Edu.uz
154K subscribers
32.8K photos
6.46K videos
266 files
16.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Sanoat korxonalarining ekologik muhofazasi va mehnat xavfsizligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Barqaror rivojlanish sharoitida sanoat korxonalarining ekologik muhofazasi va mehnat xavfsizligini ta’minlash: tajriba, muammolar va istiqbollar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur anjuman, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Innovative Academy ilmiy tadqiqotlar markazi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida tashkil etilgan.


Anjuman doirasida sanoat korxonalarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mehnat muhofazasi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mavjud muammolar va ularning samarali yechimlari yuzasidan dolzarb masalalar keng muhokama qilinmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
11👍4👏3🔥1
#AQSh_talabalar_Oʻzbekiston

Nordik universitetida Garvard talabalari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi

Xalqaro Nordik universitetida jahonning eng nufuzli taʼlim muassasalaridan biri sanalgan AQShning Garvard universiteti huzurida faoliyat yurituvchi Markaziy Osiyo va turkiy davlatlar kokusiga aʼzo 50 nafarga yaqin talabalar bilan ilm-fan, madaniyat va o‘zaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida mehmonlarga Xalqaro Nordik universitetining ta'limdagi innovatsion yondashuvlari, xalqaro aloqalari va akademik salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Maxsus taqdimot doirasida oliygohning global ta’lim makonidagi o‘rni, ochiqlik siyosati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoit va imkoniyatlar namoyish etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/145382

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍197
#Prezident_stipendiyasi #rasman

⚡️Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari rasman tasdiqlandi!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 22 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlandi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Jumladan:
➡️ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;

➡️ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 195 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 22 ta yo‘nalishda tanlovning so‘nggi suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 61 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblar tavsiya etildi.


👉Prezident davlat stipendiyasi g‘oliblari ro‘yxati

💐Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27👍22🔥6🎉3
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥 Kitob o‘qib qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumini e’lon qiladi.

☑️Tanlovda barcha oliy ta’lim tashkilotlarining talaba-yoshlari (bakalavr va magistrlar), akademik litsey, kollej va texnikum o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
📚Tanlovda ishtirok etish uchun @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, rasmda ko‘rsatilgan kitoblarni o‘qish va ular asosida tuzilgan testlarni ishlash kerak bo‘ladi.

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5)"
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128)
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64)
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32"

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128)
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64)
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32"

🔖 Tanlovda faol qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang. Barchaga omad!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3
#Prezident_stipendiyasi #doktorant

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga munosib ko‘rilgan tayanch doktorantlar rasman tasdiqlandi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarori bilan 2026-yil uchun tayanch doktorantura 2-bosqich doktorantlarining 10 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi gʻoliblari sifatida tasdiqlandi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, gʻolib boʻlmagan tayanch doktorantlar tanlovning yakuniy bosqichigacha muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishga tavsiya etildi.

Maʼlumot oʻrnida, tanlovga nomzod sifatida 41 ta oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlardan 72 nafar tayanch doktorant hujjat topshirib, texnik ekspertiza xulosasiga koʻra, 68 nafar nomzod Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan maxsus test sinovlaridan oʻtishga tavsiya etildi.


Test sinovlarida 65 nafar nomzod ishtirok etib, yakuniy bosqichda Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra nomzodlardan 10 nafari yashirin ovoz berish yoʻli bilan gʻoliblikka tavsiya etildi.

👉🏻 Gʻoliblar ro‘yxati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍179🎉5🔥2🥰2
O‘zbekiston universitetlari xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda


2026-yil 25-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi – “QS World University Rankings by Subject - 2026” natijalari e’lon qilindi.

Mazkur reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning top-1000 universitetlari ro‘yxatidan joy oldi. Ushbu natija mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan reytingga kirgan universitetlar soni 2 taga, fan yo‘nalishlari esa 4 taga oshgani bilan ajralib turadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/145975

👉 На русском
👉 In English

#xalqaro_reyting #QS_2026

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏1711👍11🔥6🤩3
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oliy taʼlim va fan sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik koʻp qirrali xarakterga ega ekanini alohida taʼkidladilar. Bugungi kunda ikki mamlakat oʻrtasida oliy taʼlim sohasida mustahkam shartnomaviy-huquqiy baza shakllangan boʻlib, oʻzaro hamkorlik izchil kengayib bormoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/145977

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👍3👏2🤔1
Respublika komissiyasi ishchi guruhi Termiz davlat universitetida bo‘ldi

O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi raisi Q. Quronboyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari O. Hasanov, Sport vaziri maslahatchisi Sh. Mo‘minjonov, Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa’dullayev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi X. Eshovlardan iborat Respublika komissiyasi ishchi guruhi Termiz davlat universitetidagi o‘quv jarayonlari va yoshlar hayotini o‘rgandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/146102

👉 На русском
👉 In English

#Surxondaryo #TerDU

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
118👍12🔥3👏1