Edu.uz
143K subscribers
32.7K photos
6.44K videos
266 files
16K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekistonda Yaponiya universitetini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi


23-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Yaponiyaning Kibi xalqaro universiteti prezidenti Yuki Kake bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda Yaponiya universitetini tashkil etish boʻyicha qoʻshma loyihaning amalga oshirish bosqichlari, uning huquqiy, tashkiliy va infratuzilmaviy jihatlari atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/136235

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍3
#Prezident_topshirig‘i_amalda

Talabalar mahallalarning bosh rejasini ishlab chiqishda ishtirok etmoqda

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi davlat texnika universitetida amaliy loyihalar boshlab yuborildi. Mazkur tashabbus doirasida mahallalarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi, Boshqaruv samaradorligi agentligi viloyat filiali va Qarshi tumani hokimligi hamkorligida Gulshan mahallasi seminar o‘tkazildi. Seminarda mahalla bosh rejasini ishlab chiqish, qishloq ko‘chalarini zamonaviy qiyofada qurish, qurilish va energetika tizimlari loyihalarini tatbiq etish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi.

Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/130383

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍83
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o'rtasida o'zaro hamkorlik yo'lga qo'yiladi


“Tadbirkorlik subyektlari hamda ilmiy hamjamiyat o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (75-son, 23.02.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2026-yil 1-iyulgacha tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini ta'minlash maqsadida quyidagi imkoniyatlarni o'z ichiga olgan maxsus elektron platforma ishlab chiqilishi belgilandi:

🔹 yaratilgan yangi ishlanmalar bo'yicha tadbirkorlar va investorlar uchun batafsil ma'lumotlarni aks ettiruvchi elektron shaklda yuritiladigan Yangi ishlanmalar bazasini tashkil etish;

🔹 ilmiy izlanuvchilar va ularning tadqiqot mavzulari reestrini yuritish orqali ilmiy tadqiqot yo'nalishlari bo'yicha ilmiy ishlanmalar mualliflari va tadbirkorlar uchun ochiq ma'lumotlar maydonini yaratish;

🔹 tadbirkorlar tomonidan o'z faoliyat yo'nalishlarida ilmiy tadqiqotlar orqali yechimini topish zarur bo'lgan muammolarni kiritish imkoniyatini yaratish.

🔗 2026-yil 1-avgustga qadar Maxsus platforma “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasiga integrasiya qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
100 nafar obodonlashtirish xodimining farzandiga kontrakt puli to‘lab berildi

Prezidentning 5-son farmoni ijrosi doirasida respublika bo‘ylab sanitar tozalash va obodonlashtirish sohasida mehnat qilayotgan 100 nafar xodimning farzandlari uchun oliy ta’lim kontrakt to‘lovlari qoplab berildi.

Mazkur maqsadlar uchun Chiqindilarni boshqarish agentligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan jami 924,2 mln so‘m ajratildi.

Mazkur tashabbus, avvalo, jamiyatimizda halol mehnat qilib, shahar va mahallalar obodligi, tozaligi uchun fidokorona xizmat qilayotgan insonlarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍327🎉3
#Muhandislik #TopshiriqIjrosi #Yigʻilish

Muhandislik sohasini rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi


2026-yil 23-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ixtirochilik faolligini kuchaytirish hamda sohani tizimli rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda texnika yoʻnalishidagi oliygohlar rahbarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda global raqobat, sanoatlashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida mamlakat taraqqiyoti yuqori malakali muhandis kadrlarga bevosita bogʻliq ekani taʼkidlandi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va texnologik mustaqillikni taʼminlashda muhandislik yoʻnalishi ustuvor ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Joriy yil aprel oyi “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qilindi.

2026-yil 28–30-aprel kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga tayyorgarlik ishlari koʻrib chiqildi. Festival doirasida 39 ta yoʻnalishda musobaqa va tanlovlar, jumladan, oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida 7 ta maxsus yoʻnalishdagi tanlovlar tashkil etilishi belgilandi. Barcha oliygohlarga talabalarning faol ishtirokini taʼminlash, xorijiy hamkor universitetlar orqali chet ellik ishtirokchilarni jalb etish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Muhandislik boʻyicha “Eng yaxshi gʻoya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika koʻrik-tanlovlariga tayyorgarlik masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi Barcha oliy taʼlim tashkilotlariga yosh muhandislarni tayyorlash, tajribali oʻqituvchi va mutaxassislarni biriktirish hamda kamida 30 tadan ishlanmani tanlovga taqdim etish vazifasi qoʻyildi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/136281

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍155🤔2