Edu.uz
141K subscribers
32.4K photos
6.42K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_forum #Jizzax #O'zbekiston_Vengriya

Jizzaxda Oʻzbekiston–Vengriya hamkorligida INNO Science Park ochildi


Jizzax viloyatida Oʻzbekiston va Vengriya hamkorligida tashkil etilgan INNO Science Park ilmiy-innovatsion parkining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari Zafar Azimov, Vengriyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Obuda universiteti rektori Levente Kovach, shuningdek, ikki mamlakatning oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

NNO Science Park doirasida muhandislik, energetika, sunʼiy intellekt, mashinasozlik, elektronika va avtomatlashtirish, uchuvchisiz uchish apparatlari, materialshunoslik, kimyoviy texnologiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi hamda tibbiy texnologiyalar kabi ustuvor yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, park hududida zamonaviy laboratoriyalar, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan biznes-inkubator va akselerator mexanizmlari tashkil etiladi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/139812

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍98👏5🔥1
Ilm-fan va taʼlimda faol ayollar 8-mart arafasida taqdirlandi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan oliy taʼlim muassasalarida samarali faoliyat olib borayotgan Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, psixologlar, olima ayollar, shuningdek “Ilmda mening orzularim” tanlovining nominatsiya gʻoliblari va mutloq gʻoliblari munosib taqdirlandi.

Tadbir davomida faol va tashabbuskor xotin-qizlarga Vazirning Faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, “Ilmda mening orzularim” tanlovi gʻoliblari amaldagi Nizomga muvofiq pul mukofotlari bilan ham taqdirlandilar. Jumladan:

1-oʻrin gʻolibi — 5 million soʻm
2-oʻrin gʻolibi — 4 million soʻm
3-oʻrin gʻolibi — 3 million soʻm

Mazkur tanlov xotin-qizlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularning intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni kashf etish va ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/139853

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍4🎉3🔥1👏1
Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari, dastavval, butun O‘zbekiston ayollarini ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lib, maydonga chiqayotgan 22 million yosh avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuchni ko‘ramiz.”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Bugun oliygohda o‘qiyotgan qizlarning soni 904 mingdan oshib, jami talabalarning 54 foizini tashkil etmoqda. O‘tgan yili 60 nafar qizimiz dunyodagi eng nufuzli oliygohlarga o‘qishga kirgan.

Stajyor-tadqiqotchilar va doktoranturada tahsil olayotganlarning 8,5 ming nafari, ya’ni 61 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani ham e’tiborlidir.

Prezidentimiz Kegeyli tumanidan Indira Satniyazova, buxorolik Vazira Fayzullayeva, navoiylik Mashhura Qudratovaning xalqaro fan olimpiadalarida erishgan yutuqlari, bir qator xalqaro startap tanlovlari g‘olibi buvaydalik Dilafruz Jo‘raboyevaning nufuzli “Microsoft” kompaniyasining O‘zbekistondagi elchisi sifatida tan olinganini alohida e’tirof etdi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 karra oshirilib, 4 mingga yetkazilishi belgilandi.

Top 300 talikdagi oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim asosida magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi.


Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kamida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari o‘tkaziladi. Bunda har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasidan 500 million so‘mgacha grant beriladi.

Maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎉105🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
E'zoz va e'tirof: Xalqaro xotin-qizlar kunida ayollarga ehtirom ko‘rsatildi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda vazirning birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov tizimda faoliyat yuritayotgan barcha ayol- xodimlarni samimiy qutlab, ularning mamlakatimiz ta’lim tizimi, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi munosib hissasini alohida e’tirof etdi.

Tadbir davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning mehnati, fidoiyligi va mas’uliyati yuksak qadrlanishi ta’kidlanib, barcha xotin-qizlarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍2510👏6🔥3😁2
#Xalqaro_forum #Jizzax #O'zbekiston_Vengriya

Oʻzbekiston–Vengriya: kadrlar tayyorlashda hamkorlik kengayadi

Jizzax viloyatida O‘zbekiston va Vengriya hamkorligida tashkil etilgan INNO Science Park ilmiy-innovatsion parkida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Obuda universiteti hamda qator o‘zbek oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, tadbir doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti, Jizzax politexnika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan o‘zbek talabalarini Obuda universitetiga qabul qilish bo‘yicha alohida kelishuvlar rasmiylashtirildi.


Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/139821

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👍2🔥1