“Strategiyalash konsepsiyasi” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Vladimir Lvovich Kvintning ikki jildli “Strategiyalash konsepsiyasi” kitobining taqdimoti hamda universitet huzuridagi Strategiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Inom Madjidov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida mazkur anjuman zamonaviy strategiyalash nazariyasi va metodologiyasining asoschisi, dunyo miqyosida tan olingan yirik olim Vladimir Kvintning ilmiy merosini keng jamoatchilikka taqdim etishga bag‘ishlanganini ta’kidladi.
Nashr korporativ, davlat, mahalliy va harbiy boshqaruv sohalari rahbarlari, strategiyalash bo‘yicha nazariyachi va amaliyotchilar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan.
Batafsil: nuu.uz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤13👍4
Akademik Vladimir Kvint “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida maʼruza qildi
Joriy yilning 21-fevral kuni M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti “Iqtisodiy va moliyaviy strategiyalar” kafedrasi mudiri, Rossiya fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi, akademik Vladimir Lvovich Kvint “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi.
Tadbir yakunida akademik Vladimir Lvovich Kvintning ilmiy faoliyati va strategik boshqaruv nazariyasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi munosib eʼtirof etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tomonidan unga “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi. Shuningdek, universitet tomonidan akademik V.L. Kvintga “Faxriy professor” unvoni berildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Joriy yilning 21-fevral kuni M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti “Iqtisodiy va moliyaviy strategiyalar” kafedrasi mudiri, Rossiya fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi, akademik Vladimir Lvovich Kvint “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy qismi sifatida vazirlik va idoralar vakillari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar ishtirokida ochiq maʼruza tashkil etildi. Akademik V.L. Kvint “Strategiya nazariyasi va strategik rejalashtirish” mavzusida chiqish qilib, strategik boshqaruvning ilmiy-nazariy asoslari, global rivojlanish tendensiyalari hamda milliy iqtisodiyotlar raqobatbardoshligini taʼminlash mexanizmlari haqida atroflicha toʻxtaldi.
Maʼruza davomida uzoq muddatli strategik rejalashtirishning ahamiyati, davlat va tarmoqlar kesimida ustuvorliklarni belgilash, resurslardan samarali foydalanish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Uchrashuv qizgʻin savol-javoblar va amaliy mulohazalar bilan davom etdi.
Tashrif doirasida akademik V.L. Kvint universitet rahbariyati bilan uchrashib, oliy taʼlim muassasasining ilmiy salohiyati, strategik rivojlanish ustuvor yoʻnalishlari hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, u universitetning Tarix muzeyi bilan tanishdi.
Tadbir yakunida akademik Vladimir Lvovich Kvintning ilmiy faoliyati va strategik boshqaruv nazariyasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi munosib eʼtirof etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tomonidan unga “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi. Shuningdek, universitet tomonidan akademik V.L. Kvintga “Faxriy professor” unvoni berildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍8👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik
Giyohvandlik — umr zavoli!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Giyohvandlik — umr zavoli!
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati qoshidagi Talabalar media studiyasi a’zolari tomonidan “Fevral — giyohvandlikka qarshi kurashish” oyligi doirasida videorolik tayyorlandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19🔥4👍3🥰2
#Prezident_topshirig‘i_amalda
🏗 Talabalar ishtirokida “og‘ir” mahallalar infratuzilmasi yangilanmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026 yil 23 yanvar kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselktor yig‘ilishida mamlakatimizdagi 18 ta oliygohda arxitektura yo‘nalishida yiliga 7 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanayotgani, hokimlar bitiruvchi talabalarni 903 ta “og‘ir” mahallaning bosh rejasiga jalb qilib, ularni chet ellik mutaxassisga biriktirsa, bu yoshlarimiz uchun ham kasbiy amaliyot, ham tajriba maktabi bo‘lishi ta’kidlangan edi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/135670

Mazkur tashabbus ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatidagi 114 ta “og‘ir” mahalla bosh rejalarini ishlab chiqish uchun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining arxitektura va qurilish yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3–4-bosqich talabalar, magistrantlar va doktorantlardan iborat 600 nafardan ortiq yosh mutaxassis saralab olingan va mahallalarga biriktirilgan.
Talabalar mahalla infratuzilmasi va ijtimoiy holatni o‘rganib, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish, yashil hududlar, ijtimoiy obyektlar va kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqdilar.

❤20👍9🥰2👏1😁1