#xalqaro_forum
Oʻzbekiston–Vengriya oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi bo‘lib o‘tadi
5–7-mart kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi xalqaro forumda Vengriya delegatsiyasi aʼzolari hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshchiligidagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.
Forumning asosiy tadbirlari Samarqand shahridagi Ipak yo‘li xalqaro turizm va madaniy meros universitetida tashkil etiladi. Anjuman doirasida yalpi majlis hamda ikki yo‘nalishda parallel sessiyalar o‘tkazilib, sun’iy intellekt davrida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, innovatsion ta’lim modellari, qo‘shma ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, akademik almashinuv va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/138776
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤4🔥1
#qonunchilik_yangiliklari #talabaga_qulaylik
Homilador talaba-qizlar va yosh onalar uchun “ikkinchi imkoniyat” — ta’lim uzviyligi ta’minlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi farmoni (PF–33-son, 03.03.2026-y.) qabul qilindi.
🔰Unga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab homilador talaba-qizlar hamda 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi talabalar uchun oliy ta’lim olishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
☑️ 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:
🔘kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan shaxslarga, istisno tariqasida, fanlar farqini qayta o‘zlashtirish sharti bilan o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi;
🔘 fanlar farqini mustaqil o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha muddat beriladi hamda zarur tashkiliy va akademik shart-sharoitlar ta’minlanadi.
▶️ Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagi takliflarni kiritadi:
➖ homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi talabalarga akademik ta’til davrida, ularning xohishiga ko‘ra, masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirish imkoniyatini yaratish;
➖masofaviy ta’lim yo‘nalishlari va qabul ko‘rsatkichlarini kengaytirish orqali mazkur toifadagi talabalar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish;
➖ akademik ta’tilga chiqqan, kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan homilador talaba-qizlar hamda yosh onalar bo‘yicha alohida statistik ma’lumotlar yuritish.

👍15❤14👏1
#Talabalar_sporti
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarini o‘tkazish masalalari yuzasidan taqdimot bo‘lib o‘tdi
Prezidentimizning joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqoti davomida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Sport vazirligi, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi va tegishli vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda mamlakatimizda ilk marotaba “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Bugun mazkur masala yuzasidan Sport vaziri Adkham Ikramov huzurida taqdimot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqaning nizomi, tashkiliy qo‘mita a’zolari tarkibi hamda musobaqalarni o‘tkazish tartiblari, shuningdek, nizom talablari muhokama qilinib, hududlarga mas’ul tashkilot va mutaxassislarni biriktirish masalalari kelishib olindi.
Ma’lumot o‘rnida, “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida musobaqalar 7 ta sport turi bo‘yicha tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

❤17👍3
#qonunchilik_yangiliklari #talabaga_qulaylik
❗️ TOP–300 talikka kirgan xorijiy universitetlarda o‘qish istagidagi yoshlar va pedagoglarga ta’lim krediti ajratiladi
🔰Mazkur nizom Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan imtiyozli ta’lim kreditini ajratish hamda uni qaytarish tartibini belgilaydi.
📝 Nizomga ko‘ra, ta’lim krediti quyidagi talablarga javob beradigan yoshlar (30 yoshdan oshmagan, shu jumladan 30 yoshda bo‘lgan) hamda pedagoglarga ajratiladi:
- QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) reytinglari bo‘yicha TOP–300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi.
Ta’lim krediti bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun ajratiladi.
🔹 Kredit miqdori 1 o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.
🔹 Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
📑 Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
✅ Ta’lim krediti stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️ TOP–300 talikka kirgan xorijiy universitetlarda o‘qish istagidagi yoshlar va pedagoglarga ta’lim krediti ajratiladi
Hukumatning “Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga ta’lim kreditini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi qarori (88-son, 02.03.2026-y.) qabul qilindi.
🔰Mazkur nizom Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan imtiyozli ta’lim kreditini ajratish hamda uni qaytarish tartibini belgilaydi.
📝 Nizomga ko‘ra, ta’lim krediti quyidagi talablarga javob beradigan yoshlar (30 yoshdan oshmagan, shu jumladan 30 yoshda bo‘lgan) hamda pedagoglarga ajratiladi:
- QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) reytinglari bo‘yicha TOP–300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi.
Ta’lim krediti bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun ajratiladi.
📑 Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
➖ ariza;
➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
➖ taklifnoma-xat (1-kurs talabalari uchun);
➖ akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
➖ to‘lov-kontrakt shartnomasi hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys;
➖ birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari to‘g‘risida ma’lumot;
➖ mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).
✅ Ta’lim krediti stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19
#Xalqaro_hamkorlik
Germaniyaning ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish tashkiloti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
4-mart kuni Germaniyaning nufuzli ilmiy moliyalashtirish tashkiloti — Deutsche Forschungsgemeinschaft (DFG) delegatsiyasi hamda Toshkent davlat texnika universiteti vakillari ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya universitet huzuridagi O‘zbekiston–Yaponiya markazi faoliyati bilan tanishib, markazdagi laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Muloqot chog‘ida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, agroekotizimlar, suv va tuproq resurslari, qayta tiklanuvchi energetika hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, DFG grant dasturlarida ishtirok etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish hamda akademik almashinuvni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya universitet huzuridagi O‘zbekiston–Yaponiya markazi faoliyati bilan tanishib, markazdagi laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤6🤩5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rektorlar_forumi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xalqaro forumga tayyor
Samarqand shahrida joylashgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 5–7-mart kunlari boʻlib oʻtadigan “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi xalqaro forumga tayyorgarlikni yakunladi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xalqaro forumga tayyor
Samarqand shahrida joylashgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 5–7-mart kunlari boʻlib oʻtadigan “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi xalqaro forumga tayyorgarlikni yakunladi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21🔥2
Vazirlik faoliyati samaradorligi muhokama qilindi
🚨 BATAFSIL
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri va uning o‘rinbosarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishi yuzasidan axboroti eshitildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍4😁4🔥1
#Xalqaro_forum #Samarqand #O'zbekiston_Vengriya
Samarqandda O‘zbekiston-Vengriya rektorlarining uchinchi forumi o‘z ishini boshladi
Bugun, 5-mart kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi O‘zbekiston–Vengriya rektorlarining uchinchi forumi o‘z ishini boshladi.
Nufuzli xalqaro anjumanni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi József Rózsa, Óbuda universiteti rektori Levente Kovach kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.
Anjumanning ochilish marosimiga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muhsinjon Xolmuhammedov moderatorlik qilmoqda.

👍15❤4👏2