Edu.uz
169K subscribers
36.2K photos
7K videos
303 files
17.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xoʻjaligi uchun muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍246🔥1🤔1
Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xoʻjaligi uchun muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xoʻjaligi uchun muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazgan taqdimotda quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:

Muhandis kadrlarni tayyorlashda nazariya va amaliyot uygʻunligini taʼminlash maqsadida dual taʼlim tizimi keng joriy etish. Bunda, talabalar haftasiga 4 kun nazariy bilim oladi, 2 kun ishlab chiqarish korxonalarida haq to‘lanadigan amaliyot o‘taydi;

Suvni tejash, kanallarni betonlash, smeta tuzish, kichik GESlar qurish va hosilni yig‘ish ishlarida talabalarning bevosita ishtirokini ta’minlash;

Suv resurslari bo‘yicha diplomat kadrlar tayyorlash maqsadida magistratura dasturini kengaytirish va davlat granti asosidagi qabul o‘rinlarini ko‘paytirish;

Ushbu dastur orqali qo‘shni davlatlar uchun ham yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

Dronlar yordamida ekin maydonlarini monitoring qilish, hosildorlikni prognozlash va zararkunandalarga qarshi kurashish xizmatlarini joriy etish;

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida kosmik tadqiqotlar va sun’iy yo‘ldoshlar laboratoriyasini tashkil etish, kosmik ma’lumotlar asosida ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish;

Universitetda dronlarni boshqarishga o‘qitish bo‘yicha maxsus kurslarni yo‘lga qo‘yish;

Kadrlar tayyorlashni “maktab – texnikum – universitet – ishlab chiqarish” tizimi asosida shakllantirish;

Universitet faoliyatiga raqamli boshqaruv va KPI (samaradorlik ko‘rsatkichlari) tizimini joriy etish;

Yirik loyihalarni amalga oshirishda olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy asoslantirilgan xulosalaridan majburiy foydalanish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10🔥1
#ogohlik #korrupsiyaga_qarshimiz

Korrupsiya va firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘ling — litsenziyalash jarayoni to‘liq raqamlashtirilgan

Bir necha kun avval Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimining katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushgani haqidagi xabar vazirlik jamoasini qattiq larzaga soldi. Bu holat tizimda halol mehnat qilayotgan minglab xodimlarda jiddiy tashvish uyg‘otdi.

So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish yo‘lida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo bir shaxsning noqonuniy va mas’uliyatsiz xatti-harakatlari butun tizimda olib borilayotgan sa’y-harakatlarga soya solishi, jamoatchilikda noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi mumkin.

Shu bilan birga, mazkur holat bir haqiqatni yana bir bor ko‘rsatdi: yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yaratilgan mexanizmlar ishlayapti. Har qanday noqonuniy harakat, kim tomonidan sodir etilganidan qat’i nazar, ochiqlanadi va qonun doirasida qat’iy javobgarlikka tortiladi.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘z faoliyatida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan mutlaqo murosasiz pozitsiyada bo‘lib, bunday holatlarga nisbatan toqatsizlik tamoyiliga qat’iy amal qiladi.

Shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlarni ogohlantiramiz: oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash jarayoni amaldagi qonunchilik asosida va to‘liq raqamlashtirilgan. Arizalarni qabul qilish, ularni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish jarayonlari belgilangan rasmiy elektron platformalar orqali ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi.

Vazirlik fuqarolar va tadbirkorlarni turli vositachilar yoki shubhali takliflarga ishonmaslikka chaqiradi. Oliy ta’lim muassasasi tashkil etish va litsenziyalash bilan bog‘liq barcha jarayonlar faqat qonunchilikda belgilangan rasmiy tartiblar asosida amalga oshiriladi.

Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, shaffoflik va qonuniylik tamoyillarini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq har qanday holatlarga nisbatan qonun doirasida qat’iy va murosasiz choralar ko‘riladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1312😁9🔥1
Forwarded from Innovatsiyalar Ofisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😅Bu shunchaki tadbir emas — bu yosh muhandislar uchun yaratilgan yirik ekotizim!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Kelajak muhandislari” brendi ostida yoshlar uchun 3 ta yirik loyiha yo‘lga qo‘yilgan.

Xalqaro muhandislik festivali:
10 ga yaqin yo‘nalish, 40 ga yaqin musobaqa. Bu yerda yuzlab yosh muhandislar o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazadi.

Respublika ko‘rik-tanlovi:
Yosh muhandislar o‘rtasida g‘oya, ixtiro va innovatsion loyihalar bo‘yicha eng yaxshi ishlanmalar aniqlanadi.

Stajirovka dasturi:
Muhandislik sohasidagi yirik kompaniyalarda amaliyot o‘tash va real tajriba orttirish imkoniyati.

“Kelajak muhandislari” — bu shunchaki tanlov emas.
Bu g‘oya, texnologiya va kelajakni birlashtiradigan platforma.


#KelajakMuhandislari #Engineering #Innovatsiya #YoshMuhandislar

🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍149🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari

“Kelajak muhandislari” – innovatsiya, tafakkur va intilish maydoni


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining iqtidorli va tashabbuskor talabalari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular o‘zlarining innovatsion ishlanmalari, kreativ g‘oyalari hamda startap loyihalari bilan ushbu nufuzli festivalda munosib ishtirok etishga hozirlik ko‘rmoqda.

Tanlovning Xorazm viloyati bosqichi joriy yilning 9-aprel sanasida Urganch davlat universitetida bo‘lib o‘tadi.


Mazkur festival — yangilik yaratishga intilayotgan, ilm-fan va texnologiyalarga qiziqqan yoshlar uchun katta imkoniyatdir. Agar Sizda ham yangi g‘oya, loyiha yoki ixtiro bo‘lsa, ushbu imkoniyatdan foydalaning.

⚡️Batafsil ma’lumot: https://km.edu.uz/uz

Arizalar 2026-yil 20-martgacha qabul qilinadi.

🗂 Ro‘yxatdan o‘tish: muhandis.edu.uz

📊Kelajakni yaratadigan yosh muhandislar safida Siz ham bo‘ling!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥7🥰2
👥 aileaders.uz platformasi yangi imkoniyat va qo‘shimcha funksiyalar bilan takomillashtirilib, ishga tushirildi

Platformani takomillashtirish ishlari yakunlanib, Siz uchun Coursera, Huawei, Alison, Oracle, eOppiva kabi kompaniyalarining sunʼiy intellekt va IT bo‘yicha yangi kurslari joylashtirildi!

Shuningdek, platformada real vaqt rejimida quyidagilarni kuzatib borish imkoniyati yaratildi:

hudud va ta'lim tashkilotlari kesimidagi statistik ko‘rsatkichlar;
foydalanuvchilar faolligi;
o‘qish jarayoni bo‘yicha umumiy ma'lumotlar va boshqa tahlillar.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari

“Kelajak muhandislari” respublika tanlovida ishtirok eting

Jizzax politexnika instituti yoshlari tanlovda faol ishtirok etishga tayyor!

Siz ham o‘z g‘oyangiz bilan kelajak muhandisiga aylaning!

O‘tgan yili tashabbuskor yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otgan, ko‘plab iqtidorli yigit-qizlarga kuchli motivatsiya bergan “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi haqida eshitganmisiz?

Bu yil Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tanlov yanada kengroq miqyosda o‘tkaziladi. Eng quvonarlisi – har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil bilan taqdirlanadi!

🧠Tanlov yo‘nalishlari:

Eng yaxshi g‘oya
Eng yaxshi loyiha
Eng yaxshi ixtiro

👥 Kimlar qatnasha oladi?

✔️professor-o‘qituvchilar
✔️ talabalar
✔️ amaliy muhandislar

❗️Har bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha qatnashishi mumkin.
❗️ Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar qatnasha oladi.

🗓 Arizalar 2026-yil 1–20-mart kunlari qabul qilinadi.

Agar sizda yangi texnologiya, qurilma yoki ishlab chiqarishga joriy etish mumkin bo‘lgan qiziqarli muhandislik g‘oyasi bo‘lsa — ayni fursat! O‘z ustingizda ishlagan loyihangizni ko‘rsating, imkoniyatdan foydalaning.

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: muhandis.edu.uz

Balki navbatdagi elektromobil egasi aynan siz bo‘larsiz!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998502106338

Batafsil...


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍2🔥2
Toshkent davlat agrar universitetida “Inno Vet Clinic” ochildi

Toshkent davlat agrar universitetida “Inno Vet Clinic” innovatsion veterinariya klinikasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur klinika Zooinjeneriya fakulteti huzurida tashkil etilib, veterinariya xizmatlarini zamonaviy bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Klinikada hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish va davolash, ultratovush va rentgen tekshiruvlari, laboratoriya diagnostikasi, jarrohlik amaliyotlari, statsionar davolash, grooming va pet house kabi 20 ga yaqin zamonaviy veterinariya xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklari hamda aholiga mobil veterinariya xizmatlari ko‘rsatiladi.


Mazkur klinika veterinariya yo‘nalishida tahsil olayotgan 300 ga yaqin talabaning amaliy ko‘nikmalarini oshirish bilan birga, agrar sohada ilmiy tadqiqotlar va amaliy xizmatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍148🎉2🔥1
#Olimlar_minbari
#02-08.03.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Bilimlar iqtisodiyotiga o‘tishning tarixiy dasturi” Fazliddin MO‘MINOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i;

“Integratsiya va samaradorlik sari dadil qadam”Sadritdin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;

“Yoshlar istiqbolini belgilovchi tashabbuslar” Bahodir XOLIQOV, Samarqand davlat chet tillari instituti rektori, professor;

«Молодежь Нового Узбекистана: возможности, ответственность и уверенный шаг в будущее»Бахтиёр МАХКАМОВ, ректор Ташкентского университета информационных технологий, профессор;

“Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot xaritasi”Alisher UBBIYEV, Nukus davlat pedagogika instituti rektori;

“Ma’rifatli millatning ertasi oydin bo‘ladi” Gulchehra RIXSIYEVA, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori;

“Parvozga shay avlod” Abduhakim MAMANAZAROV, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali rahbari o‘rinbosari;

«Устойчивый туризм – следующий экономический этап развития регионов Узбекистана»
Сайёра САФАЕВА, профессор Ташкентского государственного экономического университета;

«Праздник уважения к выбору женщины» Зиёда МУХАМЕДОВА, профессор Ташкентского государственного транспортного университета;

“Yoshlar – yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari” Dilshod RAHMONOV, Toshkent xalqaro universiteti departament boshlig‘i, professor;

“Bugun xotin-qizlar yurt taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega” Dilbar ASLANOVA, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, Shahnoza MUHAMEDOVA, Buxoro davlat tibbiyot instituti kafedra mudiri, dotsent;

“Markaziy Osiyoning zamonaviy temir yo‘l arxitekturasi” Ozodek RAJABOV, O‘zbekiston milliy universiteti dotsenti;

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12
#Xizmat_safari #Rossiya

Moskvada Xalqaro rus tili tashkiloti vazirlar konferensiyasi boʻlib oʻtdi


Moskva shahrida Xalqaro rus tili tashkiloti (MORYA)ning vazirlar darajasidagi birinchi konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchi davlatlar delegatsiyalari, sohaviy vazirliklar rahbarlari hamda ekspertlar ishtirok etib, tashkilotning amaliy faoliyatini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan muhim masalalarni muhokama qildi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etib, ishtirokchilarga murojaat qildi. Oʻz nutqida u xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, gumanitar aloqalarni kengaytirish hamda rus tilining taʼlim, fan va madaniy muloqotdagi ahamiyatini taʼkidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/141592

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
25👍12🤔2👏1🎉1