Edu.uz
141K subscribers
32.4K photos
6.42K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Vazir kubogi”: qizlar oʻrtasida chim ustida xokkey — ilk musobaqa, ilk gʻoliblar

9-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Vazir kubogi” doirasida ilk bor tashkil etilgan qizlar oʻrtasidagi chim ustida xokkey musobaqalarining final oʻyinlari yuqori kayfiyat va keskin raqobat ruhida boʻlib oʻtdi.

Oʻyinlar yakuniga koʻra:
• 1-oʻrin — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi
• 2-oʻrin — Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi
• 3-oʻrin — Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasiga nasib etdi


Gʻolib va sovrindor jamoalar munosib ragʻbatlantirilib, mos ravishda 50 million, 40 million va 30 million soʻm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqa davomida alohida mahorat va faollik namoyon etgan sportchi qizlar ham eʼtibordan chetda qolmadi. Eng yaxshi oʻyin koʻrsatgan ishtirokchilar turli nominatsiyalar boʻyicha munosib taqdirlanib, ularga pul mukofotlari topshirildi.

Tantanali taqdirlash marosimida Qoʻngʻirotboy Sharipov, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi oʻrinbosari Rinat Axmadulin ishtirok etdilar.

#Vazir_kubogi #chim_ustida_xokkey #final

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151849

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1311😁1🤔1
#Qonunchilik_yangiliklari

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish tartibi belgilandi


🏢 Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida o‘qishga oid idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3808, 08.04.2026-y.).

💬 Mazkur hujjat bilan Institutda mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek Institutning magistratura va klinik ordinaturasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishni tashkil etish tartibi belgilanmoqda.

👥 Unga ko‘ra, tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlab chiqarishdan ajralgan holda hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi.

📑Tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.

🔸 Kurslar Institut bilan kelishilgan holda buyurtmachi tomonidan tuziladigan taqsimot-rejalarga asosan tashkil etiladi.

💸 Tinglovchilar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida Institut bilan shartnomaga muvofiq to‘lov asosida o‘qitiladi.

▶️ Sinov imtihonlari oraliq va yakuniy nazorat turlaridan iborat bo‘lib, test shaklida o‘tkaziladi.

❗️ Tinglovchilarning o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida baholanadi.

🏬 Institut tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga sertifikat taqdim etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Dayjest

Oliy ta’lim tashkilotlarida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.


Tashkil etilgan tadbirlarda buyuk sarkarda va davlat arbobi, adolat va ulug‘vorlik timsoli – Sohibqiron Amir Temurning hayot yo‘li, janglardagi jasorati, shaxsiyati, uning davlat boshqaruvidagi donoligi, adolatparvarligi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida so‘z yuritilmoqda. Quyidagi havolalar orqali tadbirlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

↪️Toshkent davlat yuridik universiteti

↪️Buxoro davlat pedagogika instituti

↪️Nukus davlat pedagogika instituti

↪️Termiz davlat universiteti

↪️TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti

↪️Buxoro davlat universiteti

↪️Andijon davlat texnika instituti

↪️Farg‘ona davlat texnika universiteti

↪️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

↪️Andijon davlat universiteti

↪️O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

↪️Andijon davlat pedagogika instituti

↪️Qarshi davlat universiteti

↪️Samarqand davlat universiteti Urgut filiali

↪️Toshkent davlat agrar universiteti

↪️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

↪️Osiyo Xalqaro universiteti

↪️Innovatsion texnologiyalar universiteti

↪️Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali

↪️Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

↪️Namangan davlat texnika universiteti

↪️“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

↪️Qarshi davlat texnika universiteti

↪️Urganch innovatsion universiteti

↪️Termiz davlat pedagogika instituti

↪️Angren universiteti

↪️Olmaliq davlat texnika instituti

↪️Andijon davlat tibbiyot instituti

↪️Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti

↪️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

↪️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

↪️O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti

↪️“Yangi O‘zbekiston” universiteti

↪️Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

↪️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali

↪️Samarqand davlat universiteti

↪️Toshkent davlat tibbiyot universiteti

↪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

↪️Guliston davlat universiteti

↪️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

↪️Samarqand davlat tibbiyot universiteti

↪️Jizzax davlat pedagogika universiteti

↪️Toshkent kimyo-texnologiya instituti

↪️Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

↪️Urganch davlat pedagogika instituti

↪️Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali

↪️Namangan davlat pedagogika instituti

↪️“University of Business and Science” Toshkent filiali

↪️Jizzax politexnika instituti


Bu kabi tadbirlar yoshlarimiz qalbida tariximizga, buyuk ajdodlarimizga nisbatan faxr va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
#Ozarbayjon #Boku #Konferensiya

Bokuda xalqaro turkologik tadqiqotlar konferensiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 8-aprel kuni Boku Slavyan universitetida “I Turkologik qurultoyning 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro turkologik tadqiqotlar konferensiyasi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi prezidenti Isa Habbibeyli, Ozarbayjon Respublikasining Bosniya va Gersegovinadagi favqulodda va muxtor elchisi Vilayet Quliyev, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Namangan davlat universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari hamda boshqa turkiy davlatlar universitetlari rahbarlari va yetakchi olimlar ishtirok etdilar.

Konferensiyaning asosiy maqsadi turkologiya sohasidagi tadqiqotlarning kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Batafsil: https://namdu.uz/post=1280

🇷🇺 На русском
🇺🇸 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥1👏1