Vazir Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi 3-son texnikum faoliyati bilan tanishdi
7-mart kuni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida joylashgan 3-son texnikumda boʻlib, muassasada amalga oshirilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari, shuningdek taʼlim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, Q.Sharipov texnikumda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirib, taʼlim sifatini oshirish, dual taʼlimni kengaytirish, oʻquvchilarning amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini yanada koʻpaytirish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Tashrif davomida texnikum rahbariyati tomonidan muassasaning faoliyati, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan taqdimot oʻtkazildi. Unda texnikumda 417 nafar oʻquvchi taʼlim olayotgani, ularga 25 nafar pedagog hamda 10 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustasi dars berayotgani maʼlum qilindi.
2025-yil yakunlariga koʻra texnikumda taʼlim sifati koʻrsatkichlari boʻyicha muayyan natijalarga erishilgan. Xususan, oʻquvchilarning bandlik darajasi 82,6 foizni tashkil etgan boʻlib, mazkur koʻrsatkich boʻyicha muassasa viloyatda 5-oʻrinni egallagan.
Vazir texnikumdagi amaliyot ustaxonalari faoliyati bilan ham tanishdi. Jumladan, oʻquvchilarning tikuvchilik va pazandachilik yoʻnalishlarida amaliy koʻnikmalarni egallashi uchun tashkil etilgan oʻquv-ishlab chiqarish xonalaridagi mashgʻulotlar koʻzdan kechirildi. Ushbu ustaxonalarda oʻquvchilar kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlab, kelgusida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklarni egallamoqda.
Shuningdek, 2026-yilda texnikumda taʼlim sifati koʻrsatkichlarini oshirish, dual taʼlim ulushini kengaytirish, yangi kasb yoʻnalishlarini joriy etish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha rejalar belgilab olingani taʼkidlandi.
Shuningdek, Q.Sharipov texnikumda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirib, taʼlim sifatini oshirish, dual taʼlimni kengaytirish, oʻquvchilarning amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini yanada koʻpaytirish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10🔥2👏1😁1
Forwarded from Innovatsiyalar Ofisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika ko‘rik tanloviga ariza topshirdingizmi? Atigi 10 kun qoldi!
Muhandislik g‘oyalari, innovatsion loyihalar va yangi ixtirolar egalarini birlashtirayotgan “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi uchun arizalar qabul qilinmoqda.
O‘tgan yili yuzlab iqtidorli yoshlar qatnashgan ushbu tanlov bu yil yanada kengroq miqyosda o‘tkaziladi. Eng katta yangilik esa — har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rin sohiblari elektromobil bilan taqdirlanadi! 🚗⚡️
🧠 Tanlov yo‘nalishlari:
✅ Eng yaxshi g‘oya
✅ Eng yaxshi loyiha
✅ Eng yaxshi ixtiro
👥 Kimlar qatnasha oladi?
✔️ Professor-o‘qituvchilar
✔️ Talabalar
✔️ Amaliy muhandislar
❗️Eslatma: har bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha qatnashishi mumkin.
🗓 Arizalar 2026-yil 20-martgacha qabul qilinadi.
Agar sizda yangi texnologiya, qurilma yoki ishlab chiqarishga joriy etish mumkin bo‘lgan muhandislik g‘oyasi bo‘lsa — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
👉 Ro‘yxatdan o‘tish: muhandis.edu.uz
📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +998 50 210 63 38
🔥 Balki bu yilgi elektromobil egasi aynan siz bo‘larsiz!
#Kelajak_muhandislari #koʻrik_tanlovi #innovatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍10🔥4
Navoiylik yoshlar “Orol taqdiri – kelajak avlod taqdiri” shiori ostida ekologik aksiyada ishtirok etdi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati yosh mutaxassislari ishtirokida Mo‘ynoq tumanida “Orol taqdiri – kelajak avlod taqdiri” shiori ostida ekologik aksiyada tashkil etildi.
Dastlab, aksiya ishtirokchilari “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Orolbo‘yi hududida saksovul ko‘chatlari ekishdi. Shuningdek, ular “Mo‘ynoq ekologiya muzeyi”da ham bo‘lib, bu yerdagi eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda chop etilgan “Orolning asov to‘lqini” ijodiy to‘plami taqdimoti o‘tkazildi.

❤16👍10🔥1😁1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari
“Kelajak muhandislari” – bu bilim, gʻoya va tafakkur.
Qarshi davlat texnika universitetining iqtidorli, tashabbuskor va yangilikka intiluvchan talabalari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga puxta tayyorgarlik koʻrmoqdalar. Ular oʻzlarining innovatsion va kreativ gʻoyalari, startap loyihalari bilan bu festivalda albatta ishtirok etadilar. Siz-chi?
Mazkur xalqaro festival – tashabbuskor, izlanuvchan va ixtirochi yoshlar uchun ajoyib imkoniyat! Biz Sizni unda faol bo‘lishga chorlaymiz!

❤21👍9🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Umumxalq xayriya hashariga qo‘shiling!
13–14-mart kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Yurtimizning barcha barcha fuqarolarini “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz. O‘z yashab turgan hududimizni toza va ozoda saqlash, ko‘chalarimizga ko‘rk bag‘ishlash aynan bizning qo‘limizda.
Yurtimiz obodligiga o‘z munosib hissangizni qo‘shing!
#Hashar #ObodMahalla

❤17👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝Qabul uchun kerakli hujjatlar:
– Ilmiy maqola yoki ijodiy ishlar
– 3*4 rasm va pasport nusxa;
☑️ Konferensiya doirasida chop etilgan maqolalar quyidagi xalqaro bazalarda indekslanadi:
• ResearchBible
• “Elsevier” qoshidagi ssrn.com bazasi
• Google scholar
• Zenodo (doi)
• OpenAire
🏆Taqdirlash marosimi 28–29-mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

❤21🔥4👍3