Edu.uz
138K subscribers
32.4K photos
6.42K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Ilm-fan va taʼlimda faol ayollar 8-mart arafasida taqdirlandi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan oliy taʼlim muassasalarida samarali faoliyat olib borayotgan Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, psixologlar, olima ayollar, shuningdek “Ilmda mening orzularim” tanlovining nominatsiya gʻoliblari va mutloq gʻoliblari munosib taqdirlandi.

Tadbir davomida faol va tashabbuskor xotin-qizlarga Vazirning Faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, “Ilmda mening orzularim” tanlovi gʻoliblari amaldagi Nizomga muvofiq pul mukofotlari bilan ham taqdirlandilar. Jumladan:

1-oʻrin gʻolibi — 5 million soʻm
2-oʻrin gʻolibi — 4 million soʻm
3-oʻrin gʻolibi — 3 million soʻm

Mazkur tanlov xotin-qizlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularning intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni kashf etish va ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/139853

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍4🎉3🔥1👏1
Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari, dastavval, butun O‘zbekiston ayollarini ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lib, maydonga chiqayotgan 22 million yosh avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuchni ko‘ramiz.”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Bugun oliygohda o‘qiyotgan qizlarning soni 904 mingdan oshib, jami talabalarning 54 foizini tashkil etmoqda. O‘tgan yili 60 nafar qizimiz dunyodagi eng nufuzli oliygohlarga o‘qishga kirgan.

Stajyor-tadqiqotchilar va doktoranturada tahsil olayotganlarning 8,5 ming nafari, ya’ni 61 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani ham e’tiborlidir.

Prezidentimiz Kegeyli tumanidan Indira Satniyazova, buxorolik Vazira Fayzullayeva, navoiylik Mashhura Qudratovaning xalqaro fan olimpiadalarida erishgan yutuqlari, bir qator xalqaro startap tanlovlari g‘olibi buvaydalik Dilafruz Jo‘raboyevaning nufuzli “Microsoft” kompaniyasining O‘zbekistondagi elchisi sifatida tan olinganini alohida e’tirof etdi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 karra oshirilib, 4 mingga yetkazilishi belgilandi.

Top 300 talikdagi oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim asosida magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi.


Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kamida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari o‘tkaziladi. Bunda har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasidan 500 million so‘mgacha grant beriladi.

Maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎉105🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
E'zoz va e'tirof: Xalqaro xotin-qizlar kunida ayollarga ehtirom ko‘rsatildi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda vazirning birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov tizimda faoliyat yuritayotgan barcha ayol- xodimlarni samimiy qutlab, ularning mamlakatimiz ta’lim tizimi, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi munosib hissasini alohida e’tirof etdi.

Tadbir davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning mehnati, fidoiyligi va mas’uliyati yuksak qadrlanishi ta’kidlanib, barcha xotin-qizlarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍2510👏6🔥3😁2
#Xalqaro_forum #Jizzax #O'zbekiston_Vengriya

Oʻzbekiston–Vengriya: kadrlar tayyorlashda hamkorlik kengayadi

Jizzax viloyatida O‘zbekiston va Vengriya hamkorligida tashkil etilgan INNO Science Park ilmiy-innovatsion parkida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Obuda universiteti hamda qator o‘zbek oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, tadbir doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti, Jizzax politexnika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan o‘zbek talabalarini Obuda universitetiga qabul qilish bo‘yicha alohida kelishuvlar rasmiylashtirildi.


Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/139821

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👍2🔥1
Talabalar bandligini ta’minlashda “korxona-oliygoh” modeli o‘z natijalarini bermoqda

Davlat rahbari raisligida 2026-yil 24-fevral kuni o‘tkazilgan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqotda ta’lim sifatini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash va nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish ustuvor vazifalardan biri etib belgilab berilgan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan ishlab chiqarish sektori bilan talabalar bandligini ta’minlashga qaratilgan maqsadli hamkorlik aloqalari izchil rivojlantirilmoqda.

Universitet va mamlakatimizning yirik sanoat majmualaridan biri hisoblangan “TEXNOPARK” MCHJ o‘rtasidagi hamkorlik “fan – ta’lim – ishlab chiqarishintegratsiyasi aniq natijalar bermoqda. Tizimli hamkorlik natijasida joriy o‘quv yilida “Savdo ishi yo‘nalishining 40 nafardan ortiq talabasi ushbu korxonada doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan, ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari pulli amaliyotlarga jalb etilmoqda hamda bu kabi amaliy ishlar kun sayin rivojlantirilmoqda.


Batafsil...

#Prezident_topshirigʻi_amalda #Talabalar_bandligi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍97🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari

Andijon davlat texnika instituti talaba-yoshlari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etishga taklif etiladi.

Musobaqalar quyidagi maxsus kategoriyalar bo‘yicha tashkil etiladi:

Robot-sapyor;
Robo War;
Gumanoid robotlar;
Yangi avlod avtomobili;
Qishloq xo‘jaligi innovatsion texnikalari;
Mexanizmlar estafetasi;
First Robot Uzbekistan.


Texnologiya va muhandislik sohasiga qiziqqan barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍219🔥2
#Dayjest #YoshlarKuni

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. “Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Namangan davlat universiteti.

Urganch davlat universiteti.

O‘zbekiston Milliy universiteti.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.

TITU Namangan filiali.

Toshkent davlat texnika universiteti.

Farg‘ona davlat texnika universiteti.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.

Namangan davlat pedagogika instituti.

Jizzax davlat pedagogika universiteti.

Guliston davlat universiteti.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.

Qarshi davlat universiteti.

Jizzax politexnika instituti.

Andijon davlat texnika instituti.

Urganch davlat tibbiyot instituti.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

Qoʻqon davlat universiteti.

Jizzax politexnika instituti.

SamDU Urgut filiali.

OʻzMU Jizzax filiali.

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Samarqand davlat pedagogika instituti.

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti.

Namangan davlat texnika universiteti.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.

TATU Samarqand filiali.

Andijon davlat tibbiyot instituti.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

Andijon davlat universiteti.

Toshkent davlat agrar universiteti.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali.

Buxoro davlat universiteti.

Alfraganus universiteti.

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.

Urganch davlat pedagogika instituti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥2🥰2