Edu.uz
126K subscribers
31.3K photos
6.21K videos
264 files
15.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali: innovatsion g‘oyalar maydoni

Joriy yilning aprel oyi iqtidorli yosh muhandislar uchun haqiqiy bellashuv maydoni, kelajakni o'zgartira oladigan loyihalar namoyish etiladigan muhim davrga aylanadi — Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali bo'lib o'tadi.

Festival doirasida quyidagi yo’nalishlarda turli xil musobaqa va tadbirlar tashkil etiladi:
Aviatsiya muhandisligi
Agro texnologiyalar muhandisligi
Mashinasozlik muhandisligi
Robot muhandisligi
Yashil energetika muhandisligi
Chip dizayn muhandisligi
Arxitektura muhandisligi
Tibbiyot muhandisligi
Energetika muhandisligi

Aynan shu yerda g‘oyalar real loyihalarga, orzular esa muvaffaqiyatli kelajakka aylanadi.

O’z kelajagingizni bugundan qurishni boshlang!

Xalqaro festival to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin: https://km.edu.uz/uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2111🔥4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HaftalikDayjest

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida hafta (16–21-fevral kunlari) davomidagi muhim yangiliklar dayjesti

Xalqaro maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti – gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy tashkilot;
Urganch davlat universitetining 90 yilligi keng nishonlandi;
Turkiyaning Ege universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi;
“Ogʻir” mahallalar uchun master rejalar: talabalar amaliyotga jalb etiladi va treninglar tashkil etiladi:
Rimda Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi:
Buxoro davlat pedagogika institutida “Qoraqalpoq madaniyat kuni” tadbiri o‘tkazildi:
Oksford universiteti bilan hamkorlikda “Oxford Hub” ochildi;
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi;

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍1
TATU Euro-Inf sifat belgisiga sazovor bo‘ldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti informatika yo‘nalishida ta’lim sifatini yana bir bor xalqaro miqyosda tasdiqladi. European Quality Assurance Network for Informatics Education (EQANIE) tomonidan beriladigan Euro-Inf sifat belgisi bakalavriat va magistratura dasturlarining Yevropa akademik hamda professional standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi.

TATUning “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Infokommunikatsiya injiniringi” va “Sun’iy intellekt” ta’lim dasturlari Euro-Inf bilan e’tirof etildi.

Mazkur yutuq ta’lim dasturlarining xalqaro ekspertiza asosida baholanganini, bitiruvchilarning raqobatbardoshligini hamda diplomlarning o‘zaro tan olinishi imkoniyatini anglatadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16👍7🔥2
#Forum

"IX Xalqaro O‘zbekiston gidlar forumi – 2026” bo‘lib o‘tdi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Turizm kafedrasi tashabbusi bilan "21-fevral – Butunjahon turizm gidlari kuni" munosabati bilan "IX Xalqaro O‘zbekiston gidlar forumi – 2026” tashkil etildi.

Forumda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari, Xorazm viloyati Turizm boshqarmasi mas’ullari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida mehnat qilayotgan gidlar, Urganch davlat universiteti Turizm kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan turizm gidlari faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy gidlik standartlari, xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda gidlarning o‘rni, milliy madaniy merosni targ‘ib etish hamda xorijiy sayyohlar bilan ishlash madaniyatini oshirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.


Tadbir yakunida samarali faoliyati olib borayotgan gidlar turli nominatsiyalar bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining sertifikati va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍65🥰1🤩1
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️15 yillik stajga ega pedagoglar uchun ipoteka badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-sonli “Oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mamlakatimiz taʼlim tizimida tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan muhim voqelik sifatida namoyon boʻldi.

Ilk bor oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglar uchun ipoteka krediti boʻyicha davlat subsidiyasi joriy etilishi ustoz va murabbiylar mehnatini yuksak eʼtirof etish, ularning fidokorona xizmatini munosib ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy himoyasini yangi, sifat jihatdan yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan qatʼiy siyosiy irodaning amaliy ifodasidir.

Mazkur qaror orqali oʻqituvchi va ustozlik kasbining jamiyatdagi maqomi yanada mustahkamlanib, pedagoglarning farovon turmush kechirishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli va tizimli mexanizm yoʻlga qoʻyildi.

Unga koʻra:


2026-yildan boshlab kamida 15 yil ish stajiga va oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlgan pedagoglarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari boshlangʻich badalining 25 foizini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi joriy etiladi;

subsidiya olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi hamda uy-joy kadastri faoliyatini boshqarishning “Davlat xizmatlari markazlari” elektron platformasiga integratsiya qilinadi;

ipoteka kreditini boshlangʻich badalining 25 foizi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng kam miqdorlaridan kelib chiqib aniqlanadi;

subsidiya olish uchun kelib tushgan arizalar “subsidiya.idm.uz” elektron platformasi orqali inson omillisisiz koʻrib chiqiladi hamda subsidiya platformasi tomonidan avtomatik tarzda toʻlov platformasi orqali subsidiya toʻlanadi;

ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan har yili 200 mlrd soʻmgacha mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Qarorga koʻra, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan pedagoglar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish belgilangan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥3
⚡️ Yilning eng yirik yoshlar harakatiga start berildi!

🖐Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ulardagi yashirin iqtidorlarni yuzaga chiqarish maqsadida 2022-yildan buyon “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun poytaxtimizdagi muhtasham Olimpiya shaharchasida yoshlar o‘rtasida 5-marotaba o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi” loyihalarining tantanali ochilish marosimi yuqori ko‘tarinkilikda bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, hukumat a’zolari hamda hamkor vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etib, yoshlarga kelgusi musobaqalarda omad tiladilar.

Olimpiadaning 2026-yilgi mavsumida yoshlar o‘rtasida jami 23 ta turli tanlov va sport musobaqalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

🔥Sen ham o‘z iqtidoringni namoyon et va g‘alabalar tarixini biz bilan birga yoz!

#BeshTashabbusOlimpiada2026

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍9😁2😱1
Oʻzbekiston–Turkiya hamkorligida oila institutini mustahkamlashga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda Turkiya Ayollar va demokratiya jamgʻarmasi (KADEM) hamkorligida "1-Xalqaro Oilani mustahkamlash konferensiyasi" tashkil etildi.

Mazkur xalqaro anjumanda Turkiya Ayollar va demokratiya jamgʻarmasi (KADEM) boshqaruv kengashi raisi Sumeye Erdogʻan Bayraktar, Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur Ozdemir Goktash, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda sohaning boshqa masʼul vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiya doirasida oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish, mazkur yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Chiqishlarda oila barqarorligini taʼminlashda taʼlim va ilmiy asoslangan yondashuvlarning ahamiyati alohida qayd etildi.


Tadbir doirasida Ikkinchi "Yil ayoli" dasturi boʻyicha Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi boʻlim boshligʻi Muhabbat Mirsoliyeva "Yil ayoli" mukofoti bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2115🔥1