Edu.uz
169K subscribers
36.3K photos
7.01K videos
303 files
17.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar

Oliy taʼlim tizimida natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish boʻyicha seminar oʻtkazildi

12-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish tizimini joriy etish masalalari” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qarorlari doirasida tashkil etildi. Unda vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari rahbar hamda masʼul xodimlari, byudjet dasturlari administratorlari va ijrochilari ishtirok etdi.

Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda xalqaro konsalting tashkiloti — Ernst & Young Advisory LLC (Ecorys Niderlandiya) ekspertlari tomonidan natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish tizimini joriy etishning zamonaviy yondashuvlari, byudjet dasturlari tarkibi va natijadorlik koʻrsatkichlarini shakllantirish masalalari yuzasidan maʼruzalar taqdim etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/141975

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
314🔥4🥰2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
— innovatsion g‘oyalar va yuksak marralar maskani!

Bizning maqsadimiz — yangi davr muhandislari va innovatorlarini kamolga yetkazish. Zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or ilmiy yechimlar va amaliy tajriba uyg‘unligi faoliyatimizning bosh tamoyilidir.

Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga puxta tayyorgarlik koʻrayotgan talabalarimizga omad va zafarlar yor bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍127🔥3
#Yoshlar_kuni #Uchrashuv

Oliy taʼlim va yoshlar siyosati masalalari Namangan davlat universitetida muhokama etildi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Namangan davlat universiteti faoliyati, taʼlim sifati va yoshlar bilan ishlash yoʻnalishlari bilan tanishdi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Baxriddin Valiyev hamda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Adhamjon Sormonqulov ishtirokida oliygohning professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalar tomonidan ishlab chiqilgan startap hamda ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdilar.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni jilovlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan universitet tadqiqotchilari bilan fikr almashdilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan va har payshanba kuni nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan mehmonlar viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdilar.


Batafsil: https://namdu.uz/post=1225

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
24👏7👍4🔥4😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni

Qo‘qon davlat universitetida "Yoshlar kuni" katta imkoniyatlar bayramiga aylanib bormoqda

"Yoshlar kuni" doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov va talabalar muloqoti yosh olimlar va talabalarning kreativ g‘oyalari jamlangan innovatsion ko‘rgazmadan boshlandi. Bu yerda oddiy talabalik ishlaridan tortib, murakkab muhandislik yechimlarigacha bo‘lgan startaplar namoyish etildi.

Ko‘rgazmadan so‘ng muloqot zali qizg‘in muhokamalar maydoniga aylandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍155🔥4👏3
#oʻquv_seminari

Oliy ta’lim tashkilotlari startap ekotizimini rivojlantirish dasturiga taklif etiladi


“AK Capital” hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida respublika oliy ta’lim tashkilotlari vakillari uchun BMT Taraqqiyot dasturining “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Universitet tadbirkorlik ekotizimlarini rivojlantirish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etilmoqda.

📍 Format: oflayn
🗓 O‘quv sessiyalari: 2026-yil 24–27-mart va 30-mart – 1-aprel (jami 7 ta sessiya)
💰 Ishtirok: bepul
🧩 Dastur mazmuni: vaqtning 50 foizdan ortiq qismi amaliy mashg‘ulotlar, guruh ishlari va tajriba almashishdan iborat.

Nega qatnashish kerak?

Ushbu dastur orqali ishtirokchilar universitetlarda startap ekotizimini shakllantirish, inkubatsiya jarayonlarini rivojlantirish hamda innovatsion loyihalarni investitsiyaga tayyorlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

🏁 Natija: dastur mashg‘ulotlarining kamida 75 foizida qatnashgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.

👥 Kimlar qatnashishi mumkin?

Oliy ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik, innovatsiyalar va startap tashabbuslari yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlar.

Ariza topshirish muddati: 2026-yil 17-mart.
📌 Tanlov: konkurs asosida, joylar soni cheklangan.

👉 Ariza topshirish:
https://forms.gle/hFXyQnY45XQUa9cE6

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@reinvigorated

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7🎉1
#Dayjest #YoshlarKuni

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan va har payshanba kuni nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Namangan davlat universiteti;

O‘zbekiston Milliy universiteti;

Namangan davlat texnika universiteti;

Farg‘ona davlat texnika universiteti;

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti;

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti;

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

Termiz davlat universiteti;

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

SamDU Urgut filiali;

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

Nukus davlat pedagogika instituti;

Andijon davlat chet tillari instituti;

Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

Toshkent gumanitar fanlar universiteti;

TATU Samarqand filiali;

O‘zMU Jizzax filiali;

Andijon davlat texnika instituti;

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

Farg‘ona davlat universiteti;

Andijon davlat universiteti;

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

Jizzax davlat pedagogika universiteti;

Andijon davlat pedagogika instituti;

Turan xalqaro universiteti;

Qo‘qon universiteti Andijon filiali;

Buxoro davlat universiteti;

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;

TKTI Yangiyer filiali;

Guliston davlat universiteti;

Urganch davlat pedagogika instituti;

Jizzax politexnika instituti;

Samarqand davlat chet tillar instituti;

TITU Namangan filiali;

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

Navoiy davlat universiteti;

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti;

Namangan davlat pedagogika instituti;

Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti;

Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

Toshkent davlat texnika universiteti;

Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

Qarshi davlat texnika universiteti;

Qoraqalpoq davlat universiteti;

Termiz davlat pedagogika instituti;

Urganch davlat universiteti;

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

Andijon davlat tibbiyot instituti

SamDVMChBU Nukus filiali;

Geologiya fanlari universiteti;

Qo‘qon davlat universiteti;

Samarqand davlat pedagogika instituti;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti;

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

Alfraganus universiteti;

Toshkent davlat tibbiyot universiteti;

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti;

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

О‘zDSMI Nukus filiali;

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;

Toshkent davlat agrar universiteti;

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali;

Buxoro davlat pedagogika instituti;

Toshkent davlat yuridik universiteti;

Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti;

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;

О‘zDJTSU Nukus filiali;

Toshkent davlat transport universiteti;

Yangi O‘zbekiston universiteti;

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

Qo‘qon universiteti;

Olmaliq davlat texnika instituti;

“University of Business and Science”ning Toshkent filiali;

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍3😁1