Edu.uz
144K subscribers
32.5K photos
6.42K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Samarqandda Uchinchi Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi boʻlib oʻtadi

28-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Vengriyaning Obuda universiteti rektori Levente Kovach bilan uchrasdi.

Uchrashuvda Jizzaxdagi qoʻshma tashabbuslar va 5–7-mart kunlari Samarqandda Silk Road International University of Tourism and Cultural Heritage bazasida oʻtadigan III Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/137798

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17👍8😁1
#Yoshlar_kuni

O‘zDJTUda sun’iy intellekt va kibersport rivojlanmoqda


2026-yil 25–26-fevral kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sun’iy intellekt laboratoriyasi tashabbusi bilan "United in Cyber: Youth Cup" kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar Uchtepa tumani mahalla yoshlari ikki kun davom etgan bellashuvlarda strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va raqamli kompetensiyalarini namoyish etdilar.

Shu kunlarda universitet hududida "Sun’iy intellekt va kiber sport" majmuasi ish boshladi. Ochilish marosimida rektor Ilxomjon Tuxtasinov, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov, tuman prokurori, IIO FMB boshlig‘i va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Majmua yoshlarning IT bilimlarini oshirish, sun’iy intellekt va kibersportni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Musobaqa yakunida chempionlar, "Rektor kubogi" sohiblari va faol ishtirokchilar diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida ham rektor, hokim, Cyber University va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
19👍9🎉1
🏢Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari tashkil etilmoqda.

Imtihonlar A1, A2 va B1 darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi hamda nomzodlarga o‘zbek tilini bilish darajasini belgilangan mezonlar asosida rasmiy tasdiqlash imkonini beradi.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi va 15-martga qadar davom etadi.
📅 Imtihon sanasi: 18-mart
💻 Vaqti: soat 10:00

Imtihonga ro‘yxatdan o‘tish uzpro.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali amalga oshiriladi.

☎️ Murojaat uchun:
🔹
(95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍116
Oliy ta’lim boshqaruvini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

2026-yil 26–27-fevral kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Universitetlarni boshqaruv dasturi” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.

Dasturda Advance HE tashkilotining boshqaruv va transformatsiya bo‘yicha katta maslahatchisi Kim Ansell hamda boshqaruv bo‘yicha direktor o‘rinbosari Aaron Porter ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/137866

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18😁4👍2
Forwarded from Kelajak soati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazidamiz

Bu kontent orqali Respublika sud ekspertiza markazi faoliyati va u yerdagi laboratoriyalar bilan tanishamiz.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Eslatma: video yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari hamda OTM talabalari uchun tayyorlandi.

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
6👍5🔥1