#Xalqaro_forum #Samarqand #O'zbekiston_Vengriya
Samarqandda O‘zbekiston-Vengriya rektorlarining uchinchi forumi o‘z ishini boshladi
Bugun, 5-mart kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi O‘zbekiston–Vengriya rektorlarining uchinchi forumi o‘z ishini boshladi.
Nufuzli xalqaro anjumanni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi József Rózsa, Óbuda universiteti rektori Levente Kovach kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.
Anjumanning ochilish marosimiga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muhsinjon Xolmuhammedov moderatorlik qilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍17❤5👏2🔥1
#Xalqaro_forum #Samarqand #O'zbekiston_Vengriya
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov:
- Dastlab Vengriya bilan oliy taʼlim va ilm-fan sohasida hamkorlik yoʻnalishlari asosan akademik dasturlarni amalga oshirish, talabalar va oʻqituvchilar almashinuvini oʻz ichiga oldi.
Oʻzbekiston-Vengriya hamkorligidagi axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, muqobil energiya manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va ekologik loyihalarni qamrab oluvchi 17 ta startap loyihalar moliyalashtirilgan.

Ayniqsa, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, Vengriya hukumati Oʻzbekiston fuqarolari uchun “Stipendium Hungarichum” stipendiya dasturi doirasida taʼlim grantlari kvotasini ajratishni boshladi. Dastlab stipendiya oʻrinlari 30 tani tashkil qilgan boʻlsa, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab kvotalar soni 200 oʻringa yetdi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonning 50 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlari Vengriyaning 30 dan ziyod universitet va ilmiy-taʼlim tashkilotlari bilan turli yillarda imzolangan 100 ga yaqin hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim va anglashuv memorandumlari asosida oʻzaro hamkorlik aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Oʻzbekiston-Vengriya hamkorligidagi axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, muqobil energiya manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va ekologik loyihalarni qamrab oluvchi 17 ta startap loyihalar moliyalashtirilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤8🔥1
#Xalqaro_forum #Samarqand #O'zbekiston_Vengriya
Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli:
– Soʻnggi yillarda Vengriya va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi munosabatlar jadal va samarali rivojlanib bormoqda. Ilk bosqichda muloqot va oʻzaro tanishuv bilan boshlangan hamkorlik bugungi kunda aniq institutsional sherikliklar, talabalar almashinuvi dasturlari hamda qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalari orqali yangi mazmun kasb etmoqda.
Vengriya oliy taʼlim muassasalari Oʻzbekiston universitetlari bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor. Mavjud qoʻshma tashabbuslar va amalga oshirilayotgan loyihalar munosabatlarimiz mustahkam poydevorga ega ekanini va ularda yanada keng imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatmoqda. Ilm-fan, innovatsiya va taʼlim sohalarida aniq natijalarga erishish esa barchamizning umumiy maqsadimizdir.

Shu maʼnoda, Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan uchinchi Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi munosabatlarimizni yanada mustahkamlash va ularni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qiladi.
Bugungi kunda dunyo oliy taʼlim tizimi jadal oʻzgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Universitetlarning xalqaro raqobatbardoshligi sunʼiy intellektdan samarali foydalanish, qoʻshma ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, texnologiyalar transferi, shuningdek, universitetlar va startap ekotizimlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish kabi omillar bilan chambarchas bogʻliq. Bugungi forum ana shu dolzarb masalalarni muhokama qilish va oʻzaro tajriba almashish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Vengriya oliy taʼlim muassasalari Oʻzbekiston universitetlari bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor. Mavjud qoʻshma tashabbuslar va amalga oshirilayotgan loyihalar munosabatlarimiz mustahkam poydevorga ega ekanini va ularda yanada keng imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatmoqda. Ilm-fan, innovatsiya va taʼlim sohalarida aniq natijalarga erishish esa barchamizning umumiy maqsadimizdir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤2🔥1
Xalqaro taʼlim masalalari Vestminster universitetida muhokama qilindi
Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universitetida “Sifatni taʼminlash va rivojlanish sharoitida inklyuzivlik” mavzusida xalqaro simpozium boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim rahbarlari va sohadagi mutaxassislar transmilliy taʼlimni kengaytirish, taʼlim sifati va ochiqligini taʼminlash, talabalar hamda jamiyat uchun samarali natijalarga erishish masalalarini muhokama qildi.
Simpoziumning ikkinchi kuni ishtirokchilar Toshkentda transmilliy taʼlim dasturlarini amalga oshirayotgan oliy taʼlim muassasalariga tashrif buyurishdi.

Simpozium Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universiteti, Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda “TNE Good Practice Network” tashkiloti hamkorligida tashkil etildi. Tadbir Oʻzbekiston–Buyuk Britaniya taʼlim forumlari doirasidagi hamkorlikning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Simpoziumning ikkinchi kuni ishtirokchilar Toshkentda transmilliy taʼlim dasturlarini amalga oshirayotgan oliy taʼlim muassasalariga tashrif buyurishdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤8🔥5😁1
#RahbarYoshlarUchrashuvi #ochiq_muloqot
Iste’dod, izlanish va muvaffaqiyat yo‘li: Jenisbek Piyazov yoshlar bilan uchrashdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalq artisti, taniqli opera xonandasi Jenisbek Piyazov ishtirokida “Yoshlar bilan muloqot” rukni ostida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ochiq va samimiy kechgan muloqotda talabalar vazir maslahatchisiga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qildilar hamda har bir savolga atroflicha, hayotiy misollar bilan javob oldi.

Uchrashuvda bugun mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama barkamol unib-o‘sishi, ularning nafaqat tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha yetuk kadr bo‘lishi, balki madaniy va intellektual salohiyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi, Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun ijodiy rivojlanish va o‘z iste’dodini namoyon etish borasida barcha imkoniyatlar eshigi keng ochiqligi qayd etib o‘tildi.
Jenisbek Piyazov o‘zining hayotiy va ijodiy tajribasi misolida muvaffaqiyat formulasi haqida gapirar ekan, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatridagi faoliyati hamda Muslim Magomayev nomidagi xalqaro vokal tanlovida Gran-pri sovrindori bo‘lishigacha bo‘lgan murakkab, ammo sharafli yo‘lni yodga oldi.
Ochiq va samimiy kechgan muloqotda talabalar vazir maslahatchisiga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qildilar hamda har bir savolga atroflicha, hayotiy misollar bilan javob oldi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤5🔥1
#Xalqaro_forum #Samarqand #O'zbekiston_Vengriya
Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi doirasida parallel sessiyalar oʻtkazildi
Samarqand shahrida oʻtayotgan Oʻzbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi doirasida zamonaviy oliy taʼlimni rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan parallel sessiyalar boʻlib oʻtdi.
Mazkur sessiyalar Oʻzbekiston va Vengriya universitetlari oʻrtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashish uchun muhim maydon boʻldi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi doirasida parallel sessiyalar oʻtkazildi
Samarqand shahrida oʻtayotgan Oʻzbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi doirasida zamonaviy oliy taʼlimni rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan parallel sessiyalar boʻlib oʻtdi.
Birinchi sessiya “Sunʼiy intellekt davrida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash: innovatsion taʼlim modellari va xalqaro tajriba” hamda universitetlar oʻrtasida ilmiy tadqiqotlar, qoʻshma laboratoriyalar va akademik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlandi. Sessiya davomida oliy taʼlim tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro tajribani keng qoʻllash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ikkinchi sessiya “Tadqiqotdan tijoratlashtirishgacha: yoshlar innovatsiyasi, startaplar va texnologiyalar transferi” mavzusiga bagʻishlandi. U yoshlar innovatsiyasi, startaplar, texnologiyalar transferi hamda universitet–sanoat hamkorligini rivojlantirish masalalariga bagʻishlandi. Unda innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda talabalar startaplarini rivojlantirishning samarali mexanizmlari muhokama qilindi.

👍8❤6😁4🔥1