Edu.uz
144K subscribers
32.4K photos
6.42K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_forum #Samarqand #O'zbekiston_Vengriya

Ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari almashildi

Forum dasturining yakuniy qismida O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar asosida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalarini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur hujjatlar ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng forum doirasida tashkil etilgan sho‘ba yig‘ilishlari moderatorlari tomonidan olib borilgan muhokamalar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi. Unda sessiyalar davomida bildirilgan takliflar, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍156🔥1
Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot va mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida bitiruvchi talabalar uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda o’tkazilgan uchrashuvda universitet rektori Inom Madjidov, viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekov, tumanlar va shahar hokimlarining tegishli o‘rinbosarlari, ta’lim tashkilotlari mas’ullari, boshqarma va idoralar rahbarlari, bank-moliya muassasalari vakillari hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.

Ochiq muloqotdan so'ng mehnat yarmarkasi o'tkazildi. Unda bitiruvchi talabalar o‘zlariga mos ish o‘rinlari bilan tanishib, qiziqtirgan savollariga javob oldi. Ayrim yosh bitiruvchilarga ma’qul kelgan ish o‘rinlari bo‘yicha shu joyning o‘zida ish beruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar ham imzolandi.

Batafsil 👉 nuu.uz

#YoshlarKuni #YoshlarBandligi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👍7🔥1
#Xalqaro_forum #Jizzax #O'zbekiston_Vengriya

Jizzaxda Oʻzbekiston–Vengriya hamkorligida INNO Science Park ochildi


Jizzax viloyatida Oʻzbekiston va Vengriya hamkorligida tashkil etilgan INNO Science Park ilmiy-innovatsion parkining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari Zafar Azimov, Vengriyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Obuda universiteti rektori Levente Kovach, shuningdek, ikki mamlakatning oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

NNO Science Park doirasida muhandislik, energetika, sunʼiy intellekt, mashinasozlik, elektronika va avtomatlashtirish, uchuvchisiz uchish apparatlari, materialshunoslik, kimyoviy texnologiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi hamda tibbiy texnologiyalar kabi ustuvor yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, park hududida zamonaviy laboratoriyalar, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan biznes-inkubator va akselerator mexanizmlari tashkil etiladi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/139812

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍98👏5🔥1