Edu.uz
144K subscribers
32.4K photos
6.42K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_topshirigʻi_amalda

Atom energetikasi yo‘nalishida yangi hamkorlik bosqichi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-dekabrda Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Jizzax politexnika instituti qoshida atom energetikasi sohasida muhandislik maktabini tashkil etish hamda mazkur yo‘nalishda Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha muhim topshiriqlar berilgan edi.


Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil: https://jizpi.uz/uz/yangiliklar/570/

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1411🔥4🤩3🤔1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, mashhur davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #AmirTemur #xotira

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍157🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhandislik_oyligi | #UrDU

Yosh muhandislar “Yangi avlod avtomobili” ustida ishlamoqda

Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti Texnika fakultetining iqtidorli talabalari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida o‘tkaziladigan “Yangi avlod avtomobili” musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Yosh muhandislar jamoasi tomonidan yaratilayotgan ushbu elektr energiyasi yordamida harakatlanadigan innovatsion avtomobil loyihasining o‘ziga xos jihati shundaki, elektromobil kichik o‘lcham va yengil massa bilan ajralib turishiga qaramay, yuqori tezlikda harakatlana olish imkoniyatiga ega.

Talabalar tomonidan ishlab chiqilayotgan mazkur model zamonaviy muhandislik yechimlari, energiya tejamkorlik va ekologik xavfsizlik tamoyillarini o‘zida mujassam etgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12
BuxDUda oliy ta’lim transformatsiyasi, bitiruvchilar bandligi va robototexnika masalalari muhokama qilindi

Buxoro davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov ishtirokida qator muhim uchrashuv va tanishuv tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Unda oliy ta’lim tizimi transformatsiyasi, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash hamda universitetda robototexnika yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: https://is.gd/4X15Vw

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍146🔥3🥰2🤩1