Edu.uz
168K subscribers
36.2K photos
7K videos
303 files
17.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Talabalar_sporti

“Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda Sport vazirligida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda Sport vaziri Adkham Ikramov, hamkor vazirlik va idoralar vakillari, respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari sport klublari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/141831

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍2👏1
Oʻzbekiston–Tojikiston oliy ta'lim muassasalari rektorlari uchinchi forumi boʻlib oʻtadi

2026-yil 13–14-mart kunlari Dushanbe shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston va Tojikistonda oliy taʼlim va ilm-fan: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida oʻtadigan forumda ikki mamlakatning vazirlik vakillari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

Forum doirasida oliy taʼlim, ilm-fan, innovatsiyalar, akademik almashinuv va qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi, shuningdek universitetlar oʻrtasida yangi hamkorlik kelishuvlari imzolanishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16👍2
#seminar

Oliy taʼlim tizimida natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish boʻyicha seminar oʻtkazildi

12-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish tizimini joriy etish masalalari” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qarorlari doirasida tashkil etildi. Unda vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari rahbar hamda masʼul xodimlari, byudjet dasturlari administratorlari va ijrochilari ishtirok etdi.

Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda xalqaro konsalting tashkiloti — Ernst & Young Advisory LLC (Ecorys Niderlandiya) ekspertlari tomonidan natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish tizimini joriy etishning zamonaviy yondashuvlari, byudjet dasturlari tarkibi va natijadorlik koʻrsatkichlarini shakllantirish masalalari yuzasidan maʼruzalar taqdim etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/141975

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
314🔥4🥰2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
— innovatsion g‘oyalar va yuksak marralar maskani!

Bizning maqsadimiz — yangi davr muhandislari va innovatorlarini kamolga yetkazish. Zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or ilmiy yechimlar va amaliy tajriba uyg‘unligi faoliyatimizning bosh tamoyilidir.

Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga puxta tayyorgarlik koʻrayotgan talabalarimizga omad va zafarlar yor bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍127🔥3
#Yoshlar_kuni #Uchrashuv

Oliy taʼlim va yoshlar siyosati masalalari Namangan davlat universitetida muhokama etildi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Namangan davlat universiteti faoliyati, taʼlim sifati va yoshlar bilan ishlash yoʻnalishlari bilan tanishdi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Baxriddin Valiyev hamda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Adhamjon Sormonqulov ishtirokida oliygohning professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalar tomonidan ishlab chiqilgan startap hamda ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdilar.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni jilovlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan universitet tadqiqotchilari bilan fikr almashdilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan va har payshanba kuni nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan mehmonlar viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdilar.


Batafsil: https://namdu.uz/post=1225

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
24👏7👍4🔥4😁1