Edu.uz
144K subscribers
32.5K photos
6.42K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#JamoatchilikKengashi #seminar

Oliy taʼlim tizimida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi


2026-yil 8-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Oliy taʼlim tashkilotlari huzurida jamoatchilik kengashi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda vazirning Tashkiliy-nazorat masalalar bo‘yicha maslahatchisi Aziz Meliboyev, Feruza Rashidova boshchiligidagi vazirlik Jamoatchilik kengashi aʼzolari, Hakamlik sudi raisi Ulug‘murod Ernazarov, respublika oliy taʼlim tashkilotlari vakillari, sohada tajribaga ega mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi – oliy taʼlim tizimida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, kengashlar faoliyatini mazmunan boyitish va ularning taʼsirchanligini oshirishdan iborat boʻldi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151443

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur #690_yilligi

Adolat va ulug‘vorlik timsoli: Sohibqiron – 690 yil!


Bugun, 9-aprel — buyuk bobomiz, yengilmas sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun. 690 yil o‘tsa-da, Sohibqironning o‘gitlari bugungi kun yoshlari uchun haqiqiy mayoq bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ushbu videoda bobomizning ilm va tafakkur haqidagi eng nodir o‘gitlari jonlangan.
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni, birgina to‘g‘ri tadbir va ilm sohibi bo‘lgan kishi hal qilishi mumkin.


Biz — buyuk zotlar avlodimiz. Bizning kuchimiz — bilimimizda, g‘ayratimizda va birligimizda!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍239🔥3
Tojikistonda “Study in Uzbekistan” veb-portali taqdim etildi

2026-yil 6-aprel kuni Dushanbe shahrida Xorijiy davlatlar universitetlarining Uchinchi xalqaro festival-ko‘rgazmasi — “Tojikiston–2026” o‘z ishini boshladi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamda respublika oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Study in Uzbekistan” veb-portali taqdim etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/151448

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍1
#Prezident_topshirigʻi_amalda

Atom energetikasi yo‘nalishida yangi hamkorlik bosqichi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-dekabrda Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Jizzax politexnika instituti qoshida atom energetikasi sohasida muhandislik maktabini tashkil etish hamda mazkur yo‘nalishda Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha muhim topshiriqlar berilgan edi.


Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida Toshkent shahridagi “Moskva muhandislik fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil: https://jizpi.uz/uz/yangiliklar/570/

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1411🔥4🤩3🤔1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, mashhur davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #AmirTemur #xotira

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍157🔥2