3
#AmirTemurVorislari #AmirTemur690

Sohibqiron xotirasiga ehtirom ifodasi


Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan yurtimizda ulugʻ ajdodimiz xotirasiga ehtirom va ehtiros uygʻunlashgan maʼnaviy tadbirlar davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi poytaxtimizdagi qator oliygohlar talabalari, professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda poytaxtimiz markazida joylashgan Amir Temur xiyobonidagi Sohibqiron haykali poyiga tantanali ravishda gulchambar qoʻydi. Mazkur marosimda buyuk sarkarda va davlat arbobining beqiyos xizmatlari, uning yuksak davlatchilik maktabi va insoniyat tamadduniga qoʻshgan ulkan hissasi yana bir bor yod etildi.

Shundan soʻng, vazirlik jamoasi Amir Temur muzeyiga tashrif buyurib, u yerda namoyish etilgan nodir eksponatlar, tarixiy hujjatlar va Temuriylar davri madaniyatiga oid boy meros bilan yaqindan tanishdi. Muzeydagi har bir asar Sohibqironning buyuk shaxsiyati, uning dunyo tamaddunidagi oʻrni va ahamiyatini yanada chuqur his etish imkonini berdi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍158🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi, nega dunyo bunchalik tez rivojlanmoqda? Buning zamirida muhandislik ilmi yotadi.

Insoniyatning Oyga qo‘nishidan tortib, “Titanik” kemasining suvga tushirilishigacha bo‘lgan barcha buyuk yutuqlar muhandislik tafakkuri mahsulidir. Bugungi kunda ham zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va infratuzilma rivoji aynan muhandislarning izlanishlari bilan chambarchas bog‘liq.

O‘zbekistonning jadal taraqqiy etishi ham muhandislik bilimlari va innovatsion yondashuvlarga tayanadi. Shu bois, joriy yilning 28–30-aprel kunlari yurtimizda Muhandislik xalqaro festivali doirasida keng ko‘lamli chempionat o‘tkazilmoqda.


Unutmang: dunyoni o‘zgartiradiganlar — bu yaratuvchilardir.

😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARQMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!

🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍2
TDTUda “Oliygoh kubogi” tanloviga start berildi

Toshkent davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” doirasida yilning eng kutilgan tadbirlaridan biri — umumiy mukofot jamg‘armasi 100 million so‘mni tashkil etuvchi “Oliygoh kubogi” tanloviga rasman start berildi.

9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida universitet rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov so‘zga chiqib, tanlovni ochiq deb e’lon qildi. Mazkur tadbir doirasida oliygohda zamonaviy Startap hub centre hamda Coworking markazlarining ochilish marosimi ham o‘tkazildi.

Batafsil: https://tdtu.uz/new/news/806

👉 На русском
👉 In English

#Muhandislik_oyligi #Kelajak_muhandislari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍126