Edu.uz
137K subscribers
32.4K photos
6.42K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Ozarbayjon #Boku #Konferensiya

Bokuda xalqaro turkologik tadqiqotlar konferensiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 8-aprel kuni Boku Slavyan universitetida “I Turkologik qurultoyning 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro turkologik tadqiqotlar konferensiyasi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi prezidenti Isa Habbibeyli, Ozarbayjon Respublikasining Bosniya va Gersegovinadagi favqulodda va muxtor elchisi Vilayet Quliyev, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Namangan davlat universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari hamda boshqa turkiy davlatlar universitetlari rahbarlari va yetakchi olimlar ishtirok etdilar.

Konferensiyaning asosiy maqsadi turkologiya sohasidagi tadqiqotlarning kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Batafsil: https://namdu.uz/post=1280

🇷🇺 На русском
🇺🇸 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥1👏1
Forwarded from Kelajak soati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dars: “Sohibqiron Amir Temur”

Tarix fanlari nomzodi, dotsent, temurshunos olima Ozoda Rahmatullayeva tomonidan Oʻzbekiston milliy universiteti talabalariga “Sohibqiron Amir Temur” mavzusidagi “Kelajak soati” darsi oʻtildi.

Darsning toʻliq varianti: https://youtu.be/kt0DDV2G82Q

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
8👏1
Oʻzbekiston–Fransiya: taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik muhokama qilindi

9-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Ilhom Sirojev hamda Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, xususan, Oʻzbek-Fransuz universiteti faoliyatini samarali tashkil etish va uning salohiyatidan toʻliq foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/151923

#xalqaro_hamkorlik #Fransiya

🇷🇺 На русском
🇺🇸 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#YoshlarKuni #OchiqMuloqot #vazir

Vazir va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi


2026-yil 9-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Uchrashuv Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida oʻtkazilishi belgilangani doirasida tashkil etildi.


Muloqot davomida vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov davlat grantlari, xalqaro stipendiya dasturlari, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari haqida batafsil toʻxtaldi.

Tadbir yakunida Prezident davlat stipendiyasi sohibi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bosqichi 2-kurs talabasi Usmonov Otabek Iqboljon oʻgʻliga stipendiya guvohnomasi vazir tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151902

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍3